1. Huquq ijodkorligi tushunchasi, turlari, funksiyalari va prinsiplari


Download 34.91 Kb.
bet3/10
Sana18.06.2023
Hajmi34.91 Kb.
#1557732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1545658106 73385

Huquq ijodkorligi turlari:
1.Xalqning bevosita huquq ijodkorligi.Xalq tomonidan amalga oshiriladigan huquq ijodkorligining eng yorqin ifodasi referendum-davlat va jamiyat hayotining o’ta muhim masalalari bo’yicha umumxalq ovoz berishidir.Referendum huquq ijod etishning alohida shakli sifatida xalqning o’z irodasini bevosita bayon etishidir.Bu huquqiy normalar yaratishning o’ta nufuzli turi bo’lib,referendum natijalari davlat hokimiyat organlarining biron-bir tarzdagi tasdiqlashiga muhtoj emas.Referendum yo’li bilan qabul qilingan hujjat mamlakat hududida oliy yuridik kuchga ega bo’ladi va faqat referendum orqali bekor qilinishi yoki o’zgartilishi mumkin(O’zbekiston Respublikasi “Referendum to’g’risida”gi qonunning 1-moddasi).U qat’iy irodaviy mazmundagi siyosiy-yuridik institutdir.Mohiyatiga e’tibor bersak,referendum davlatning u yoki bu qarorini xalq ovozi bilan tasdiqlanishi,shu orqali unga uzil-kesil va umummajburiy xususiyat baxsh etilishidir.
2.Davlat organlarining huquq ijodkorligi.Bu huquq ijodkorligining asosiy,keng tarqalgan,aniq maqsadga yo’naltirilgan turidir.Davlat organlarining vazifasi,vakolatlari hamda faoliyat yo’nalishlari qonunda belgilab qo’yiladi.Ana shu yuridik vakolatlar doirasida har bir davlat organi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.Ularning vakolatlari darajasi va ko’lami normativ hujjatlarning yuridik kuchini,o’zaro mutanosiblik (iyerarxik) munosabatlarini belgilab beradi.Masalan,O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga ko’ra, Oliy Majlis-qonun qabul qiladi;94-moddasiga ko’ra Prezident farmon,qaror va farmoyish chiqaradi;98-moddasiga muvofiq Vazirlar Vahkamasi Oliy Majlis va Prezident hujjatlari ijrosini ta’minlash uchun qaror va farmoyishlar chiqaradi.Konstitutsiyaning 15-va 16-moddalari esa qonun ustuvorligi prinsipini mustahkamlaydi.Bu moddalar mazmuni bilan normativ-huquqiy hujjatlar o’rtasidagi o’zaro bo’ysunish va ustuvorlik munosabatlari aniq-ravshan belgilab qo’yilgan.
3.Mansabdor shaxslarning huquq ijodkorligi.Mansabdor shaxs tushunchasini aniqlab olish lozim,chunki amaldagi qonunchilikda unga tegishli ta’rif berilmagan.
Mansabdor shaxs-davlat hokimiyat yoki boshqaruv organida yoxud nodavlat tashkilotida muyyan lavozimni egallagan,unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun huquqiy hujjatlar qabul qilish va amalga oshirish vakolatiga ega bo’lgan shaxsdir.
Mansabdor shaxsnig normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini tayyorlash va uni qabul qilish bo’yicha faoliyati huquq ijodkorligi hisoblanadi.Biroq uning huquqni qo’llash bilan bog’liq xatti-harakati huquq ijodkorlik faoliyati doirasiga kirmaydi.
Huquq ijodkorligi jarayoniga turli-tuman hayotiy vaziyatlar,ijtimoiy omillar jiddiy ta’sir ko’rsatadi.Ijtimoiy omillar huquqiy tartibga solish ehtiyojini aniqlashga,huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashga,qonunchilik hujjati loyihasini muhokama qilish va qabul qilishga,pirovardida uning mazmuniga u yoki bu tarzda ta’sir o’tkazuvchi ijtimoiy hayot hodisalaridir.Huquq yaratish va shakllantirish jarayoniga eng,avvalao, iqtisodiy,siyosiy,ijtimoiy,mafkuraviy va boshqa omillar ta’sir ko’rsatadi.

Download 34.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling