22. Ishlab chiqarish korxonalarida baxtsiz hodisa va kasb kasalliklarining kelib chiqishi.
Ma’lumki, ishlab chiqarish korxonalarida texnika xavfsizligi sanoat sanitariyasi va yong’in xavfsizligi qoida, norma va yo’riqnomalarining buzilishi ishlovchilarning jarohatlanishiga, zaharlanishiga yoki kasb kasalliklariga olib keladi. Jumladan, shikastlanish, inson tanasining teri yoki boshqa qismlariga tashqi ta’sirlar: mexanik, kimyoviy, issiqlik va elektr ta’sirida yuzaga keladigan talafotdir. Masalan, urilishi natijasida organizmning lat yeyishi, teri kesilishi, suyak sinishi, terining kuyishi sovuq urishi, elektr toki urishi va boshqa inson faoliyatining buzilish xol’atlarini aytish mumkin. Jarohatlanish va baxtsiz xodisa 3 turga bo’lib baxolanadi 1. Ishlab chiqarishda, ish joyida jarohatlanish. 2. Ish bilan bog’liq, lekin bevosita ishlab chiqarish bilan bog’lanmagan. 3. Ishlab chiqarish va ish bilan bog’lanmagan jarohatlanish. Birinchi turdagi jarohatlanishga ishchining ma’muriyat tomonidan buyurilgan ishni bajarish davomida ish joyida oladigan jarohati kiradi. Ikkinchi turdagi jarohatlanishga korxona ma’muriyati topshirig’i bilan boshqa joylarda ishlarni bajarganda oladigan jarohati kiradi (masa¬lan, ishga borib-kelish vaqtida. xizmat safari vaqtida, boshqa obvektlar-dagi faoliyatda). Uchinchi turdagi jarohatlanishga maishiy xolatlarda, mast bo’lishi natijasida, davlat mulkini o’g’irlash vaqtida, uy sharoitida vujudga kelgan jarohatlanishlar kiradi.Sanoat sanitariyasi normalarining buzilishi natija¬sida ishlab chiqarish zonalaridan ajralib chiqqan zararli omillar ta’sirida ishchi zaharlanishi yoki kasb kasalligiga chalinishi mumkin. Kasbiy zaharlanish bir ish kunida yuz bersa, u o’tkir zaharlanish deyiladi. Agar odam tanasida uzoq muddat davomida zaharli moddalar yig’ilsa, u surunkali zaharlanish deyiladi va u kelajakda kasb kasalliklariga olib keladi Ishlab chiqarishda yuz beradigan jarohatlanishning, zaharlanishlarning sodir bo’lishiga (yoki kasb kasalligining kelib chiqishiga) sanoat korxonalarida yo’l qo’yilgan tashkiliy va texnik xatolar natijasi deb qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |