Mashg‘ulot. Cho‘kishlar, sovuq urishi va issiq urishlar reja
Sovuq olishning 4 darajasi farqlanadi
Download 140.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Am-y-7. Cho\'kishlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dala sharoitida
Sovuq olishning 4 darajasi farqlanadi:
1-darajali sovuq olganda qon tomirlari torayib ketishi natijasida sovuq olgan soxadagi teri oqarib yoki ko‘karib ketadi va xech narsani sezmaydi. davolash natijasida bir necha kundan keyin bu o‘zgarishlar yo‘qoladi. 2-darajali sovuq olishda tiniq suyuqlikka to‘lgan po‘fakchalar xosil bo‘ladi. Terini o‘suvchi qavati shikastlanmagani uchun u 1-2 xaftada tiklanadi. 3-darajali sovuq olishda qonli suyuqlik bilan to‘lgan po‘faklar xosil bo‘ladi. To‘qimalar chuqur shikastlangan uchun u tiklanmaydi, agar teri kuchirib utkazilmasa, chandiq xosil bo‘ladi. SHikastlangan soxada sezgi yo‘qoladi. Nam nekroz kuzatiladi. 4-darajali sovuq olishda (mumiyolanish) bo‘g‘imlar va suyaklar ham shikastlanadi. Sovuq urgan soxa qorayib, quriy boshlaydi. Og‘riq va zaxarlanish natijasida bemor xalok bo‘ladi. BTYO. Sovuq olgan odamni issiq xonaga olib kirish, nam kiyimlarni echib tashlash, badanni sovuq urgan joyini isitish, qon aylanishini tiklash uchun massaj qilish zarur. Sovuq urgan odamni iliq vannaga kiritib, suv xarorati asta-sekin 360S gacha oshiriladi.Keyin bemor issiqqa uralib, badanni shikastlangan joyiga aseptik bog‘lam quyiladi. Sovuq urgan soxaga yog‘ va mazlar surtish mumkin emas. Bemorga issiq choy, kofe ichiriladi, so‘ngra shifoxonaga yuboriladi. Og‘ir xollarda analgetiklar qilinadi, yurak-qon tomir va nafas faoliyatini tiklashga harakat qilinadi. Teriga infeksiya tushishini oldini olish, organzmni tiklash uchun vitaminli ovqatlanish zarur. Sovuq olgan kishiga qoqsholga qarshi zardob yuboriladi.Dala sharoitida Nam oyoq kiyim, qo‘lqop, paypoq echiladi. Issiq qo‘l bilan tananing sovuq olgan joylari isitiladi. Issiq ichimlik beriladi. Bog‘lom qo‘yiladi. SHifoxonaga yuboriladi. Uy sharoitida Nam oyoq va ust kiyimlari echiladi. Bemor 17-180 S li vannaga kiritilib, suv xarorati 360 S gacha asta-sekin ko‘tariladi. Issiq choy yoki kofe ichirib, issiq joyga yotqizib, o‘rab qo‘yiladi. Download 140.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling