Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilish avtomatlashtirilgan tizimga o‘tdi
Download 7,2 Kb.
|
Hujjat (30)
Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilish avtomatlashtirilgan tizimga o‘tdiMa’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2018-yil 23-oktyabrdagi “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida respublikamizda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga o‘tish hamda 2022 yilda elektron hisoblagichli abonentlar qamrovini 100 foizga yetkazish vazifasini qo‘ygan edi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan bu borada bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2020-yilning avgust oyida Janubiy Koreyaning “KT Corporation” kompaniyasi bilan hamkorlikda 20 million dollarlik loyiha – Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazi qurildi va ishga tushirildi. Markazga katta sig‘imli serverlar o‘rnatildi. Ularning umumiy quvvati 570 terabaytni tashkil etadi. Dasturiy ta’minot 8 million iste’molchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega bo‘lib, ushbu modulni kengaytirish orqali ko‘rsatkichni 20 milliongacha yetkazish imkoniyati mavjud. Shuningdek, hududlardagi elektr ta’minoti korxonalarida tashkil qilingan kichik “data-sentr”lar ham mazkur markaz bilan bog‘langan. Ushbu loyiha tuman, shahar, viloyat va respublika kesimida ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash, soatlik, kunlik, oylik hamda yillik muvozanatni to‘g‘ri ushlash, pirovard natijada elektr energiyasining aniq hisobini yuritishga xizmat qilmoqda. E’tiborlisi, elektron hisoblagichlar billing tizimiga ulangan bo‘lib, qarzdor iste’molchilar tarmoqdan avtomatik tarzda uziladi va elektr haqi to‘langanidan keyin yoqiladi. Bu o‘z navbatida inson omilini kamaytirib, noqonuniy ulanishlar, korrupsion holatlarga chek qo‘yadi. Markazda 100 dan ortiq malakali mutaxassislar faoliyat olib bormoqda. CAS dasturi Mazkur tizimda barcha elektr stansiyalari, nimstansiyalar, transformatorlar yuklamasi va unga ulangan iste’molchilar soni geolokatsiya orqali yaqqol ko‘rinib turadi. Hududlarga biriktirilgan mutaxassislar mavjud holatni onlayn kuzatib borishadi va zarur paytda iste’molchilarga tezkor xizmat ham ko‘rsatishadi. Hozirda Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga jami 7 million 418 mingdan ziyod iste’molchi ulangan. Download 7,2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling