1. Hujayralarning sinflanishi. Organoidlar haqida tushuncha


Download 1.85 Mb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1493652
1   2   3   4
Bog'liq
Farrux mustaqil ishi

Prokariotlar — yadrosi to‘liq shakllanmagan, ya’ni haqiqiy 
yadroga ega bo‘lmagan organizmlardir. Irsiy belgilar nukleotidlarda joylashgan. DNk — dezoksiribonuklein kislota halqasimon 
shaklda bo‘ladi. Jinsiy ko‘payish kuzatilmaydi. hujayra markazi va mitotik ip bo‘lmaydi. hujayra amitoz yo‘l bilan bo‘linadi. hujayrada plastida va mitoxondriya kabi asosiy organoidlar uchramaydi. hujayra qobig‘i murein yoki pektin moddasidan tashkil topgan. odatda xivchinli prokariotlarning ba’zi vakillaridagi xivchin oddiy tuzilgan. Prokariotlarning ko‘pchiligi erkin azotni o‘zlashtirish xususiyatiga ega.
oziqlanishi oziq moddalarning hujayra qobig‘i orqali shimib 
olinishi bilan kechadi. hazm qiluvchi vakuolalar bo‘lmaydi,ba’zan gazli vakuolalar uchraydi. Prokariotlarga bakteriyalar va ko‘k-
yashil suv o‘tlari kiradi.

Yadro (nukleus) hujayraning asosiy tarkibiy qismlaridan biridir. Hamma eukariot hujayralar yadroga ega. Faqat ba’zi hujayralargina o‘z takomilining oxirgi bosqichida yadrosini yo'qotadi (sut- einizuvchilarning qizil qon hujayralari). Har bir hujayrada yadro asosan bitta bo‘ladi, ammo ikkita yoki bir nechta yadroli hujayralar ham mavjud (jigar va ko'ndalang targ‘il mushak hujayralari).

Yadroning shakli asosan hujayra shakliga va uning funksiyasiga bog‘liq bo‘ladi.
Interfaza holatidagi hujayralarda yadrolar yadro qobig‘idan, xromatindan, yadrochadan va yadro shirasidan tuzilgan bo'ladi.
Yadro qobig'i (kariolemma) ikki membranadan tashkil topgan bo‘lib, ularning ornsida yadro atrofi bo'shlig'i mavjud. Qobiqda ko‘p sonli teshiklnr (porasomalar) bo'lib, ular orqali har xil makromolekulalar say lab o'tkaziladi. Yadro qobig‘i yadro ichki muhitini sitoplazmadan ajratadi va sitoplazma bilan yadro orasidagi moddalar almashinuvini boshqarib turadi.
Yadro shirasi (ktirioplazma, kariolimfa) yadroning ichki muhiti bo‘lib, unda xromatin, yadrochalar va har xil donachalar joylashgan. Yadro matriksida 2-3 nm qalinlikdagi oqsil tolachalari bo'lib, ular yadro ichidagi strukturalarni birlashtiruvchi ichki skelet vazifasini o'taydi. Regulator fermentlar ham mavjud.


Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling