O‘zbekiston Fanlar akademiyasining O‘simlik va hayvonot olami genofondi institutida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Ekoharakat deputatlar guruhi hamda Ekologiya
Download 87 Kb.
|
insholar
O‘zbekiston Fanlar akademiyasining O‘simlik va hayvonot olami genofondi institutida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Ekoharakat deputatlar guruhi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda «Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasiga oid qonunchilikni yanada takomillashtirish va xalqaro tajriba» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 22-may – Xalqaro biologik xilma-xillik kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda deputatlar, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi a’zolari, Adliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jalagi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi, O‘zbekiston ekologik harakati faollari, ekologiya sohasida faoliyat yurituvchi qator nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar qatnashdi. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi mustahkam huquqiy baza yaratildi. Jumladan, Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi asosida ishlab chiqilgan hamda 2013-yil 28-dekabrdan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining «Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi qonuni bu sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarning muhim bir bosqichi bo‘ldi. Tadbir ishtirokchilari rivojlangan davlatlarning sohaga oid qonunchilik amaliyoti, «Chiqindilar to‘g‘risida», «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida», «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida», «Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. – O‘zbekiston Respublikasining «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi hamda «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunlari qabul qilingach o‘tgan davr mobaynida tabiiy o‘simlik jamoalari va ular o‘sadigan muhitni, yovvoyi hayvon turlari va ular yashaydigan muhitni muhofaza qilish sohasida muayyan tajriba to‘plandi, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Ekoharakat deputatlar guruhi a’zosi Sodirjon Jakbarov. – Shu bilan birga, ushbu qonun hujjatlari talablarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda bajarilishini o‘rganish natijalari hamda normalarining amaliyotda qo‘llanilish tahlili bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish zarurligini ko‘rsatdi. Shu bois, kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simlik va hayvon turlarining genetik fondini saqlash, ulardan ilmiy-tadqiqot va xo‘jalik-tajriba maqsadlarida foydalanish tartibini belgilovchi normalarni o‘z ichiga olgan yangi tahrirdagi qonunlar loyihalarini ishlab chiqdik. Bu flora va fauna dunyosidan ilmiy asoslangan holda samarali foydalanish protsessual mexanizmlarining takomillashuviga xizmat qiladi. Davra suhbatida mamlakatimizda biologik xilma-xillikni saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga ijobiy baho berildi. O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish maqsadida tashkil etilgan tabiiy hududlarning ahamiyati, ular oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarning qay darajada bajarilayotgani reytingini aniqlash, ularda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish masalalari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri va monitoringining to‘laqonli yuritilishini ta’minlovchi samarali huquqiy mexanizmlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.O‘zbekistonda BMT Mingyillik rivojlanish dasturida belgilangan ekologik barqarorlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida ham so‘z yuritildi. KITOB – MA`NAVIY USTOZ Kitob farzandlarimiz ta'limi va ma'naviy tarbiyasida eng muhim omil bo’lib хizmat qilmoqda, deb ta’kidlaydi „O‘qituvchi« nashriyot-matbaa ijodiy uyi вosh muharriri Pokiza A’zamova. Kitoblar insoniyatning eng boy bilim hazinasi sandig’idir, desak xato qilmaimiz. Kitob millatning madaniy me'rosi sifatida boqiydir. Inson hayotida kitobning o’rni beqiesdir. Erishgan bilimlarimiz va ma'lumotimiz uchun biz Kitob, deb atalmish bilimlar hazinadoni oldida qarzdormiz. Kitob doyim bizni fikrlashga, halol yashashga, Vatanni sevish, jamiyat taraqqiyotiga hizmat qilish va ma'naviy me'rosimizni asrashga, ezgulikka chorlab kelgan. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tizimidagi „O‘qituvchi« nashriyot-matbaa ijodiy uyi 2010—2011-yilida umumta’lim maktablari hamda akademik litsey va kasb hunar kollejlari talabalari uchun o‘zbek halqi milliy ma’naviyati, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik masalalariga oid quyidagi risolalar chop etildi. 1. Sh. Munis., M. Ogahiy (nashrga tayyorlovchi A. Jumaxo‘ja) Firdavs ul-iqbol (Baxtlar bog‘i) — Asarda eng qadimdan boshlab 1825-yilgacha bo‘lgan Horazm tarixi bayon etilgan. Solnoma Horazm diyoridagi tarixiy jarayon haqida batafsil ma’lumot berishdan tashqari, u yerda kechgan adabiy-madaniy hayot, vohaning tabiati va ekologiyasi, xalqining urf odatlari, san’ati haqida ham qiziqarli ma’lumotlar beradi. 2. K.A. Mirxodjayev. Turkiston yulduzi — O‘zbek xalqining mashhur milliy o‘yinlari «Qiz quvish» va ko‘pkari otlarsiz o‘tmaydi. Respublikamizda ot sportini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Respublikamiz mustaqilligining 20 yilligi arafasida chop etilayotgan ushbu albom axalteka ot zotining kechagi va bugungi kuni, uning mavқei haqida hikoya qiladi. 3. F. Xolsaidov va b. Ma’naviyat qalb quyoshi. — Mazkur majmua o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy bilimlarini shakllantirishga, ularni har tomonlama yetuk bilimli, o‘z Vataniga, halqiga e’tiqodli baland ruhda kamol topishiga qaratilgan bo‘lib, ular bilishi lozim bo‘lgan dastlabki ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. 4. Sh.R. Qobilov. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik — mamlakatning iqtisodiy va siyosiy tayanchi — Mazkur qo‘llanma O‘zR Prezidenti I.A. Karimovning O‘zR Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 18 yilligiga bag‘ishlangan „Mamlakatimizni modernizasiya qilish yo‘lini izchil davom ettirish — taraqqiyotimizning muhim omilidir« mavzuidagi ma’ruzasi asosida tayyorlangan bo‘lib, uning maqsadi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan kichik biznes va hususiy tadbirkorlikka oid davlat siyosatini anglash va tushuntirishga yordam berishdir. BILIM SAODAT KALITI Barkamol avlod tarbiyasi yo‘lidagi ezgu ishlar izchil davom ettirilmoqda. Xususan, bu yil investitsiya dasturi asosida 381 maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan sport inshootlari, bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish hamda rekonstruksiya qilishga 209,1 milliard so‘m sarflandi. Ta’lim muassasalarini mebel, o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, komputer texnikasi, sport anjomlari va musiqa asbob-uskunalari bilan jihozlash ishlari olib borilayotir. Yangi o‘quv yili uchun 605 nomdagi 34,5 million nusxa darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar chop etilib, joylarga yetkazildi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida 7 nomdagi metodik qo‘llanma hamda ularning multimediali ilovalari tayyorlandi. Natijada umumta’lim maktablarining 1-sinflarida barcha fanlar to‘liq ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur jarayon bosqichma-bosqich barcha sinflarda davom ettiriladi. Bu yil 587 ming nafardan ziyod o‘g‘il-qiz maktablarning birinchi sinfiga o‘qishga bordi. An’anaga ko‘ra 12 nomdagi sifatli o‘quv anjomlari, darsliklar hamda o‘quvchi sumkasidan iborat Prezidentimiz sovg‘alari o‘quv yilining dastlabki kunida ularga tantanali tarzda topshirildi. Mamlakatimiz ta’lim tizimida o‘quvchilarning nafaqat bilim va professional ko‘nikmalarni egallashi, ayni paytda chet mamlakatlardagi tengdoshlari bilan faol muloqot qilishi, dunyoda ro‘y berayotgan barcha yangilik va o‘zgarishlardan atroflicha xabardor bo‘lishi, jahondagi ulkan intellektual boylikni egallashning eng muhim sharti hisoblangan xorijiy tillarni chuqur o‘rganishiga katta ahamiyat qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2012-yil 10-dekabrdagi «Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq o‘g‘il-qizlarga bilim maskaniga ilk bor qadam qo‘ygandanoq xorijiy tillar o‘qitilmoqda. Bu yil 1-sinflar uchun 553 ming nusxa ingliz, 21 ming nusxa nemis, 17 ming nusxa fransuz tili darsliklari qayta nashr etildi. 2-sinf o‘quvchilari uchun 591 ming nusxa yangidan chet tili darsliklari va o‘qituvchilar uchun 22 ming nusxa metodik qo‘llanmalar chop qilindi. Ular o‘quvchi kitobi, o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma va multimediali ilovalar (DVD-disk)dan iborat. O‘quvchilar 1-sinfda qiziqarli savol-javob, o‘yin tarzidagi mashg‘ulotlar orqali o‘zga til olamiga olib kirilsa, 2-sinfda chet tilidagi so‘zlarni nafaqat eshitish, balki gapirish, yozish va o‘qish ko‘nikmalarini egallay boshlaydi. Bu o‘qituvchilardan o‘ziga xos pedagogik bilim va mahoratni talab etadi. Shu bois yangi o‘quv yili arafasida mamlakatimiz miqyosida 18 ming nafar chet tili o‘qituvchisi maxsus malaka oshirish kurslarida o‘qitildi. Biz dunyo tamadduniga beshik bo‘lgan, jahon ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan ulug‘ allomalar avlodimiz. Buyuk ajdodlarimiz bilan har qancha faxrlansak, g‘ururlansak arziydi. Prezidentimiz Islom Karimovning 2014-yil 15-16-may kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi nutqida bu haqda atroflicha so‘z yuritildi. Mazkur nutqda bayon etilgan fikrlarni mamlakatimiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida chuqur o‘rganish, uning mazmun-mohiyatini yoshlar ongi va qalbiga singdirish farzandlarimizni ulug‘ ota-bobolarimizga munosib bo‘lishga, mamlakatimizda har tomonlama rivojlanish, yuksak marralarni zabt etish uchun yaratib berilgan sharoitlardan unumli foydalanishga ruhlantiradi. Davlatimiz rahbarining xalqaro konferensiyadagi nutqi kitob holida nashr etilib, barcha ta’lim maskanlariga yetkazildi. 2-sentabr kuni “Mustaqillik darslari”da ushbu kitob asosida o‘tilgan mashg‘ulotlar saviyasini oshirish maqsadida 15 mingga yaqin ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishidagi professor-o‘qituvchilar, taniqli olimlar, soha mutaxassislari jalb etildi. Shu bilan birga, mazkur darslarda mamlakatimizda barcha sohalarda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning ma’no-mazmunini, tanlagan taraqqiyot yo‘limiz, yangi demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish borasida erishayotgan yutuq va marralarimizning mohiyati va ahamiyatini yosh avlod shuuriga ta’sirchan uslub va shakllarda yetkazish, ularning qadr-qimmatini chuqur anglatishga alohida e’tibor qaratildi. INTILGANGA TOLE YOR “Bo‘ladigan bola boshidan ma’lum” deydi xalqimiz. Boysunlik Behzod Safarov bolaligidan otasiga yaqin ko‘makchi bo‘lib ulg‘aydi. Otasi tumandagi mohir quruvchilardan biri bo‘lgani bois Behzod o‘qishdan bo‘sh vaqtida ota kasbini o‘zlashtirdi. Duradgorga shogird tushdi. Behzod mustaqil ravishda bejirim eshik va derazalar yasay boshlagach, buyurtmachilar ushbu mahsulotlarni ustaning o‘zidan xarid qilishga o‘tdi. Oilaviy biznes shakllandi. Usta va duradgorlardan iborat qurilish brigadasi tashkil topdi. Bu orada Behzod tumandagi kollejni tamomlab, Termiz davlat universiteti ijtimoiy-gumanitar fanlar fakultetining tarix bo‘limiga o‘qishga kirdi. – Yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlariga mos ravishda qurilish materiallarining turi va sifati ortib borayotir, – deydi B.Safarov. – Shaharu qishloqlarimizdagi zamonaviy uy-joylar, ta’lim va shifo maskanlari, ko‘rkam bino va inshootlar asosan o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallaridan bunyod bo‘layotir. Eng muhimi, yurtimiz qurilish sohasiga bugun barcha turdagi zamonaviy ashyolar kirib keldi. Biz ham tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, kichik sehimizni 2010-yildan zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Boysun bunyodkori” xususiy korxonasiga aylantirdik. Yurtimizda kichik biznes faoliyatining samarali tashkil etilishi mahalliy iste’mol tovarlari va xizmatlar bilan ichki bozorni to‘liq to‘ldirish imkonini bermoqda. Tijorat banklarining moliyaviy qo‘llab-quvvatlashi esa soha rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yosh tadbirkor B.Safarov faoliyatini yanada kengaytirish, tayyorlanayotgan mahsulotlar turini ko‘paytirish maqsadida “Ipoteka bank”ning Surxondaryo viloyat filialidan 50 million so‘m kredit oldi. Natijada sexga deraza-eshik romlari ishlab chiqarish uskunalari o‘rnatilib, jahon andozalariga mos mahsulot tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Tadbirkor tumanda o‘tkazilgan tenderda g‘olib chiqib, bir qator maktablarni kapital ta’mirdan chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Korxonada buyurtma asosida 600 kvadrat metr deraza-eshik romlari tayyorlandi. – Raqobat bor joyda izlanish, rivojlanish bo‘ladi, – deydi “Boysun bunyodkori” xususiy korxonasi rahbari B.Safarov. – Tumanimizda bir nechta qurilish jihozlari ishlab chiqarish korxonasi mavjud. Sog‘lom raqobat muhitida turli yo‘nalishda xizmatlar ko‘lamini va mahsulot sifatini yanada oshirish orqali mijozlar ishonchini oqlayapmiz. Biz, tadbirkorlarga yaratilayotgan qulayliklar, doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun davlatimiz rahbaridan cheksiz minnatdormiz. Yosh tadbirkor 2011-yilda “Ipoteka bank” tomonidan o‘tkazilgan tanlovning respublika bosqichida alyumin profil eshik-deraza romlari ishlab chiqarish loyihasi bilan ishtirok etib, “Yosh tadbirkor” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib chiqdi. Bankning imtiyozli kredit jamg‘armasidan ikki yil muddatga 30 million so‘m kredit oldi. Bu mablag‘ ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish quvvatini yanada oshirishda muhim omil bo‘lmoqda. Yana 10 kishi ish bilan ta’minlandi. Yosh tadbirkor korxonasida ishlab chiqarilayotgan raqobatbardosh mahsulotlar Surxondaryo viloyatida bunyod etilayotgan zamonaviy ta’lim va tibbiyot muassasalari, qishloqlarda qad rostlayotgan namunaviy loyiha asosidagi uy-joylar va boshqa qurilish ob’ektlaridan munosib joy olmoqda. Download 87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling