1. hayotda uchraydigan xavf-xatar turlari
Download 26.56 Kb.
|
FAVQULODDA VAZIYATLAR
1. HAYOTDA UCHRAYDIGAN XAVF-XATAR TURLARI 1. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi va vazifalari. 2. Xavf-xatar tushunchasi va ularning turlari. 3. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari, uslublari va vositalari. Hayotiy faoliyat - bu odamning kundalik faoliyati, dam olishi, turmush tarzidir. Xavfsizlik - bu faoliyatning holati bo‘lib, ma’lum ehtimollikda xavflarning kelib chiqishini bartaraf qilishdir. Faoliyat xavfsizligi qadim zamonlardan to hozirgi kunimizga qadar insoniyatni ilmiy va amaliy qiziqishlarining eng muhim bir tomonidir. Odamzot har doim o‘zining xavfsizligini ta’minlashga intiladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bu masalalar maxsus bilimlarni talab qiladi. Bizning davrimizda xavfsizlik muammolari yanada keskinlashdi. Ma’lumki baxtsiz hodisalar, yong‘inlar, avariyalar va talofatlardan katta miqdorda zarar ko‘riladi. Shuning uchun xavflardan himoyalanish masalalarida odamlarni tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Jamiyatimizni barqarorlashtirishda bu fan muhim ijtimoiy rol o‘ynaydi va xalq xo‘jaligi faoliyatining xavfsizligi darajasini oshirishga ulkan hissa qo‘shadi. Faoliyat jarayonining modeli ikki elementdan: inson va muhitdan tashkil topgan deyish mumkin, chunki faol faoliyat bilan faqat insonlar shug‘ullanadi va ular o‘zlarini o‘rab turgan atrof muhit bilan yaqin munosabatda bo‘ladilar. Shuningdek, «Inson - muhit» tizimini ham ikki maqsadli deb qarash mumkin: «birinchi maqsadi - inson o‘zining mehnat faoliyati jarayonida muayyan yutuqlarga, samaradorlikka erishishga harakat qilsa, ikkinchi maqsadi - mehnati jarayonida yuzaga keladigan ko‘ngilsiz oqibatlarni bartaraf qilishdan iborat bo‘ladi. Hozirgi davrda ishlab chiqarish xavflaridan, tabiiy ofatlardan, falokat va halokatlardan insonlarning hayot faoliyatini saqlash eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy vazifalari: 1. Xavflarning identifikatsiyasini o‘rganish. Bunda inson faoliyati jarayonida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, uning xususiyatlarini va ko‘ngilsiz oqibatlarini o‘rganish. 2. Ishlab chiqarish jarayonlarida va xizmat ko‘rsatish sohalarida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘rganish. 3. Ishlab chiqarish jarayonlarida kasb kasalliklarini kamaytiradigan uslubiyatlarni ishlab chiqish. 4. Fuqarolarni turli xavflardan, tabiiy ofat, avariya va halokatlardan himoyalanish usullariga o‘rgatish. 5. Mehnat jarayonlarida baxtsiz hodisalarning oldini olish chora- tadbirlarini o‘rganish. 6. Tabiiy, texnogen va ekologik shikastlanish o‘choqlaridagi fuqarolarni qutqarish va tiklash ishlarini o‘tkazish. 7. Jarohatlangan insonlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘rgatish. Xavf-xatar tushunchasi va ularning turlari. Xavf-xatar - odamlar hayoti va sog‘lig‘iga, hayot faoliyatiga taxdid, moddiy va atrof-muxitga etkazilishi mumkin bo‘lgan zarar. Xavf-xatar favqulodda vaziyat manbai hisoblanib, muayyan sharoitda favqulodda vaziyatni keltirib chiqaradi. Har qanaqa xavf o‘zida inson hayot faoliyatini izdan chiqaruvchi energiyaga ega bo‘lib, kimyoviy yoki biologik faol komponentlarni o‘zida saqlaydi. Masalan: parfyumeriya sanoatida qo‘llaniladigan erituvchilar: efir, spirt, xloroform va boshqalarning surunkali ta’sir etishi insonlarda allergik kasalliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Mutloq xavfsiz bo‘lgan ish (faoliyat) bo‘lishi mumkin emas. Demak, har qanday (faoliyat) bo‘lmasin - unda yashirin xavf bo‘ladi. Bu aksioma HFX da g‘oyat katta metodologik ahamiyatga ega. Xavflarning turlari quyidagicha tasnif qilinadi: Kelib chiqish tabiatiga ko‘ra: tabiiy, texnogen, antropogen (inson bilan bog‘liq) va ekologik. Ta’sir xususiyatiga ko‘ra: fizikaviy, kimyoviy, biologik, termik va psixofiziologik. Olib keluvchi oqibatiga ko‘ra: toliqish, kasallanish, jarohatlanish, halokat, yong‘in, nurlanish, kuyish va boshqalar. Keltiruvchi zarariga ko‘ra: ijtimoiy, iqtisodiy, texnik, siyosiy. Kelib chiqish sohasiga ko‘ra: turmushda, sportda, yo‘l transportida, ishlab chiqarishda, urush yoki tabiiy ofat natijasida yuzaga keladigan xavflar. Insonga ta’sir qilish darajasiga qarab: faol (aktiv) va sust (passiv). Ta’sir doirasiga ko‘ra: lokal, mahalliy, milliy, global. Ta’sir etish tezligiga ko‘ra: tasodifiy, shiddatli, mo‘tadil va ravon. Xavflarning taksonomiyasi. Taksonomiya - murakkab hodisalarni, jarayonlarni, tushunchalarni yoki obektlarni bir sistemaga solish haqidagi fandir. Xavflar taksonomiyasi - xavflarni tartib bo‘yicha joylashtish degan ma’noni anglatadi. Xavflar taksonomiyasini tuzish aynan inson faoliyati xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Xavflarning taksomaniyasini tuzishni, xavflarning tabiatini chuqur o‘rganish orqaligina amalga oshirish mumkin. Xavflarning nomenklaturasi Nomenklatura - muayyan belgi, xususiyatiga ko‘ra sistemaga solingan nom va so‘zlar ro‘yxatidir. Masalan, tibbiyotda qo‘llaniladigan dori-darmonlar nomenklaturasi birmuncha aniq tuzilgan. Jumladan, antibiotiklarga: tetratsiklin, ampitsilin, oksotsilin, biotsilin, sefozolin va boshqalar kiradi. Xavflar kvantifikatsiyasi. Kvantifikatsiya - murakkab tushuncha, (ofat, talafot, yong‘in, nurlanish, shamol va hokazo)larning sifatini, oqibatini aniqlashda sonli tavsiflarning joriy qilinishidir. Amalda kvantifikatsiyaning sonli, balli, darajali, tezlanishli (m/s, m/soat) va boshqa usullari qo‘llaniladi. Jumladan, er silkinishining kvantifikatsiyasi - ballda yoki magnitudada, shamollar - m/s, er ko‘chkilari - m/soat yoki km/soatda, kuyish, nurlanish, buzilishlar - darajali usullari qo‘llaniladi. Xavflarni baholashda esa «tavakkal» qo‘llaniladi. Xavflar identifikatsiyasi. Identifikatsiya - o‘rganish, isbotlash, tasdiqlash ma’nolarini anglatadi. Masalan. dorishunoslikda birorta dori-darmonni to‘liq identifikatsiya qilmasdan turib, uni kasalga tavsiya etib bo‘lmaydi. Jumladan, ampitsilin dorisi - uning tarkibi, kimyoviy tuzilishi va xususiyatlari isbotlanishi kerak. Xavflarni o‘rganish tartibi uch xil bo‘ladi: I bosqich - xavflarni oldindan tahlil etish. II bosqich - xavfli holatlarning ketma-ketligini aniqlash, hodisa va xavflar "daraxtini"(shajarasini) tuzish. III bosqich - oqibatlarni tahlil qilish. Xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari (prinsiplari) ularni amalga oshirish belgilariga qarab shartli ravishda 4 ta sinfga bo‘linadi: 1. Yo‘naltiruvchi (taxminiy) tamoyil 2. Texnik tamoyil 3. Tashkiliy tamoyil 4. Boshqaruv tamoyili Xavfsizlik - hayot faoliyati xavfsizligining asosiy o‘zagini tashkil etadi, u inson faoliyatining holati hisoblanadi. Bu holatda insonlar ma’lum ehtimollikda yuzaga kelayotgan xavflarni bartaraf qilishga harakat qiladi. Xavfsizlik usullarini o‘rganishdan oldin, biz quyidagi yangi tushunchalarni kiritamiz: Ko‘rilayotgan faoliyat jarayonida insonning turgan joyi gomosfera deyiladi. Har doim va davriy ravishda xavf sodir bo‘lib turadigan joy noksosfera deyiladi. Bu sferalarni xavfsizlik nuqtai nazardan qo‘shish mumkin emas. Xavfsizlikni ta’minlash usullari 3 xil turga bo‘linadi: A - metodi, gomosfera bilan noksosferani bir-biridan joy yoki vaqt jihatidan ajratish usuli. Bu usul ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, jihozlarni masofadan boshqarish, manipulyator va robotlarni qo‘llash bilan amalga oshiriladi. B - metodi xavfsizlik prinsiplarini qo‘llab, xavflarni yo‘q qilish va noksosferani (ishlab chiqarish muhitini) normallashtirish, hamda noksosfera tavsiflarini inson tavsiflariga moslashtirishga asoslanadi. Bu usul insonlarni shovqin, chang, gaz, jarohatlanish va hokazo xavfli omillardan himoya qilishga qaratilgan tadbirlar majmuasi hamda qisman xavfsiz texnikani yaratish bilan amalga oshiriladi. Agar A va B metodlarni qo‘llash bilan talab qilingan xavfsizlik darajasiga erishish ta’minlanmaganda, С - metod qo‘llaniladi. С - metodi tegishlicha himoya vositalari yordamida insonlarning himoyalanish xususiyatlarini oshirishga hamda insonni noksosferaga moslashtirishga asoslangan. Bu usul kasbiy tanlash, o‘qitish, instruksiyalar berish, psixologik ta’sir qilish va shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash bilan amalga oshiriladi. С-metodni amalga oshirishda noksosfera tavsiflarini o‘zgartirish uchun har xil vositalar qo‘llaniladi. Real sharoitlarda yuqorida keltirilgan usullarning bittasi yordamida zarur xavfsizlik darajasini har doim ta’minlash mumkin bo‘lmaydi. Bunday holatlarda yuqorida keltirilgan usullar majmuasini qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Download 26.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling