1. Huquq ijodkorligi tushunchasi, turlari, funksiyalari va prinsiplari


Download 34.91 Kb.
bet1/10
Sana18.06.2023
Hajmi34.91 Kb.
#1557732
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1545658106 73385


REJA:

KIRISH………………………………………………………..2


II Asosiy qism
1.Huquq ijodkorligi tushunchasi, turlari, funksiyalari va prinsiplari……………………………………………………...4
2.Huquq ijodkorligi-huquq yaratishning murakkab jarayoni….9
3. Qonun ijodlorligi jarayoni:tushunchasi, prinsiplari, bosqichlari …………………………………………………….10
4.Huquq va qonun ijodkorligi jarayonida qonunchilik va yuridik texnikaning roli.……………………………………………….28
5.O’zbekistonda qonun ijodkorligi jarayonining o’ziga xos xususiyatlari……………….......................................................31
III Xulosa………………………………………………………....32
IV Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………….35

Kirish
O’zbekiston Republikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga ko’ra, qonunchilik tashabbusi huquqiga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, o’z davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqlpog’iston Respublikasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, O’zbekiston Respublikasining Oliy sudi, Oliy xo’jalik sudi, Bosh prokurori egadirlar va bu huquq qonunchilik tashabbusi huquq subyektlari tomonidan qonun loyhasini O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi. Bu norma qonunchilik tashabbusi subyektlariga jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solinishi kerak bo’lgan jihatlarini yana bir-bor e’tiborga olish mas’uliyat yuklaydi. Huquq ijodkorligi va qonun ijodkorligi bir-biridan farqli tushunchalar bo’lib, huquq ijodkorligi normativ-huquqiy hujjatlarni uni qabul qilish huquqiga ega bo’lgan organlar yoki mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Qonun ijodkorligi esa faqatgina oliy vakillik organi bo’lgan Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi. Konstitutsiyaning 83-moddasida ko’rsatilgan qonunchilik tashabbusi subyektlari esa qonun ijodkorligi jarayonida o’z vakolat doirasida qonun loyihalarini kiritish huquqi orqali ishtirok etadilar. Normativ- huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo’lgan organlar yoki mansabdor shaxslar quyidagilar: O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari.1Mustaqillik yillarida O’zbekistonda yangi milliy davlatchilikni shakllantirishda parlament islohotlari bosqichma-bosqich tobora kengayib bormoqda.Shuning 2003-yil 24- aprelida qabul qilingan qonunga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XVIII bobiga o’zgartirishlar kiritilib,Oliy Majlis ikki palatadan iborat ekanligi mustahkamlab qo’yildi. Davlat va jamiyat hayotidagi eng muhim masalar Oliy Majlisning har ikki palatasi tomonidan ko’rib chiqiladi va hal etiladi. Qonun ijodkorligi jarayonida muhim bosqchdan biri hisoblangan qonunchilik tashabbusi huquqi o’zi nimaligi, kimlarga tegishli ekanligi haqidagi savollarga quydagicha javoblar berilgan. Qonun chiqarish jarayonidagi eng muhim bosqich hisoblangan qonunchilik tashabbusini amalga oshirish to’g’risida tasavvurga ega bo’lish uchun, birinchi navbatta, uning mohiyatiga etibor qaratish o’rinli. “Qonunchilik tashabbusi huquqi” deganda,Konstitutsiyada belgilangan davlar organlari, tashkilotlar va shaxslarning qonun chiqaruvchi organga qonunchilikka oid qonun loyihasini taqdim etishdan iborat subyektiv huquqi tushuniladi.2
Keyingi 5 yil mobynida qonunchilik palatasiga taqdim etilgan 497 ta qonun loyihasidan atigi 44 tasi deputatlar tashabbusi bilan, 42 tasi esa bevosita O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etilgan,160 ta qonun loyihasi esa mamlakatimiz hukumati tomonidan kiritilgan.3 Shu munosabat bilan huquq ijodkorligi va qonun ijodkorligi,qonun loyihalarini tayyorlash va qabul qilishni yangicha tashkil qilish yo’llari vujudga keldi.
Huquq yaratish va shakklantirish jarayonida ijtimoiy, siyosiy,iqtisodiy, mafkuraviy va boshqa boshqa omillarni ta’sir etshini hisobga ogan holda qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar yaratilsa,ular jamiyat rivojlanishining obyektiv qonuniyatlariga,taraqqiyot ehtiyojlariga mos keladi,hayot bilan hamohang bo’ladi.4



Download 34.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling