Mashg‘ulot. Cho‘kishlar, sovuq urishi va issiq urishlar reja
Download 140.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Am-y-7. Cho\'kishlar
Mashg‘ulot. CHO‘KISHLAR, SOVUQ URISHI VA ISSIQ URISHLAR Reja: 1. CHo‘kishlar haqida ma’lumot 2. Sovuq urish darajalari, belgilari, oldini olish 3. Issiq urish darajalari, belgilari, oldini olish CHo‘kishni bir nechta turlari farqlanadi. 1. Haqiqiy cho‘kish-o‘pka va nafas yo‘llarini suv to‘ldiradi, odam hayot uchun kurashadi va talvasali harakat qilib, suvni tortadi va suv o‘z navbatida havo kirishiga halaqit qiladi. CHo‘kayotgan odamning terisi ko‘kargan bo‘lib, og‘iz va burundan ko‘pik keladi; agar odam suv tagida 3-6 daqiqadan ko‘p bo‘lmasa, jonlantirish choralari muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin. 2. Quruq cho‘kish-ovoz yorig‘i spazmi tufayli suv o‘pkaga kirmaydi, teri ko‘karishi kam, hushdan ketishi kuzatiladi, cho‘kayotgan odam shu zahoti suv tubiga tushadi. 3. Sinkopal cho‘kish-to‘satdan nafas olishi va yurak urishi to‘xtashi o‘limga olib keladi. Bunda cho‘kayotgan odam terisi oqaradi. Quruq va sinkopal cho‘kishda, odam suv tubida 10-20 daqiqadan ortiq bo‘lsa, jonlantirish choralari muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin. Sovuq suvda cho‘kayotganda himoya qiluvchi gipotermiya effekti paydo bo‘ladi va jonlantirish choralarini 20 daqiqa davomida suv tubida bo‘lganda ham o‘tkazish mumkin. CHo‘kayotgan odamni qutqarib, qirg‘oqqa olib chiqiladi va birinchi yordam beriladi. Agar shikastlangan odam hushdan ketmagan bo‘lsa, pulsi qoniqarli va nafas olishi saqlangan bo‘lsa, uni tekis, quruq qattiq joyga yotqiziladi, boshi past bo‘lishi lozim, kiyimlari echiladi, qo‘l yoki sochiq bilan ishqalanadi. Issiq ichimlik beriladi va issiq matoga o‘raladi.Agar jabrlanuvchi hushsiz bo‘lib, puls iva nafas olishi saqlangan bo‘lsa, boshi orqaga qilinadi, pastki jag‘i oldinga tortiladi, so‘ng uni boshi past qilib yotqizilib, barmoqlar bilan og‘iz bo‘shlig‘ini loydan, qusuq massalaridan tozalash kerak, uni ishqalab, artib isitiladi. Jabrlanuvchi hushdan ketganda, mustaqil nafas olmaganda, lekin yurak faoliyati saqlanib, nafas yo‘llarini tozalash choralari o‘tkazilgandan so‘ng, tezlikda sun’iy nafas berishni boshlash kerak. Jabrlanuvchi nafas olmaganda va yurak faoliyati kuzatilmagandasun’iy nafas berishni yurak massaji bilan birga o‘tkazish lozim. Oldin nafas yo‘llaridan suvni chiqarib tashlash kerak, buning uchun uni qorni bilan tizza bo‘g‘imida bukilgan oyog‘i soniga yotqiziladi kuraklar orasiga bosiladi. Bu muolajalar 15-16 sekunddan oshmasligi kerak, chunki sun’iy nafas o‘z vaqtida berilishi kerak. Birinchi yordam ko‘rsatilgandan so‘ng jabrlanuvchini tezlikda kasalxonaga yotqizish lozim, chunki o‘pkada asoratlar rivojlanishi mumkin (ikkilamchi cho‘kish sindromi). Ikkilamchi cho‘kish sindromi belgilari: o‘tkir nafas etishmovchiligi, ko‘krakda og‘riq, yo‘tal, hansirash, havo etishmasligi, qon bilan yo‘talish, qo‘zg‘alish, puls tezlashishi. Ko‘cha-ko‘yda ro‘y beradigan turli falokatlar, baxtsiz hodisalar oqibatida odamlar ko‘p qon yo‘qotishi, oyoq-qo‘llari shikastlanishi mumkin. Ba’zan odamning yuragi urishdan to‘xtab, o‘lim bilan hayot orasida qolishi ham ehtimoldan xoli emas. Demak, og‘ir holatlarda yon atrofdagi odamlar o‘zlarini oddiy tomoshabin emas, balki najotkor sifatida his etishlari darkor, ya’ni shikastlangan odamga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish yo‘llarini bilib qo‘ysalar, yaxshi bo‘lardi. Download 140.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling