1. Hisob to‘g‘risida tushuncha, uning turlari
Buxgalteriya hisobining tarixiy rivojlanishi
Download 89.22 Kb.
|
1. Hisob to‘g‘risida tushuncha, uning turlari (1)
2. Buxgalteriya hisobining tarixiy rivojlanishi
Jamiyat taraqqiyotida ishlab chiqarish va savdo-sotiqning rivojlanishi taraqqiyot omili hisoblanib, uning rivojlanishi bilan hisobga olish, hisobni yurgizish uchun talab yuzaga kela boshlagan. Iqtisodiy adabiyotlarning tahlil qilinishiga qarab aytish mumkinki, hisobning rivojlanishiga kamida olti ming yil bo‘lgan. XV asrning oxirlarida Italiyadagi taraqqiyot buxgalteriya hisobining rivojlanishiga va, o‘z navbatida, ikki yoqlama yozuvning shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. 1494-yilda Italiyada buxgalteriya hisobining ikki yoqlama yozuvga asoslangan, italyancha hisob shakli deb yuritilgan shakli yaratildi va shu davrdan boshlab, hisobning yuksalishida ijobiy o‘zgarishlarga erishila boshlandi. Har bir davr hisobning rivojlanishini talab qilgan holda uning ilg‘or usul va tamoyillarini ishlab chiqishni zarurat qilib qo‘ya boshladi. O‘zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishi xalqimizning orzu-istaklarini, milliy sha’ni va huquqlarini tiklash, jahon hamjamiyatida o‘z o‘rnini topishi bilan birga, mustaqil davlat iqtisodiyotini shakllantirish va uni rivojlantirishga qo‘yilgan qadam bo‘ldi. O‘tgan qisqa vaqt ichida iqtisodiyotni erkinlashtirish va bu borada amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarning samarasi buxgalteriya hisobini xalqaro andozalar asosida tashkil qilishni taqozo qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasida «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilinishi hisobga bo‘lgan munosabatni tubdan o‘zgartirishga, uning ilg‘or usullarini ishlab chiqarishga joriy qilishni talab qilmoqda. Respublikada buxgalteriya hisobini takomillashtirish maqsadida, uni xalqaro standartlar asosida tashkil qilishga alohida e’tibor berilmoqda. Iqtisodiyot oldidagi ustuvor vazifalarni amalga oshiradigan buxgalteriya hisobining ahamiyati kattadir. Bozor munosabatlariga o‘tish iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida xalq xo‘jaligining boshqaruvi va korxonalar faoliyatini nazorat qilishda buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil qilish talab qilinadi. Bu borada bir qator ishlar, shu jumladan, «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonun, xalqaro buxgalteriya hisobi andozalariga asosan milliy buxgalteriya hisobi andozalari ishlab chiqildi, mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom (1999-yil 5.02. 54-son qarori) tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan yangi schotlar rejasi tasdiqlandi. Demak, respublikamizda buxgalteriya hisobini tashkil qilish va uni takomillashtirish davr talabidir. Bu davrning yutug‘ini belgilashda hisob shakllarini soddalashtirish hisob va hisobotning ta’sir kuchini oshirish bilan bog‘liq deb aytish maqsadga muvofiqdir. Respublikamiz iqtisodiyotidagi ijobiy o‘zgarishlar bilan ularni boshqarishdagi dastaklar bir-biri bilan bog‘liqdir. Iqtisodiyotni erkinlashtirish buxgalteriya hisobini nazariy va amaliy jihatdan takomillashtirishni talab qilmoqda. Chunki buxgalteriya hisobi iqtisodiyotni boshqarish uchun axborotlar tayyorlab berish hisobiga iqtisodiyotning rivojlanishiga ta’sir qiladi. Download 89.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling