1. Huquq ijodkorligi tushunchasi, turlari, funksiyalari va prinsiplari


Huquq ijodkorligining qonuniylik prinsipi


Download 34.91 Kb.
bet5/10
Sana18.06.2023
Hajmi34.91 Kb.
#1557732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1545658106 73385

Huquq ijodkorligining qonuniylik prinsipi.Bu prinsip huquq ijodkorligi subyektlarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini tayyorlash,muhokama etish,qabul qilish va e’lon qilish borasidagi xatti-harakatlari Konstitutsiyaga va boshqa qonunlarga asoslanishidan kelib chiqishi lozim.Qonun ustuvorligi,qonuniylik prinsipi,avvalo,qonun chiqaruvchi organ hamda hokimiyat yuqori organlari uchun ham dasturulamaldir.Qonunlar,farmonlar va hukumat qarorlari Konstitutsiyaga muvofiq bo’lmay qolsa,maxsus muhofaza mexanizmi ishga tushadi.Bunday hollarda Konstitutsiyaviy sud o’zining tegishli xulosasini chiqaradi va g’ayrikonstitutsiyaviy hujjatni harakatdan to’xtatadi.
Huquq ijodkorligining oshkoraligi.Normativ-huquqiy hujjatlarda fuqarolarning huquq va majburiyatlari mustahkamlanadi.Fuqarolar huquq normalari tomonidan o’zlariga qo’yilayotgan talablardan xabardor bo’lish va ular haqida bilim olish imkonoyatlariga ega bo’lishlari kerak.
Normativ-huquqiy hujjatlarni oshkor qilishning asosiy vositasi ularni ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilishdir.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga ko’ra: “Qabul qilingan qonunlarning va boshqa normativ hujjatlarning matbuotda e’lon qilinishi ular qo’llanishining majburiy shartidir.”Bu prinsip 1989-yil15-yanvardagi Vena uchrashuvi Yakuniy hujjatida ham belgilangan bo’lib,quyidagicha ifodalangan: “YEXHK qatnashchisi bo’lgan davlatlar “shaxslarning o’z huquq va burchlarini bilishga hamda ularga muvofiq harakat qilishga bo’lgan huquqini samarali ta’minlash maqsadida inson huquqlari va asosiy erkinliklariga oid qonunlar,ma’muriy qoida hamda tartibotlarni nashr etib barchaga yetkazish majburiyatini oladilar”.
Huquq ijodkorligining ilmiyligi.Har bir qonun,huquqiy norma ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanish qonuniyatlarini chuqur anglash hamda ilmiy asoslantirish negizida yaratilishi kerak.Bu prinsipda ikki jihat nazarda tutiladi,birinchidan,huquq ijodkorligi puxta ilmiy strategiyaga tayanishi arur.Uni davlat yuwori hokimiyat organlari huzuridagi tegishli tadqiqotlar institutlari amalga oshiradi.Ikkinchidan,muayyan normativ-huquqiy hujjat matni ustida ish organda,huquq normasini yaratish va ifodalashda ilmiy tavsiyalar inobatga olinishi lozim.Hujjat loyihasi tayyorlanayotganda ishchi guruhlar tarkibiga yetakchi huquqshunos-olimlarni kiritadilar,loyiha yuzasidan xulosa olish uchun uni tegishli ilmiy muassasalarga yuboradilar.Qonun loyihalarini ham ilmiy ekspertizadan o’tkazish kerak bo’lib,buning uchun olimlar,amaliyotchi xodimlar,malakali mutaxassislar jalb qilinadi.loyihani ekspertizadan o’tkazish natijalari yuzasidan ekspertlar tegishli xulosa taqdim etadilar.

Download 34.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling