O‘zbekiston Fanlar akademiyasining O‘simlik va hayvonot olami genofondi institutida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Ekoharakat deputatlar guruhi hamda Ekologiya


Download 87 Kb.
bet3/4
Sana26.12.2022
Hajmi87 Kb.
#1066672
1   2   3   4
Bog'liq
insholar

Dunyoda onaday zahmatkash zot yo‘q, deb bejiz aytilmaydi. Darhaqiqat, ona­larning umri davo­mida amalga oshiradigan ishlarini uncha-muncha alloma hisoblab adog‘iga yeta olmaydi.
Lekin barchamiz ko‘rib-bilib turibmiz, bizning yurtimizda, bizning davrimizda onalarning, ayollarning zahmatli mehnati munosib sharaflanayapti. Ko‘ksida Qahramonlik yulduzi, yuzida quyosh balqib turgan ayollarimizga qaraganda qalbimiz faxr-iftixor tuyg‘ulariga to‘ladi. Vatanimizning yuksak mukofotlariga loyiq ko‘rilgan opa-singillarimizni, ayniqsa, o‘z iqtidorlarini namoyon qilib «Nihol» va Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan yosh-yosh qizlarimizni ko‘rganda, ko‘ngillarimiz quvonchdan yashnab, sevimli shoiramizning farahbaxsh tilaklarini dilda takrorlaymiz: «Bu bog‘lar — bir bog‘lar bo‘ladi hali!»
Ha, o‘z bekalari, begoyim, bekajonlarini e’zozlayotgan O‘zbekiston deb atalgan bu bog‘ jannatmonand bir bog‘ bo‘ladi. Bunga ayollarni qadrlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, og‘irini yengil qilish ishlari davlat siyo­sati darajasiga ko‘tarilgani kafolat be­radi. Ayollarni, onalarni e’zozlagan yurt esa taraqqiyotda yuksak bo‘lsa yuksak bo‘ladi, aslo hech bir mamlakatdan kam bo‘lmaydi.
Bizning qulog‘imizga onalarimiz allasi bilan ezgulik singgan edi. Hozirgi yangi avlod qulog‘iga esa Mustaqillik ne’matlaridan bahra olgan baxtiyor onalarning allalari bilan ezgulikning xush nafasi singmoqda va ular yurtimizda barkamol avlodni tarbiyalash borasida yaratilgan shart-sharoitlardan bahramand bo‘lib voyaga yetmoqda. Demakki, intellektual salohiyati keng bu avlod bizdan ko‘ra ko‘proq yurtimizni, onalarni, ayollarni ulug‘laydi. Ona-O‘zbekistonimizni qudratli davlatlar ichra qudratli, obod mamlakatlar ichra obod davlatga aylantiradi.

Kompyuter tarmog'i bitta kompyuterni ikkinchisi bilan o'zaro bog'lash va ma'lumot uzatish uchun mo'ljallangan. Kompyuter tarmoqlari ulardagi kompyuterlar joylashuvi va bog'lanish usuli bo'yicha mahalliy va global turlarga bo'linadi.


Mahalliy kompyuter tarmog'ida kompyuterlar bitta xona; yonma-yon xonalar, qavatlar yoki binolarda joylashgan bo'ladi. Odatda ularni o'zaro bog'lash uchun tarmoq kabelidan foydalaniladi.
Tarmoq kabelining bir qator turlari mavjud, masalan: juftlik, koaksial va shisha tolali. 
Tarmoqdagi kompyuterlarning o'zaro ulanish tuzilmasi tarmoq topologiyasi deyiladi.
Tarmoq topologiyasining quyidagi turlari mavjud:
- Umumiy bog'lam;
- Aylana;
- Yulduzsimon.

Download 87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling