1. Hikoya mazmunli matnlar


Download 123.5 Kb.
bet3/3
Sana14.02.2023
Hajmi123.5 Kb.
#1195906
1   2   3
Bog'liq
matnlar topsh

Buzilgan nikoh. Uyni qonuniy bo‘lashdingiz… Mol-mulkni qonuniy bo‘lashdingiz… Muhabbat bo‘laklandi… Sadoqat bo‘laklandi… Bola-chi? Bolani qaysi qonun bilan bo‘lashasiz? Onasi bilan bo‘lsa, otasiz qolsa. Otasi bilan bo‘lsa, onasiz qolsa… Yaxshisi, uniyam ikkiga bo‘ling! Bir nimtasi-eriga! Bir nimtasi-xotinga! Qani ko‘taring boltani, bolaning uvoli tutgurlar! (O‘.Hoshimov)
***
Tiriklar va o‘liklar. Vaqti-vaqti bilan qabristonga borasiz. Ajdodlaringiz boshida turib o‘tganlar ruhini xotirlaysiz… Keyin… o‘z yumushingiz bilan ketasiz.
Shoshilmang. Dunyo ishi bitganmas… Iloji bo‘lsa, qabristonni osoyishta aylaning. Shunda… g‘alati holat ro‘y beradi. Marhumlar sizga ko‘-o‘-o‘p narsalar aytadi…
Ishoning, o‘liklar tiriklardan ko‘ra teranroq fikrlaydi… (O‘.Hoshimov)
Erta bahor – cheksiz sog‘inchning ufqi. Muzga aylanishdan bosh tortgan isyonkor tomchilar yomg‘ir bo‘lib to‘kilmoqda. YOmg‘irning daraxtga, kurtakning tomchiga aytadigan «shiviri» yig‘ilganey-yig‘ilgan. Xo‘ngrab-xo‘ngrab, bo‘zlab-bo‘zlab dil rozini aytayotgan erta bahor buluti aslida osmon dardidan so‘z ochishga botingan asov g‘alayon. Nish urmish kurtakka nasib etgan yomg‘ir tomchisi ko‘kning beqiyos ehtirosi parchasi. YOmg‘ir «shiviri» umidlarga to‘la daraxt ta’zimiga kutilmaganda duch kelsa, bu ajib bir shoyonlik tavalludi. Aslida bu «shivir-shivirlar» rishta xolos. Aslida ulkan osmonning jajji zaminga aytadigan dardi ko‘p-ey... Zamin esa dil izhorini minnatdor tinglar ekan, jajji daraxtlari, endi unajak o‘t-o‘lani-yu, chambar gullari-la ta’zim etadi.
Eru-osmon, daraxtu yomg‘ir, nish urish orzusidagi kurtagu, unga lab tegizgan tomchi, ko‘kdagi bulutdan barqini kutgan maysalar, chechaklar yamoqchi sog‘inch dardida butun bo‘ladilar endi. Bilaman, zamin-u falak visoli xayoliy ufqdagina namoyon. Bilaman... Ammo... Qalbim zulflariga urilgan shivir-shivirlarni sezmaslikni eplay olmayapman. Sog‘inch – umrim yamog‘i... (Y.Akram)5
Biror bir badiiy matnda sanab o‘tilgan matn tiplarining hammasi yoki ayrimlari ishtirok etgan bo‘lishi mumkin. Yohud butun boshli asar yuqorida zikr etilgan matn tiplaridan faqatgina bittasi asosida shakllangan bo‘lishi ham mumkin.



1  Айтматов Ч., Шохонов М. Чўққида қолган овчининг оҳи-зори. –Тошкент: Шарқ, 1998, 103-б.

2  Тоҳир Малик. Меҳмон туйғулар. –Тошкент: Шарқ, 2002, 19-б.

3  Абдулла Қодирий. Ўткан кунлар. -Тошкент: Шарқ, 2000, 11-б.

4  Абдулла Орипов. Сайланма. –Тошкент:Шарқ, 1996.

5  Ёқутхон Акрам. Ёмғиркуй. –Тошкент: Шарқ, 1994, 45-б.

Download 123.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling