TEST
1. «Husn-u Dil» dostonining muallifi qaysi javobda to`g`ri berilgan?
A) Mirzo Shams Buxoriy
B) Muhammad Hakimxon
C) Mir Olim Buxoriy
D) Muhammadniyoz Nishotiy
2. Xiva xonligida shayboniylar hukmronligi qaysi yillarni o`z ichiga oladi?
A) 1511-1616-yil B) 1512-1770-yillar
C) 1513-1770-yillar D) 1510-1678-yillar
3. Arab Muhammadga qarshi isyon kо`targan o`g`illari kimlar edi?
A) Habash Sulton va Elbars Sulton
B) Asfandiyorxon va Abulg`oziySulton
C) Elbars Sulton va Asfandiyor
D) Abulg`oziySulton va Habash Sulton
4. Qachon Xiva xonligida qo`ng`irotlar sulolasi hukmronligi o`rnatildi?
A) 1767-yil B) 1769-yil C) 1770-yil D) 1772-yil
5. Qaysi Xiva xoni davrida muntazam qo’shin tuziladi?
A) Eltuzarxon B) Olloqulixon
C) Muhammad Rahimxon ID) Elbarsxon
6. Xiva xonligida asosiy soliq to`g`ri berilan javobni aniqlang.
A) chibik puli B) alg`ut
C) solg`ut D) mushrifona
7.Qaysi shahar O`rta Osiyo davlatlarini Eron bilan bog`lovchi muhim savdo yo`li ustida joylashgan edi?
A) Toshkent B) Marv
C) Samarqand D) Qo`qon
8.„Shajarayi turk va mo‘g‘ul“ asari bilan tarixda nom qoldirgan shaxs kim?
A) Elbarsxon B) Ogahiy
C) Abulg'oziy Bahodirxon D) Muhammad Rahimxon II
9. «Firdavs ul iqbol» asari muallifini aniqlang
A) Hasanbеk Rumlu
B) Munis
C) Ogohiy
D) Yusufbеk Bayoniy
10. Qoraqalpoqlarda harbiy qismlarni kimlar boshqarardi?
A) Oqsoqol B) Botirlar
C) Xo’jalar D) Biylar
11. «Darbadar el» dostonining muallifini aniqlang.
A) Jiyen Jirov
B) Kunxo`ja Ibrohim
C) Ajiniyoz Qosiboy o`g`li
D) Berdaq
12. Dastlab Shohruhbiyning qarorgohi qayеrda edi?
A) Chustda B) Tepaqo`rg`onda
C) Qo`qon D) Chimkent
13. Qaysi Qo’qon xoni muntazam qo’shin tuzish maqsadida harbiy islohot o’tkazgan?
A) Olimxon B) Umarxon
C) Madalixon D) Sheralixon
14.Qo`qon xonligida bosh vazir hamda qo`shinning bosh qo`mondoni quyidagi qaysi lavozim egasi edi?
A) Qo`shbegi B) Mehtar
C) Mingboshi D) Otaliq
15. Qo’qon xonligi muntazam qo’shini nima deb atalgan?
A) Navkariya B) Xon navkari
C) Sarbozlar D) Hojiblar
16. Qo`qon xonligida bahor kеlganida yangi o`tloqlarga ko`chishdan oldin xonadon boshiga bittadan qo`y bilan olinadigan soliqni aniqlang
A) “qozon puli” B) “tutun haqi”
C) “yig`im soliq” D) “qo`ra boshi
17.Sharqiy turkistonliklaming Xitoyga qarshi ozodlik kurashi rahbarlari kimlar?
A) Jahongirxo’ja B) Yusufxo’ja
C) Madalixon D) A va B javoblar
18. “zarbulmasal” asarining muallifi?
A) maxmur B) gulxaniy
C) fazliy namangoniy D) amiriy
19. madrasaga o’quvchilar necha yoshdan olingan?
A) 13-15 B) 15-17 C) 15-20 D) 17-20
20. „Ittifoqning nima ekanligini bilmagan, yolg'iz o‘z manfaatishaxsiyati yo‘lida bir-birini yeb-ichgan mansabparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog‘idan yo'qolmasdan turib, bizning odambo‘lishimizga aqlim yetmay qoldi... Biz shu holatda ketadigan, birbirimizning tagimizga suv quyadigan bo'lsak, yaqindirki, podsho istibdodi Turkistonimizni egallar“. Ushbu so’zlar kimga tegishli?
A) Abdulla Qodiriyning ,,O‘tkan kunlar“ romanidagi Yusufbek hojiga
B) Abdulla Qodiriyning ,,O‘tkan kunlar“ romanidagi Otabekka
C) Abdulla Qodiriyning ,,O‘tkan kunlar“ romanidagi Madumarga
D) Dukchi Eshonga
Do'stlaringiz bilan baham: |