1. Ibora qatnashgan gapni aniqlang
Download 51.29 Kb.
|
5-7- sinf test 500 ta A KALIT (1)
1.Ibora qatnashgan gapni aniqlang. A) Bir soat nari-berisida yetti uxlab tushga kirmaydigan voqealar bo‘ldi. B) Vahobjon boyagi qiz ko‘rsatgan uy eshigining tugmasini bosdi. C) O‘z ko‘zim bilan ko‘rgankechirganlarimni yozdim. D) Zangori olovga bo‘lgan talab ortib bormoqda. 2. Qaysi qatorda imloviy xato yozilgan so‘z mavjud? A) Ellik yil ezildik, tahqir etildik. Qo‘limiz bog‘landi, huquqimizga tajavvuz bo‘ldi. B) Dehqon jo‘xorini quritibdi, To‘qmoqlar donini ajratib olibdi. C) Bo‘stondagi atirgul va rayhonlar eng yoqimli gullardir. D) Kesim hukmni ifodalovchi gapning asosiy belgilarini ko‘rsatuvchi eng muhim bo‘lak. 3.Olmosh yo‘q javobni toping. A) har vaqt, har lahza, shu on B) kimdir, nimadir, allakim C) hech kim, hech bir, hech nima 4.Nutq a`zolari nechta? A) 9ta B) 8ta C) 7 ta D) 6ta 5. Parvoyim,shundan,seniki,meni, varag`i,sanoq,mavqeyi,shahrimiz,ko`ngil, qorin. Ushbu so`zlarning nechtasi fonetik hodisaga uchragan? A)7ta B)8 ta C)6ta D)5ta 6.Bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar yig`indisi nima deyiladi? A)Bo`g`in B) Urg`u C)Fonema D)Intonatsiya 7. Quyoshning botish payti nima deyiladi? A)G`urob B)Ufq C)Palla D)G`irot 8. Tortma,suzma so`zlari fe`l so`z turkumi bo`lib kelsa,urg`u qaysi bo`g`inga tushadi? A)1 B)2 C) tushmaydi D)to`g`ri javob berilmagan 9. SMS so`zi qaysi tildan olingan? A) Ingliz B)Rus C)Ispan D)Fors 10.Zamon,hamon,baho,jahongir-so`zlarida “A” tovushi qaysi tovushga monand aytiladi? A) o B) o` C) I D)e 11.Nechta so`zda “I” tovushi qisqa talaffuz qilinadi miqdori nechta? Bilan,bir, kir,qirg`oq,zirapcha,likopcha,bilol,birga. A)7ta B)8ta C)6ta D)5ta 12.Muallim,soat,oila,doimo,saodat. Ushbu so`zlarning nechtasining talaffuzida tovush ortadi? A)3ta B)5ta C)4ta D) barchasi 13.Shashmaqom necha qismdan iborat musiqa asari? A)6 B)5 C)7 D)4 14. Bulog`i, qishlog`i so`zlarida qanday fonetik hodisa bor? A)almashish B)ortish C)tushish D) a va b javoblar to`g`ri 15. “dj “tovushini jarangsiz juftini toping? A)sh B)d C)ch D)j 16. Nekbin tuyg`ular qanday tuyg`ular? A) Sof tuyg`ular B) Jirkanch tuyg`ular C)Hayoliy tuyg`ular D) To`g`ri javob yo`q 17. “h” tovushi talaffuzda qaysi tovushga monand aytiladi? A) y B)g C)s D)q 18.Qaysi qatordagi birlik ajratilgan holda keyingi satrga ko`chirilmaydi? A)”Boing-769” B)diagramma C)dengiz D)matbaa 19. Quyidagi berilgan so`zlardan qaysi biri ajratib yoziladi? A)sarfqilmoq B)so`zboshi C)bug`doyrang D)biroz 20.Qaysi javobda ajratib yoziladigan so’zlar berilgan? A)talab/qil, har/xil B)kino/yulduzi, ilmiy/ma’rifiy C)qo’sh/tabaqa, anti/virus D)yilma/yil, Olti/ariq 21.Qaysi qatordagi so`zlar to`g`ri yozilgan? A)Xalq ta`limi vazirligi, Respublika Oliy Kengashi. B)”G`ofur G`ulom’’ nomidagi nashiryot, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi C)Toshkent viloyati hokimligi, Guliston Davlat Universiteti D)Quvosoy sement zavodi, Temuriylar tarixi Davlat muzeyi 22. Bosh harflarning ishlatilishida xatoga yo`l qo`yilgan qatorni toping. A)Toshkent Davlat yuridik institute B)Toshkent traktor zavodi C)Sog`liqni saqlash vazirligi D)Vazirlar Mahkamasi 23. Qaysi javobda tutuq belgisi unlilarni cho`ziqroq aytilishi uchun ishlatilgan? A)ta`sir,fe`l,ta`na B)a`mol,da`vo,jur`at C) a`zo, daf`a,in`om D)a`yon,nash`a,qat`iy 24. Qaysi so’zda qator kelgan keng unlilar orasiga og’zaki nutqda bir undosh qo’shib talaffuz qilinadi? A)soat B)maosh C) saodat D)maorif 25.Qaysi qatordagi so’zda n harfi m tarzida talaffuz qilinadi? A)o’n bir B) tandir C)o’n so’m D)tomonda 26.Qaysi so’zlarda “o” unlisi old qator, lablanmagan, yuqori tor unli sifatida talaffuz qilinadi? A)irrigator B)konstitutsiya C)munosabat D)izotop 27.Asos va qo’shimchaga ajratish bilan bo’g’inga ajratish teng keladigan so’zlar qatorini toping. A)befarq, ishsiz B)rashkim, tashqi C)yurakcha, xalqim D)ko’nglim, ishqim 28. Yopiq bo'g'inida til orqa "ng" tovushi ishtirok etgan ko'p bo'g'inli so'zlar qatorini belgilang. A) mengza, mingta, tingla B) singil, dengiz, yangi C)ko'nglim, teng, angla D)ongsiz, langar, angina 29. Faqat ochiq bo‘g‘inlardan iborat bo‘lgan so‘zni aniqlang. A) monografiya B) orfografiya C) dangasalik D) suverenitet 30. Qo‘sh undoshlardan biri tushirilganda, so‘zning lug‘aviy ma’nosi o‘zgaradigan qatorni toping. A) ellar, sodda, nonning B) grammatika, zarra, tar;aqqiyot C) issiq, do‘ppi, qattiq D) jajji, yo‘lla, million) men, har kim, biz 31.Suvlar... tikilsam, ko‘zim yoshlanur. Qaysi kelishik shakli tushib qolgan? A) jo‘nalish (-ga) B) chiqish (-dan) С) qaratqich (ning) D) o‘rin-payt (-dan) 32. Egalik qo‘shimchasi qo‘shilganida tovush almashinishi bo’ladigan so’zlarga misol keltiring. A) qishloq, tirnoq, bilak, tuproq, terak, quloq, quduq, pichoq, bo‘taloq, etak B) qishloq, tirnoq, bilak, huquq, terak, quloq C) quduq, pichoq, bo‘taloq, farq, to‘garak D) farq, ishtirok, idrok, huquq, tok 33. k va q undoshi bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganida tovush almashinishi sodir bo‘lmaydigan so‘zlarga misol keltiring. A) farq, ishtirok, idrok, huquq, tok B) qishloq, tirnoq, bilak, huquq, terak, quloq C) mag‘iz, burun, og‘iz, shahar, ko‘ngil D) qishloq, tirnoq, bilak, tuproq, terak, quloq, quduq, pichoq, bo‘taloq, etak 34. Egalik qo‘shimchasi qo‘shilganida tovush tushishi sodir bo‘ladigan so‘zlarga misol keltiring. A) mag‘iz, burun, og‘iz, shahar, ko‘ngil B) qishloq, tirnoq, bilak, huquq, terak, quloq С) farq, ishtirok, idrok, huquq, tok D) qishloq, tirnoq, bilak, tuproq, terak 35. Tilning tovush tizimini qaysi bo‘lim o‘rganadi? A) fonetika B) orfografiya C) leksikologiya D) grafika 36. Leksikologiyada nimalar o‘rganiladi? A) so‘zning atash ma’nosi B) so‘zning grammatik ma’nosi С) harf D) lug‘at 37. Qaysi maqolda faqat old qator lablanmagan unlilar ishtirok etgan? A) Hechdan kech yaxshi B) Oz so’z – soz so’z. C) Ko’p so’zning ozi yaxshi, oz so’zning o’zi yaxshi. D) Yer haydasang, kuz hayda, Kuz haydamasang, yuz hayda. 38. Quyida berilgan tez aytishlarning qaysi birida faqat lablanmagan unlilar ishtirok etgan? A) Erkin ertagi ekin ekishni ertaga ertalab eplaydi. B) To'p-to'p ko'k koptok C) O'tkir o'tkir o'roqda o't o'rdi. D) Hali Vali, Soli sholi o'rdi. 39. Tarkibida faqat yuqori tor unlilar va undoshlar qatnashgan so'zlar qatorini aniqlang. A) muqim, uyushiq B) kibor, musiqa C) muhit, zehn D) musiqa, lirika 40. F undoshiga tavsif berilgan javobni aniqlang. A) lab-tish, sirg'aluvchi, jarangsiz undosh B) lab-tish, portlovchi, jarangli undosh C) lab-lab, portlovchi, jarangli undosh D) lab-lab,portlovchi. jarangsiz undosh 41. Hosil bo'lish usuliga ko'ra q hamda g' undosh tovushlariga to'g'ri tavsif berilgan qatorni toping. A) q portlovchi g' - sirg'aluvchi undosh. B) q va g' -bo'g'iz undoshlari C) g' - jarangli q – jarangsiz undosh D) q - til undoshi, chuqur til orqa; g' - til undoshi, chuqur til orqa 42. Qaysi qatorda faqat jarangsiz undoshlar bor? A) sochpopuk, shafqat, ko 'kat B) gilos, rayhon, gulkaram C) ziynat, ko'hlik, libos D) ko'makdosh, inson, ko'rgazma 43. Qaysi so‘zda hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra bir guruhga mansub undoshlar qatnashgan? A) norasida B) mabodo C) qarg‘a D) ko‘rmana 44. Qaysi qatorda unli va portlovchi undoshlardan tarkib topgan so‘zlar berilgan? A) odob, botiq, qichitqi B) abadiy, telpak, qadriyat C) dudutlatdi, qobiliyat, qorabayir D) tekintomoq, qanoat, vazifa 45. Berilgan so‘zlarning qaysi birida faqat til oldi, sirg‘aluvchi undoshlar ishtirok etgan? 1) muvozanat; 2) larza; 3) faylasuf; 4) shoira; 5) shovul; 6) salla. A) 2,4,6 B) 1,2,3 C) 1,4,5 D) 3,5,7 46. Kongress so'zi tarkibida qanday til undosh tovushlari mavjud? A) 2 til orqa, 4 ta til oldi tovushlari B) 3 til orqa, 3 ta til oldi tovushlari C) 4 til orqa, 4 la til oldi tovushlari D) 3 til orqa, 2 ta til oldi tovushlari 47. Dengiz so‘zi tarkibida qanday undosh til tovushlari mavjud? A) 2 ta til oldi, 1 ta til orqa undoshlari B) 3 ta til oldi, 1 ta til orqa undoshlari C) 2 ta til oldi, 1 ta til o‘rta undoshlari D) 3 ta til oldi, 1 ta til o‘rta undoshlari 48. O’zak va qo’shimchalar bilan bo’g’inlar teng kelgan so’zlar qaysi javobda berilgan? A) aybdor, g’ishtni, sirli B) katta, qolip, g’ozlar C) toshlar, o’simlik, bargi D) go’shtini, kitobga, 49. Sirg'aluvchi j tovushini ifoda etuvchi so'zlar qatorini toping. A) vijdon, garaj B) jo 'yak, ajdod C) jimjit, g’ijjak D) jumla, janob 50. Urg’u so’zning oxirgi bo’g’iniga tushmagan so’zlar qatorini belgilang. A) keldim, ko’raman, bordi B) kitob, dalalar, daftar C) fidokor, ko’zlarim, bedorlik D) odamlarga, mashq, odobing 51. Sinfdoshim Karimjon katta bo’lsa artist bo’lmoqchi. Gapda nechta qator undoshli so’z bor? A) 2 ta B) 3 ta C) 1 ta D) 4 ta 52. So‘zlar oxiridagi jarangli undoshlarining talaffuzda jarangsizlashuvi qaysi qatorda berilgan? A) janob, avlod, girdob B) bahor, shirin, dog' C) bayram, dohiy, vakil D) gavjum, anhor, birov 53. Ng, bir tovushni ifodalangan so’zlar qatorini belgilang. A) ingramoq, alanga, dangasa B) donga, jiringlamoq, mingashmoq C) tanga, shtanga, konguss D) jiring-jiring, unga, tungi 54. Tilning tovush tizimini qaysi bo‘lim o‘rganadi? A) fonetika B) orfografiya C) leksikologiya D) grafika 55. Leksikologiyada nimalar o‘rganiladi? A) so‘zning atash ma’nosi B) so‘zning grammatik ma’nosi С) harf D) lug‘at 56. Yozma nutqning harflar tizimini o‘rganadigan bo‘lim qan-day ataladi? A) grafikada B) leksikologiya C) sintaksisda D) morfologiyada 57. Inson nutqini necha xil yo‘l bilan bayon qiladi? A) 2 xil B) 3 xil С) 4 xil D) 18 xil 58. Og‘zaki nutqning eng kichik, boshqa mayda bo‘laklarga bo‘linmaydigan qismi nima de-yiladi? A) tovush B) bo‘g‘in C) urg’u D) sintagma 60. O‘pkadan chiqayotgan havoning og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchrash yoki uchraydigan tovushlar qanday ataladi? A) undosh tovushlar B) unli tovushlar C) sonorlar D) burun tovushlari 61. O‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchramasa, qanday tovush hosil bo‘ladi? A) unli tovushlar B) undosh tovushlar C) sonorlar D) burun tovushlari 62. Tilimizda nechta unli tovush bor? A) 6 ta B) 8 ta C) 10 ta D) 4 ta 63. Tilimizda nechta undosh tovush mavjud? A) 24 ta B) 22 ta C) 26 ta D) 23 ta 64. Lab tovushlariga qaysi tovushlar kiradi? A) b, p, m, v, f B) l, m, n, ng, r C) h D) g, t, z 65.Lab-lab tovushiga qaysi undoshlar kiradi? A) b,p,m B) v,f C) l, m, y D) n, ng, b 66. Lab-tish undoshlariga qaysilar kiradi? A) f, v B) b, p, m C) l, m, y D) n, ng, b 67. Qaysi xususiyatiga ko‘ra til tovushlari turlarga bo‘linadi? A) til qismlarining harakatiga ko‘ra B) ma’no-mohiyatiga ko‘ra C) vazifasiga ko‘ra D) to’siqqa uchrash-uchramasligiga ko’ra 68. Til undoshlari til qismlarining harakatiga ko‘ra necha turga bo‘linadi? A) 4 tur B) 2 tur C) 6 tur D) 5 tur 69. Til oldi undoshlariga qaysilar kiradi? A) t, d, s, z, n, sh, r, l, j, ch B) y C) k, ng, g D) q, g‘, x 70. Til o‘rta undoshlari qaysilar? A) y B) t, d, s, z, n, sh, r, l, j, ch C) k, ng, g D) q, g‘, x 71. Til orqa undoshlarini ayting. A) k, ng, g B) t, d, s, z, n, sh, r, l, j, ch C) y D) q, g‘, x 72. Chuqur til orqa undoshlari qaysilar? A) q, g‘, x B) y C) k, ng, g D) t, d, s, z, n, sh, r, l, j, ch 73. To‘siqqa uchragan havoning burun orqali o‘tishidan qanday tovushlar hosil bo‘ladi? A) burun tovushlari B) lab tovushlari C) bo‘g‘iz tovushlari D) til tovushlari 74. Burun tovushlariga qaysilar kiradi? A) n, m, ng B) g, t, z C) l, m, n, ng, r D) b, p, m, v, f 75.O‘pkadan chiqayotgan havoning bo‘g‘izda qisilishidan qanday tovush hosil bo‘ladi? A) bo‘g‘iz tovushlari B) burun tovushlari C) lab tovushlari D) til tovushlari 76. Bo‘g‘iz tovushi qaysi? A) h B) l, m, n, ng, r C) x D) b, p, m, v, f 77. Nutq tovushlarining asosiy vazifasi nima? A) ma’no farqlash B) bo‘rttirish C) fikrni ifodalash D) izohlash 78. To‘g‘ri talaffuz me’yorlarini o‘rganuvchi bo‘lim qanday nomlanadi? A) orfoepiya B) fonetika C) grafika D) paremiologiya 79. To‘g‘ri yozish me’yorlarini o‘rganuvchi bo‘lim qanday nomlanadi? A) orfografiya B) fonetika C) grafika D) paremiologiya 80. Orfoepiya qanday ma’noni anglatadi? A) yunoncha, «orfo» – «to‘g‘-ri», «epos» – «so‘zlamoq», «nutq» B) yunoncha, «orfo» – «to‘g‘-ri», «grafo» – «chizmoq» C) yunoncha, «orfo» – «so‘z», «grafo» – «chizmoq» D) yunoncha, «orfo» – «to‘g‘ri», «epos» – «aytmoq» 81. Orfografiya qanday ma’noni anglatadi? A) yunoncha, «orfo» – «to‘g‘-ri», «grafo» – «chizmoq» B) yunoncha, «orfo» – «to‘g‘-ri», «epos» – «so‘zlamoq», «nutq» C) yunoncha, «orfo» – «so‘z», «grafo» – «chizmoq» D) yunoncha, «orfo» – «to‘g‘-ri», «epos» – «aytmoq» 82. Qanday hollarda i unlisi bilinar-bilinmas talaffuz qilinadi? D) r va l undoshlaridan oldin kelsa B) so‘z boshida C) so‘z oxirida D) ikki undosh orasida kelsa 83. Qanday hollarda b undoshi p undoshiga monand aytiladi? A) so‘z oxirida B) so‘z boshida C) ikki bo‘g‘inli so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida lablangan u unlisi ta’sirida D) r va l undoshlaridan oldin kelsa 84.Qaysi so‘zlarda a unlisi o unlisiga monand aytiladi? A) savob, zamon so‘zlarida B) tonna, noyabr C) qaynoq, ishlov, dumaloq, bo‘yoq D) hamon, tavba 85.Qaysi so‘zlarda o unlisi o‘ unlisiga monand aytiladi? A) tonna, noyabr B) savob, zamon so‘zlarida C) qaynoq, ishlov, dumaloq, bo‘yoq D) hamon, tavba 86. Qator kelgan unlilar orasiga bir undosh qo‘shib talaffuz qilish mumkin bo‘lgan so‘zlarga misol keltiring. A) doim, oila, soat, sharoit, maishat, doira B) shoir, toir, joiz, geolog, maqsad C) saodat, maorif, xushmuomala, muovin, muammo D) maosh, muallim, maorif, matbuot 87. Qator kelgan unlilarning birini tushirib, boshqasini cho‘-ziqroq talaffuz qilish mumkin bo‘lgan so‘zlarga misol keltiring. A) saodat, maorif, xushmuomala, muovin, muammo B) doim, oila, soat, sharoit, maishat, doira C) shoir, toir, joiz, geolog, geometriya D) maosh, muallim, maorif, matbuot 88. o‘ unlisi qaysi so‘zlarda torroq talaffuz qilinadi? A) ko‘l, o‘s, cho‘l, jo‘ra, mo‘tabar B) bo‘ri, qo‘ri, xo‘roz, ro‘mol C) ko‘l, o‘s, qo‘ri, xo‘roz D) bo‘ri, qo‘ri, jo‘ra, mo‘tabar 89.o‘ unlisi qaysi so‘zlarda kengroq talaffuz qilinadi? A) bo‘ri, qo‘ri, xo‘roz, ro‘mol B) ko‘l, o‘s, cho‘l, jo‘ra, mo‘tabar C) ko‘l, o‘s, qo‘ri, xo‘roz D) bo‘ri, qo‘ri, jo‘ra, mo‘tabar 90. Qaysi so‘zlarda tutuq belgisi yozuvda tushirib qoldiriladi? A) mo‘jiza, mo‘tadil, mo‘tabar B) da’vat, mo‘tadil, mo‘jiza C) sur’at, san’at, mo‘tabar D) barchasi 91. Qaysi so‘zlarda e unlisi i ga monand aytiladi? A) kecha, ekran, ne’mat B) telefon, teatr, okean, material C) kecha, okean, material D) telefon, teatr, okean, ek-ran, ne’mat 92. Qaysi so‘zlarda e unlisi to‘liq talaffuz qilinadi? A) telefon, teatr, okean, material B) kecha, ekran, ne’mat C) kecha, okean, material D) telefon, teatr, okean, ek-ran, ne’mat 94. Nechta jaranglining nechta jarangsiz jufti bor? A) 8 ta B) 10 ta C) 7 ta D) 9 ta 95. Jarangli undoshlarni sanang. A) b, v, z, g, d, dj, j, g‘, y, l, r, m, n, ng B) p, f, s, k, t, ch, sh, q, h, x C) p, f, s, k, d, ch, sh, q, h, x D) m, n, ng, y, r, l, s, t, q, x, h 96. Jarangsiz undoshlarni sanang. A) p, f, s, k, t, ch, sh, q, h, x B) p, f, s, k, d, ch, sh, q, h, x C) m, n, ng, y, r, l D) b, v, z, g, d, dj, j, g‘, y, l, r, m, n, ng 97. Faqat ochiq bo'g'inli so'zlarni toping. A) g'o'za, baraka, ibora B) arava, ashula, ilgari C) ilova, olim, andisha D) ijod, izza, rubob 98. n undoshi qachon m tarzida talaffuz qilinadi? A) b va m harflaridan oldin kelganida B) so‘z oxirida C) so‘z boshida D) ikki unli o‘rtasida kelganida 99. n undoshi m tarzida talaffuz qilinishiga misol keltiring. A) barchasi B) shanba, o‘n bir, yakshanba, bilganmi, bo‘linma C) manman, sunbula, tanbal D) Julqunboy, yo‘llanma, qo‘llanma 100. j va (dj)j undoshlari birbiri bilan qaysi xususiyatiga ko‘ra o‘xshash? A) til oldi undoshi ekanligi bilan B) jarangsizligiga xususiyatiga ko‘ra C) portlovchi va sirg‘aluvchiligiga ko‘ra D) lab undoshi ekanligiga ko’ra 101. j va (dj)j undoshlari bir-biridan qaysi xususiyatlariga ko‘ra farqli? A) portlovchi va sirg‘aluvchiligiga ko‘ra B) til oldi undoshi ekanligi bilan C) jaranglilik xususiyatiga ko‘ra D) lab undoshi ekanligiga ko'ra 102. Sirg‘aluvchi j tovushi ishtirok etgan so‘zlarga misol keltiring. A) jurnal, vijdon, jirafa B) jurnal, vijdon, jo‘ra C) jo‘ja, jajji, jo‘ra, sajda D) jahon, jiyak, jirafa 103. Portlovchi j tovushi ishtirok etgan so‘zlarga misol keltiring. A) jo‘ja, jajji, jo‘ra, sajda B) jurnal, vijdon, jo‘ra C) jurnal, vijdon, jirafa D) jahon, jiyak, jirafa 104. ng harf birikmasi asosidagi so‘zlarga misol keltiring. A) singil, ko‘ngil, dengiz, kelingiz, shudring, B) kenglik, mingashmoq, jiringlamoq, pingvinn, kasting C) shtanga, kongress, osmonga, menga, unga, tanga (tana), tungi, donga, jonga D) bodring, bangi, farangeyt 105. ng harf birikmasi ishtirok etmagan so‘zlarga misol keltiring. A) shtanga, kongress, osmonga, menga, unga, tanga (tana), tungi, donga, jonga B) singil, ko‘ngil, dengiz, kelingiz, shudring, C) kenglik, mingashmoq, jiringlamoq, alanga, sening D) mengzamoq, tanga(pul), arang, gangimoq 106. O‘zbek tilida nechta harf birikmasi mavjud? A) 3 ta (ch, sh, ng,) B) 4 ta (ch, sh, ng, dj) C) 2 ta (ch, sh) D) 5 ta (ch, sh, ng, dj, tch) 107. s va h undoshlari yonma-yon kelganida ularning alohida tovush ekanligini bildirish maqsadida qanday belgi ishlatiladi? A) tutuq belgisi B) tire ishlatiladi C) hech qanday tinish belgisi ishlatilmaydi D) nuqtali vergul ishlatiladi 108. Qanday undoshlar qo‘sh undosh deyiladi? A) tarkibida yonma-yon kelgan bir xil undosh B) tarkibida yonma-yon kelgan ikki har xil undoshlar C) bir bo‘g‘inda yonma-yon kelgan ikki bir xil undosh D)tarkibida yonma-yon kelgan bir xil unli 109. Qaysi so‘zlarda qo‘sh undoshlarning biri talaffuz qilinmaydi? A) million, artilleriya, gramm, metall, grammatika, tanaffus, kilogramm, milliard B) ikki, chaqqon, quvvat, katta, qattiq, issiq, sodda C) pochcha, karra, zarra, do‘p-pi, avval, jajji, arra, taraqqiyot, minnatdor, marra, qassob, g‘ijjak D) tafakkur, ukki, marra, tanazzul 112. Tutuq belgisi qachon cho‘ziqroq talaffuz uchun xizmat qiladi? A) unlidan keyin kelsa B) undoshdan keyin kelsa C) ikki undosh o‘rtasida kelsa D) ikki unli o‘rtasida kelsa 113. Tutuq belgisi qanday holatda ajratish vazifasini bajaradi? A) undoshdan keyin kelsa B) unlidan keyin kelsa C) ikki undosh o‘rtasida kelsa D) ikki unli o‘rtasida kelsa 114. Tutuq belgisi qanday vazifalarni bajaradi? 1. Unlini cho‘zadi. 2. Unlini undoshdan ajratadi. 3. Harflarni farqlaydi (s va h undoshini). 4. Ma’noni farqlash. A) 1, 2, 3,4 B) 2, 3, 4 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 3 115. Quyidagi qatorlarning qaysi birida ch tovushining jaranglisi qo'llangan so'zlar qayd etilgan? A) ajrim, kajava; B) ajdod, jola; C) janr, ajdar; D) jemper, jurnal; 116. Qaysi so‘zlarda tutuq belgisi tushib qolsa, yangi so’z hosil bo‘ladi? A) barchasi B) sur’at, sa’va C) qal’a, ta’na D) san’at, she’r 117. Bir havo zarbi bilan aytiladigan birlik nima deyiladi? A) bo‘g‘in B) tovush C) urg‘u D) to‘xtam 118. Bo‘g‘inlar qaysi xususiyatiga ko‘ra ochiq va yopiq turlarga bo‘linadi? A) unli va undosh bilan tugashiga ko‘ra B) unli va undosh bilan boshlanishiga ko‘ra C) tarkibiga ko‘ra D) tuzilishiga ko‘ra 119. Qanday bo‘g‘inlar ochiq bo‘g‘in deyiladi? A) unli bilan tugagan bo‘g‘inga B) undosh bilan boshlangan bo‘g‘inga C) unli bilan boshlangan bo‘g‘inlar D) undosh bilan tugagan bo‘g‘inlar 120. Qanday bo‘g‘inlar yopiq bo‘g‘in deyiladi? A) undosh bilan tugagan bo‘g‘inlar B) unli bilan boshlangan bo‘g‘inga C) undosh bilan boshlangan bo‘g‘inga D) unli bilan tugagan bo‘g‘inlar 121. Qanday hollarda so‘zlar qatordan qatorga ko‘chirilmaydi? 1. Bir unli yoki bir undosh ko‘chirilmaydi (o-i-la, mu-to-la-a). 2. Harflar birikmasi ajratilmaydi (ch, sh, ng). 3.Qis-qartma so‘zlar ajratilmaydi (BMT). 4. Sonlar o‘ziga tegishli izohi bilan qolishi kerak (9-sinf, XX asr). A) 1, 2, 3,4 B) 2, 3, 4 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 3 122. So‘z bo‘g‘inlaridan yoki gapda ishtirok etayotgan so‘zlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinishi nima deyiladi? A) urg’u B) tovush C) bo’g’in D) to‘xtam 123. Urg‘u necha xil bo‘ladi? A) 2 xil B) 3 xil C) 4 xil D) 6 xil 124. So‘zning ma’nosini farqlashda qaysi urg‘u asosiy o‘rin egallaydi? A) so‘z urg‘usi B) mantiqiy urg‘u C) gap urg‘usi D) logik urg‘u 125. O‘zbek tilida so‘z urg‘usi so‘zdagi qaysi bo’g‘inga tushadi? A) urg‘uning o‘rni qat’iy emas B) 1-bo‘g‘inga C) 2-bo‘g‘inga D) oxirgi bo‘g‘inga 126. So‘zga qo‘shimcha qo‘shilsa, urg‘u qaysi bo‘g‘inda qoladi? A) urg‘uning ko‘chishi so‘zga bog‘liq B) oxirgi bo‘g‘inda C) so‘zga qo‘shimcha qo‘shilishi bilan urg‘u ham oxiriga qarab ko‘chib boraveradi D) 1-bo‘g‘inda 127. Tugma, olma, ko‘zlar, so‘zlar, suzma kabi ot so‘z turkumiga oid so‘zlarda urg‘u qaysi bo‘g‘inga tushadi? A) oxirgi bo‘g‘inga B) birinchi bo‘g‘inga C) urg‘uning o‘rni qat’iy emas D) to‘g‘ri javob yo‘q 128. Tugma, olma, ko‘zlar, so‘zlar, suzma kabi fe’l so‘z turkumiga oid so‘zlarda urg‘u qaysi bo‘g‘inga tushadi? A) birinchi bo‘g‘inga B) oxirgi bo‘g‘inga C) urg‘uning o‘rni qat’iy emas D) to‘g‘ri javob yo‘q 129. Qaysi qatorda unli va faqat sirg‘aluvchi undoshlardan tarkib topgan so‘zlar berilgan? A) vazifa, serhafsala, xo‘roz B) saxovat, xususiylashtirish, g‘azal C) suyanish, jirafa, sarosima D) xushbichim, vazifa 131. Qaysi javobda qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida bo‘g‘inga ajralish o‘rni o‘zgargan so‘zlar bor? A) ko‘nglim, singlim, baxtingiz B) kitobni, dengiz, singlim C) shtangasi, singlisi, dengizim D) dengizi, singlim, sinfga 132. Gullar quyoshsiz ochilmaydi. Ushbu gapda qanday unli qatnashmagan? A) o‘rta keng unli B) tor unli C) keng unli D) lablangan unli 133. Quyida berilgan baytda nechta so‘zda ochiq bo‘g‘in mavjud? Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, Aniq bilursankim, ilm bepoyon. A) 5 ta B) 4 ta C) 6 ta D) 7 ta 134. Qaysi so‘zlarda bo‘g‘iz undoshi qo‘yiladi? A) su..bat, ..il-..il B) no‘..at, ..ayot C) ba..t, ogo.. D) ..il-..il, sho‘.. 135. Qaysi javobda ikkinchi bo‘g‘ini unli va jarangli undoshlardan iborat bo‘lgan so‘zlar berilgan? A) qog‘oz, qo‘g‘irchoq, qalam B) qo‘shiq, qovun, qamar C) ko‘rsat, qirg‘ich, qiymat D) qasam, quloq, quyon 136. Quyida berilgan gapda nechta so‘z tarkibida qator undoshlar ishtirok etgan? Ilm egallashga harakat qilish har bir mo‘min va mo‘mina uchun farz. A) 2 ta B) 1 ta C) 3 ta D) 4 ta 137. Sonorlar (ovozdorlar) berilgan qatorni toping. A) l, m, n, r, ng B) m, n, l, r, y C) b, p, v, f, m D) f, m, n, r, y 138. Yuqori tor unlilar to‘g‘ri berilgan qatorni toping. A) i, u B) i, o C) a, o‘ D) u, e 139. Qaysi qatordagi so‘zlarda faqat tor unlilar qatnashgan? A) muqim, uyushiq B) kibor, musiqa C) muhit, zehn D) lirika, musiqa 140. Qaysi so‘zlarda qator kelgan undoshlar til oldi jarangli undoshlardan iborat? D) farzand, darz, ranj B) darz, davr, fayz C) zulm, fayz, farzand D) sabr, hukm, darz 141. Qadriyat atamasi keng bo‘lib, voqelikdagi hodisalarning ijtimoiy va madaniy ahamiyatini ifodalash uchun ishlatiladi. Ushbu gapda jarangli undosh bilan tugagan nechta yopiq bo‘g‘in bor? A) 9 ta B) 8 ta C) 7 ta D) 10 ta 142. Quyidagi qaysi maqolda ochiq bo‘g‘in eng ko‘p ishtirok etgan? A) Bolali uy - bozor, bolasiz uy - mozor. B) Birlashgan daryo bo‘lur, tarqalgan irmoq. C) Bor maqtansa topilur, yo‘q maqtansa chopilur. D) Holvani hokim yer, kaltakni yetim yer. 143. Qaysi javobdagi so‘zda fonetik hodisa kuzatiladi? A) O‘ynab gapirsang ham o‘ylab gapir. B) Odob yoshlarni kattalar duosiga sazovor etadi. C) Ne-ne to‘siqlarni yengishgan edi. D) Asabiylashmay yuzma-yuz o‘tirib, fikrimizni tushuntira olamizmi? 144. Qaysi javobdagi so‘zlarda fonetik hodisa kuzatiladi? A) qiynaldi, sanadi B) ma’naviy, o‘ksigan C) yumshoq, foydali D) o‘ynovchilardan, bog‘ga 145. Hadisi sharifda shunday deyilgan: "Odamlarga nisbatan yomonligingni to‘xtat, shu o‘zingga sadaqa bo‘ladi". Ushbu gapda qo‘llangan tovush o‘zgarishlarining soni va turi to‘g‘ri berilgan javobni toping. A) 2 ta tovush ortishi, 1 ta tovush tushishi B) 1 ta tovush ortishi, 1 ta tovush almashishi C) 2 ta tovush ortishi, 1 ta tovush almashishi D) 1 ta tovush ortishi, 2 ta tovush almashishi 146. Jarangli juftiga ega bo‘lgan til orqa undoshi qaysi javobda berilgan? A) g B) k C) ng D) q 147. Sipohning tarqoqligi saltanatning kuchsizlanishiga olib keladi. Ushbu gapda necha marta tovush almashish fonetik hodisasi yuz bergan? A) 1 B) 2 C) 3 D) 0 148. Quyida berilgan gapdagi fonetik o‘zgarishlar qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? Bolaning ko‘ngli o‘ksimasin deb yumshoq o‘rindiqqa o‘tqazdi. 1) tovush tushishi; 2) tovush almashishi; 3) tovush ortishi A) 2, 3 B) 1, 2 C) 1, 2, 3 D) 1, 3 149. Ona - u, bag‘rida millat beshigi, Qalbida yopilmas qadr eshigi, Allasi oromdir - hayot qo‘shig‘i, Ayol omon bo‘lsa, dunyo go‘zaldir. Ushbu she’riy parchada qanday fonetik o‘zgarishlar uchraydi? A) tovush almashishi, tovush orttirilishi, tovush tushishi B) tovush almashishi, tovush ortishi C) tovush almashishi, tovush tushishi D) tovush ortishi, tovush tushishi 150. Bir mahal bola yig‘ladimi yo tashqarida shamolning guvullashi orasida dahshatli bir faryod qulog‘iga kirdimi, anglay olmay qoldi. Ushbu gapdagi fonetik o‘zgarishlarning turini ko‘rsating. A) bitta tovush tushishi, uchta tovush almashinishi B) bitta tovush tushishi, ikkita tovush almashinishi C) uchta tovush almashinishi D) bitta tovush orttirilishi, ikkita tovush almashinishi 151. Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo‘lmaydi. Ushbu gapdagi so‘zlar tarkibida nechta tovush o‘zgarishi yuz bergan? A) 1 B) 2 C) 4 D) 3 152.Ko‘p ishlovchi ko‘p yashaydi. Ushbu gapda fonetik hodisalarning qanday turi mavjud? A) tovush tushishi B) tovush ortishi C) tovush almashishi D) tovush tushishi va ortishi 153. Portlovchilar guruhiga mansub bo‘lmagan jarangli undoshlarni toping. A) v, z, l, y B) v, h, t, k C) j, k, s, z D) v, z, y, m 154. a unlisi o unlisi kabi aytiladigan so‘zlar qaysi javobda berilgan? A) tonna, oynak, kombayn B) savob, zamon, bahor C) qaynoq, sanoq, dumaloq D) tomosha, samon, muomala 155. Fonetik o‘zgarish asosida yozilgan so‘z qatnashgan gap qaysi qatorda berilgan? A) Temir qo‘rg‘on ichida qizil toychoq o‘ynaydi. B) Bir nafasda olamni kezar. C) Tilsiz aql o‘rgatar. D) Tig‘ yarasi bitadi, til yarasi bitmaydi. 156. Qator undoshlar ifodalangan so‘z berilgan javobni belgilang. A) Istiqlol B) istara C) estrada D) ishtirok 157. Tovush tushish hodisasi yuz bergan gapni toping. A) Maktabda "O‘tkir zehnlilar" musobaqasi bo‘ldi. B) Hech bo‘lmaganidan ko‘ra, kech bo‘lgani yaxshi. C) Qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib, Eng yorug‘ yulduzdan seni so‘rayman. D) Idoraga bor, senga ham pul berishadi. 158. Qaysi qatordagi barcha so‘zlarda talaffuzda tovush orttirilishi kuzatiladi? A) shariat, toifa, Noila B) iftixor, itoat, faxr C) faxr, hukm, fazo D) iftixor, fazo, toifa 159. Qaysi gapdagi so‘zda tovush almashinish hodisasi yuz bergan? A) Bu orada qiziq ishlar bo‘lib o‘tdi. B) Qumloqda saksovul ildizlari chuqurlab ketgan edi. C) Dushmanni tag-tugi bilan yo‘qotib yubordi. D) Son-sanoqni bildiruvchi so‘zlar sanoq sonlardir. 160. Faqat lab undosharidan tashkil topgan ochiq bo‘g‘inli so‘zlarni belgilang. A) ma’no, mabodo, bobo B) vabo, vafo, ma’vo C) havo, bayot, badaviy D) popop, moviy, pafos 161. Shovulladi tun bo‘yi shamol, Qaldiroqlar ko‘chdi larzakor. Shivirlading yonimda xushhol: "Yana keldi, do‘stginam, bahor". Ushbu parchada burun tovushi bilan tugagan yopiq bo‘g‘inlar sonini aniqlang. A) 4 B) 5 C) 6 D) 7 162. Shovulladi tun bo‘yi shamol, Qaldiroqlar ko‘chdi larzakor. Shivirlading yonimda xushhol: "Yana keldi, do‘stginam, bahor". Ushbu parchada lab undoshlari bilan boshlanuvchi ochiq bo‘g‘inlar sonini aniqlang. A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 163. Oktava - insonning hayotda o‘z o‘rnini topishga bo‘lgan intilishi. Bu intilish kuch-qudratingizni, buyukligingizni, yoshligingiz va salomatligingizni qanday timsolda ko‘rsangiz o‘shanday bo‘lishga intilishdir. Bu gapda nechta so‘z fonetik o‘zgarish bo‘yicha yozilgan? A) 5 B) 2 C) 3 D) 4 164. Qaysi qatordagi so‘zlarda i tovushi bilinar-bilinmas talaffuz etiladi? A) bilan, biroq, sira B) tushib, tirnoq, tingla C) qiliq, qiziq, torlik D) tartib, keltiring, kelib 165. Mehnat bilan inoqlashsang, tan og‘rig‘ini ko‘rmassan. Ushbu gapda qanday fonetik o‘zgarish kuzatilmoqda? A) tovush tushishi B) tovush almashishi C) tovush orttirilishi D) tovush tushishi va almashishi 166. Fevral oyiga kelib sovuqning shashti biroz pasaydi. Ushbu gapda qanday fonetik o‘zgarish ro‘y bergan? A) tovush tushishi va almashishi B) tovush orttirilishi va tushishi C) tovush almashishi va orttirilishi D) tovush almashishi 167. Berilgan so‘zlardan qaysi biri fonetik o‘zgarish asosida yozilgan? A) ulg‘aymoq B) ishda C) stol D) ketdi 168. Shundan so‘ng ikkovi shunchalik qalinlashdiki, hatto bir juma kuni Murodxo‘ja domlaning mehmonxonasida bir haftalik so‘z boyligini aytib tamom qildi. Ushbu gapda nechta so‘z fonetik o‘zgarish asosida yozilgan? A) 2 B) 3 C) 4 D) 5 169. Qaysi gapdagi undalmada faqat til undoshlari ishtirok etgan? A) Ona tilim, sen ruhimning qanoti, Abu turk nafasi, Oltoy chechagi. B) Binafsha, shunchalar chiroyli yuzing bor, Nimaga uzoqroq kulmaysan? C) Go‘zal yulduz, so‘yla mening taqdirim. D) Aytgil, do‘stim, nima qildik vatan uchun? 170. Qaysi gapda egalik qo‘shimchasi qo‘shilishi natijasida jarangsiz tovush jarangliga aylangan? A) Ro‘parasida tiniq suvday zilol ko‘zguni ko‘rdiki, uning go‘zalligidan to‘xtab qoldi. B) Ko‘chatni ekkani kelishibdi, ammo yomg‘irda qolishdi. C) Bir yoshroq va qoraroq bola eshikni taqillatdi. D) Ko‘p ishlovchi ko‘p yashaydi. 171. Axloqiy fazilatlaring, yuqori estetik diding bilan uyg‘unlashgandagina husningga husn qo‘shiladi. Ushbu gapda chuqur til orqa undoshlari soni nechta? A) 4 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 5 ta 172. Faqat jarangsiz undoshlardan tashkil topgan so‘zni toping. A) taraqqiyot B) tafakkur C) shovqin D) huquq 173.Qaysi so‘zlarda n va g alohida tovush hisoblanadi? 1) onangga; 2) shudring; 3) menga; 4) tutunga; 5) ko‘ngil A) 1, 2, 5 B) 2, 3 C) 3, 4, 5 D) 3, 4 174. muruvvat so‘zidagi qo‘sh undosh haqidagi to‘g‘ri fikrni toping. A) til oldi, jarangli, sirg‘aluvchi B) lab undoshi, sirg‘aluvchi, jarangli C) til undoshi, portlovchi, jarangsiz D) lab undoshi, sirg‘aluvchi, jarangsiz 175. Do‘stning senga qanchalik muhabbati borligini bilmoqchi bo‘lsang, uning eng yaxshi ko‘rgan narsasini so‘ra, shunda hamma narsa ayon bo‘ladi. Shu ikkalasidan keyin ham u qovog‘ini solmasa, bunday do‘stni boshga ko‘tarish, shirin jon bilan barobar tutish kerak. Ushbu matnda fonetik o‘zgarishlarning qaysi turi kuzatiladi? A) tovush tushishi, tovush ortishi B) tovush ortishi, tovush almashishi C) tovush tushishi, tovush almashishi D) tovush tushishi, tovush ortishi, tovush almashishi 176. Sovuqni sovuq saqlar, Issiqni issiq. Ushbu topishmoqda qanday fonetik o‘zgarish yuz bergan? A) tovush tushishi, tovush ortishi B) tovush ortishi, tovush almashishi C) tovush tushishi, tovush almashishi D) tovush tushishi, tovush ortishi, tovush almashishi 177. Qaysi qatordagi so‘zlarning yopiq bo‘g‘inlaridan biri til orqa jarangli undosh bilan tugagan? A) jingalak B) tinglamoq C) zamburug‘ D) shtanga 178. Qaysi gapdagi so‘zlarning ochiq bo‘g‘inlari keng unlilar bilan tugagan? A) Kishining hurmati o‘z qo‘lida. B) Ko‘z qayerda bo‘lsa, aql ham o‘sha yerda C) Uydan maktabga bora boshladim. D) Uning boyligi sira tugamas ekan. 179. Birovning narsasini so‘roqsiz olish gunoh sanaladi. Ushbu gapda nechta so‘z tovush o‘zgarishiga uchragan? A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 180. Faqat talaffuzda bir tovush ortadigan tor va keng unli qator kelgan so‘zlar qaysi javobda berilgan? A) doim, ilm, saodat B) tabiat, shariat, shior C) soat, muallim, muomala D) parvoyi, mavqeyi, obro‘yi 181. Hayotning ko‘p issiq-sovug‘ini ko‘rib, saboq olib, tajribamni oshirdim. Ushbu gapda nechta fonetik o‘zgarish kuzatilmoqda? A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 182. Hayotning ko‘p issiq-sovug‘ini ko‘rib, saboq olib, tajribamni oshirdim. Ushbu gapda qanday fonetik o‘zgarishlar kuzatilmoqda? A) 1 ta tovush orttirilishi va 1 ta tovush almashishi B) 2 ta tovush orttirilishi va 1 ta tovush almashishi C) 1 ta tovush orttirilishi va 2 ta tovush almashishi D) 2 ta tovush orttirilishi 183. Berilgan so‘zlarning qaysi birida faqat til oldi, sirg‘aluvchi undoshlar ishtirok etgan? 1) muvozanat; 2) larza; 3) faylasuf; 4) shoira; 5) shovul; 6) salla A) 1, 2, 3 B) 4, 5, 6 C) 2, 4, 6 D) 2, 5, 184. 1) ikki; 2) uch; 3) to‘rt; 4) besh; 5) olti; 6) sakkiz Berilgan sonlarning qaysi birida faqat yuqori tor unlilar ishtirok etgan? A) 1, 2 B) 2, 3, 4 C) 2, 3 D) 1, 5, 6 185. O‘ynab gapirsang ham o‘ylab gapir. Ushbu gapda nechta so‘z tovush o‘zgarishiga uchragan? A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 186. Hadisi sharifda shunday deyilgan: "Odamlarga nisbatan yomonligingni to‘xtat, shu o‘zingga sadaqa bo‘ladi". Ushbu gapda nechta tovush o‘zgarishi ro‘y bergan? A) 3 ta B) 2 ta C) 1 ta D) 4 ta 187. Qaysi gapda fonetik o‘zgarishlarga uchragan so‘z qatnashmagan A) Odamning ko‘ngli nozik. B) Burni qizarib kirib keldi. C) To‘rtovlon tugal bo‘lsa, ko‘kdagini indirar. D) O‘zbekistonning ravnaqi yildan yilga el og‘ziga tushmoqda. 188. Sening tug‘ilib o‘sgan qishlog‘ingdan ayrilmasligingni bilar edim. Ushbu gapda nechta so‘z tovush o‘zgarishiga uchragan? A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 189. Unisi o‘ziga bergan azobdan qiynaladi, bunisi esa o‘z qilig‘idan dard chekadi. Ushbu gapda tovush o‘zgarishiga uchragan nechta so‘z bor? A) 2ta B) 3ta C) 4ta D) 1 ta 190. O‘zini sovuqdan qaltirayotgandek his qilgan kampir qizi bergan qaynoq-qaynoq choydan ichgach, tanasiga yoqimli issiqlik yugurdi. Ushbu gapda necha o‘rinda fonetik hodisa yuz bergan? A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 5 ta 191. Yo‘q, hali bilagimda kuchim bor. Yuragimda o‘t so‘ngani yo‘q. Bu alamlarni, bu xorliklarni oyoq ostiga olib toptamagunimcha yashashim shart. Yashayman! Ushbu parchada fonetik o‘zgarishga uchragan so‘zlar necha o‘rinda ishtirok etgan? A) 5 B) 2 C) 3 D) 4 192. Quyida berilgan gapdagi so‘zlar imlosida nechta fonetik hodisa mavjud? Ayrim paytlarda yoshligimning unutilmas damlarini esga olaman. Bolaligimning o‘ynoqi damlarini eslayman; meni o‘tloqlarda dumalatgan, chang ko‘chalarda o‘ynatgan damlarni aslo unutmayman. A) 7 ta B) 8 ta C) 9 ta D) 6 ta 193. Qaysi gaplarda qo‘shimchalar ta’sirida bir so‘zning tovush tarkibida ikki xil fonetik o‘zgarish ro‘y bergan? 1. Inson o‘z umrining hisobli bo‘lishini hamisha kech anglaydi. 2. Jo‘jalarning sanog‘ini bilmadim. 3. Davr qiynoqlari vaqtincha - hali hamma narsa oldinda. 4. Radiodan o‘ynoqi musiqa yangradi. A) 1, 2, 3, 4 B) 3, 4 C) 2, 3, 4 D) 1, 4 194. Qaysi qatorda egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda asosda tovush almashinish hodisasi kuzatiladigan, portlovchi, jarangsiz til orqa tovushi bilan tugagan so‘zlar berilgan? A) tilak, bilak B) qishloq, buloq C) erk, ishtirok D) tog‘, bog‘ 195. Jalil qo‘yin cho‘ntagidan gazetaga o‘ralgan pulni olib sanamoqchi edi, yamoqchi urishib berdi. Ushbu gapda fonetik o‘zgarishga uchragan so‘zlar sonini aniqlang. A) 5 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 196. Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar, To‘rtovlon tugal bo‘lsa, ko‘kdagini indirar. Ushbu maqoldagi fonetik o‘zgarishga uchragan so‘zlar sonini aniqlang. A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 197. Shu so‘zlar og‘zimdan chiqar-chiqmas, do‘stim etagimga yopishib xitob qildi: "Karam sohibi bo‘lgan odam va’da berdimi, va’dasiga vafo qilishi lozim!" Ushbu gapda egalik qo‘shimchasi qo‘shilishi natijasida fonetik o‘zgarishga uchragan so‘zlar sonini aniqlang. A) 2 ta B) 4 ta C) 1 ta D) 3 ta 198. Ona - u, bag‘rida millat beshigi, Qalbida yopilmas qadr eshigi, Allasi oromdir - hayot qo‘shig‘i, Ayol omon bo‘lsa, dunyo go‘zaldir. Ushbu she’riy parchada fonetik hodisaga uchragan so‘zlar soni nechta? A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta 199.Birovning narsasini so‘roqsiz ravishda olish kechirilmas gunoh sanaladi. Berilgan gap tarkibidagi so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida qanday fonetik o‘zgarish ro‘y bergan? A) tovush tushishi B) tovush orttirilishi C) tovush almashishi D) tovush tushishi va almashishi 200. Ahmoqlarning yuragi og‘zida, donolarning tili esa yuragidadir. Berilgan gapda fonetik o‘zgarish asosida yozilgan nechta so‘z mavjud? A) 4 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 2 ta 201. Ahmoqlarning yuragi og‘zida, donolarning tili esa yuragidadir. Berilgan gapdagi nechta so‘zda tovush almashishi yuz bergan? A) 4 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 2 ta 202. Ahmoqlarning yuragi og‘zida, donolarning tili esa yuragidadir. Berilgan gapdagi nechta so‘zda tovush tushishi yuz bergan? A) 4 ta B) 3 ta C) 1 ta D) 2 ta 1. Bob – ..., bol – ..., besh – ..., barcha – ..., dala – ..., dil – ..., dur – ..., oz – ..., eg – ..., mard – ... So‘zlarning paronimik juftini toping. A) bop, pol, pesh, darcha, tala, til, tur, os, ek, mart B) bop, sol, pesh, darcha, tala, til, tur, os, ez, mart С) bop, pol, pesh, darcha, ta-la, til, sur, os, ek, mart D) barchasi 203. Jarangli va jarangsiz jufti bilan farqlanuvchi paronimlarni ayting. A) bob – bop, bol – pol, besh – tesh, barcha – darcha, dala – tala, dil – til, dur – tur, oz – os, eg – ek, mard – mart... B) bob – bop, bol – pol, besh – pesh, barcha – parcha, dala – tala, dil – til, dur – sur, oz – os, eg – ek, urush – urish, mard – mart... С) bob – bop, bol – pol, besh – pesh, barcha – darcha, dala – tala, dil – til, sur – tur, oz – os, eg – ez, mard – mart... D) bob – bop, bol – pol, besh – pesh, barcha – parcha, dala – tala, dil – til, dur – tur, oz – os, eg – ek, mard – mart... 204. Falak – palak, faqir – paqir, sof – sop, tuf – tup, to‘fon – to‘pon birliklari qanday birlik? A) bir tovush bilan farqlanuv-chi so‘zlar (paronim) B) shakldosh С) antonim so‘zlar D) ma’nodosh 205. Jarangli va jarangsiz undosh ta’sirida paronimik qatorni yuzaga keltiradigan so‘z-larga mi-sol keltiring. A) odim – odam, barmoq – bor-moq, urush – urish B) san’at – sanat, she’r – sher C) sud – sut, dars – darz, yod – yot, mard – mart, qars – qarz D) barchasi 206. Besh asirkim nazmiy saroyni, Titratadi zanjirband bir she’r. Misralarda qaysi so‘zlarni qo‘llash bo‘yicha uslubiy xato (bu paronim xato) bor? A) zanjirband, asir B) she’r, zanjirband С) asir, she’r D) asir, nazmiy 207. Urish, noming o‘chsin jahonda. Gapda qaysi so‘zni qo‘llash bo‘yicha uslubiy xato bor? A) jahonda B) urish С) o‘chsin D) bu gapda uslubiy xato mavjud emas 208. Sanat saroyiga konsert tomosha qilgani bordik. Gapdagi qaysi so‘z noto‘g‘ri qo‘llangan? A) konsert B) sanat С) tomosha D) saroy 209. Qo‘sh undoshlarning biri tushib qolgan taqdirda paronimik xususiyat hosil qiladigan so‘zlarga misol keltiring. A) karra, zarra B) tilla, qattiq С) hamma, ikki D) arra, chaqqon 210. Osmon so‘zining ma’nodoshini keltiring. A) oftob, tepa B) samo, quyosh С) ko‘k, oftob D) ko‘k, samo 211. «Dushman» so‘zining ma’nodoshlarini keltiring. A) do‘st, yor B) yov, g‘anim С) hamroh, o‘rtoq D) qarshi, yov 212. «Sanoqli» so‘zining ma’nodoshlarini keltiring. A) o‘lchovli, hisobli B) hisoblangan, sanalgan С) tartiblangan, tizimli D) barchasi 213. «Tayyor» ning ma’nodoshlarini keltiring. A) muhayyo, shay B) hozir-u nozir, shaylangan С) tayyor, hozir D) barchasi 214. «Ozodlik»ning ma’nodoshlarini keltiring. A) erkinlik, istiqlol B) erkinlik, mustaqillik C) hurlik, mustaqillik D) barchasi 215. Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi. Ushbu gapdagi shakldosh so‘zni toping. A) bir tut B) ek, yuz С) tut, yuz D) yil, tut 216. Shakldosh so‘zlarni keltiring. A) taram, yoqa, kuy, qo‘y, ot, kul, mushak, oy, bog‘, taxt, et B) karam, yoq, kuy, qo‘y, ot, kul, mushak, boy, bog‘la, taxt, ez С) karam, yoq, kuy, qo‘y, ot, kul, mushak, oy, bog‘, taxt, et D) qaram, yoq, kuya, qo‘y, ot, tul, mushak, boy, bog‘, taxt, et 217. Bir xil so‘z turkumi doirasida omonimlik hosil qiladigan so‘zlarni keltiring. A) dushman, savlat, sir, chang, mushak, qaram, kadr B) qaram, yoq, kuya, qo‘y, ot, tul, mushak, boy, bog‘ С) taram, yoqa, kuya, qo‘y, ot, kul, mushak, oy D) tuman, davlat, sir, chang, mushak, karam, kadr, oy D) tuman, davlat, pir, tang, mushak 218. Do‘st achitib gapirar, dushman kuldirib. Ushbu gapdagi zid ma’noli so‘zlarni toping. A) do‘st, gapirar, dushman B) do‘st, dushman, achitib, kuldirib С) kuldirib, achitib, gapirar D) achitib, do‘st, gapirar 219. Baxtiyor oqni qoradan ajratadigan bo‘ldi. Ushbu gapdagi zid ma’noli so‘zlarni toping. A) oq, qora B) oq, ajratadigan С) oq, qora, ajratadigan D) qora, ajratadigan 220. Qarilar izzatda, yoshlar xizmatda. Ushbu gapdagi zid ma’noli so‘zlarni toping. A) yoshlar, qarilar B) qarilar, xizmatda, izzatda С) qarilar, yoshlar, izzatda, xizmatda D) izzatda, xizmatda 221. Aqlli uzoqni ko‘zlar, aqlsiz yaqinni. Ushbu gapdagi zid ma’noli so‘zlarni toping. A) aqlli, aqlsiz, ko‘zlar, yaqinni B) aqlli, aqlsiz, yaqin С) aqlli, aqlsiz, yaqin, uzoq D) aqlsiz, uzoq, ko‘zlar, yaqin 222. Aqlli uzoqni ko‘zlar, aqlsiz yaqinni. Ushbu gapda qaysi so‘z turkumidagi so‘zlar zid ma’noli? A) sifat, ot B) sifat, ravish С) ravish, fe’l D) sifat, fe’l 223. Tinchlik urushni yengar. Ushbu gapdagi zid ma’noli so‘zlarni toping. A) tinchlik, urush B) urush, yengmoq С) tinchlik, yengar D) zid ma’noli so‘z yo’q 224. Tinchlik urushni yengar. Ushbu gapda zid ma’noli so‘zlar qaysi so‘z turkumiga oid? A) fe’l B) sifat С) ravish D) ot 225. Uning bosh maqsadi chuqur bilimli, yuksak ma’naviyatli, hozirjavob yoshlarni tarbiyalashdan iborat. Ushbu gapdagi qo‘shma so‘zni toping. A) bilimli B) tarbiyalash С) hozirjavob D) ma’naviyatli 226. Taqdirni qo‘ling bilan yoz, Mehring bilan qishni qilgin yoz. Erkinlikning osmonida uch, Maqsad sari qanotingni yoz. Ushbu misralarda so‘zning shakl va ma’nosiga ko‘ra qaysi turi so‘z o‘yiniga asos bo‘lgan? A) sinonimlar B) paronimlar C) antonimlar D) omonimlar 227. So‘zning atash ma’nosi qanday ma’nosi sanaladi? A) so‘zlarning borliqdagi qanday narsa-hodisalar bildirishi B) so‘zlarning borliqdagi qanday belgi-xususiyatlarni bildirishi C) so‘zlarning borliqdagi qanday harakat-holatlarni bildirishi D) barchasi 228.Qaysi so‘z turkumlar atash ma’nosiga ega? A) mustaqil so‘z turkumlari, alohida so‘z turkumlari B) faqat mustaqil so‘z turkumlari C) mustaqil so‘z turkumlari, qisman yordamchi so‘z turkumlari D) mustaqil so‘z turkumlari va taqlidiy so‘zlar 229. Atash ma’nosiga ega bo‘lmagan mustaqil so‘z turkumi qaysi? A) ot B) olmosh C) son D) ravish 230. Nutqiy jarayonda bir necha ma’nolarda ishlatiladigan so‘zlar qanday ataladi? A) ko‘p ma’noli so‘zlar B) shakldosh so‘zlar C) ma’nodosh so‘zlar D) bir tovush bilan farqlanuvchi so‘zlar 231. Og‘iz, qo‘l, oyoq, maktab, bo‘g‘in, tom, o‘tmas, dastur-xon, kitob, non, iflos, yo‘l, sovuq, chuqur, xira, tish, quloq, burun, yuz, bel, peshana, etak, er, qosh, ko‘z. Bular qanday birliklar? A) shakldosh so‘zlar B) bir ma’noli so‘zlar C) ko‘p ma’noli so‘zlar D) eskirgan so‘zlar 232. Tobe so‘z ko‘chma ma’noda ishlatilgan birliklarga misol keltiring. A) iliq munosabat, chuqur tekshirmoq B) xira odam, sovuq xabar C) istiqlol yo‘li, mehr tafti D) A va B 233. Hokim so‘z ko‘chma ma’noda ishlatilgan birliklarga misol keltiring. A) iliq munosabat, chuqur tekshirmoq B) xira odam, sovuq xabar C) istiqlol yo‘li, mehr tafti D) A va B 234. So‘zning nutq jarayoniga bog‘liq bo‘lmagan ma’nosi uning qanday ma’nosi sanaladi? A) o‘z ma’nosi B) ko‘chma ma’nosi C) majoziy ma’nosi D) B va C 235. So‘zning nutqda boshqa so‘zlarga bog‘lanib hosil qiladigan ma’nosi qanday ma’no sanaladi? A) o‘z ma’nosi B) ko‘chma ma’nosi C) majoziy ma’nosi D) B va C 236. O‘z va ko‘chma ma’no birikib qanday so‘zni hosil qiladi? A) ko‘p ma’noli so‘zni B) shakldosh so‘zni C) ma’nodosh so‘zni D) bir tovush bilan farqlanuvchi so‘zni 237. Aytilishi va yozilishi bir xil so‘zlar ... A) shakldosh so‘zlar B) ma’nodosh so‘zlar C) zid ma’noli so‘zlar D) paronimlar 238. Qaysi qatorda Alisher Navoiyga nisbatan tasviriy ifoda qo’llangan? A) Mo'yqalam sohibi. B) Salomatlik posboni. C) G'azal mulkining sultoni. D) Hayotimiz qomusi. 239. Yoshliging g‘animat, bolam, o‘sib, un, Chiqarma behuda sado hamda un. Ko‘r, quyosh tig‘ida va tegirmonda Ezilib, so‘ng aziz bo‘ldi bug‘doy, un. Ushbu tuyuqdagi omonim so‘zlar qaysi turkumga oid? A) ot va fe’l B) fe’l va sifat C) ot va sifat D) ot 240. Qanday so‘zlar uyadosh so‘zlar deyiladi? A) ma’nosi qarama-qarshi bo‘lgan so‘zlar B) ma’nosi bir xil so‘zlar C) ma’nosi bir-biridan tubdan farq qilgan shakldosh so‘zlar D) bir mazmuniy uyaga mansub so‘zlar 241. Bir tovush bilan farq qiladigan so‘zlar qanday nomlanadi? A) sinonimlar B) paronimlar C) antonimlar D) omonimlar 242. Abzal nima? A) ustun B) ot-ulovni egarlash yoki aravaga qo‘shish uchun zarur asboblarning jami C) poyabzal D) razm 243. Bir umumiy ma’noni bildiruvchi ikki va undan ortiq so‘zlar qanday ataladi? A) shakldosh so‘zlar B) ma’nodosh so‘zlar C) zid ma’noli so‘zlar D) bir tovush bilan farq qiluvchi so‘zlar 244. Ma’nodosh so‘zlar qanday holatlarda ishlatiladi? 1. Bir ma’noni xilma-xil so‘zlar orqali nozik ma’nolarni ifodalashda. 2. So‘z sehrini namoyish qilishda. 3. Nutqni bezashda, ta’sirchanligini ta’minlashda. A) 1, 2 B) 1, 2, 3 C) 2, 3 D) 1, 3 245. Dominant so‘z so‘zning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra qaysi turida uchraydi? A) shakldosh so‘zlar B) ma’nodosh so‘zlar C) zid ma’noli so‘zlar D) paronimlar 246. Bayon etmoq, irod etmoq so‘zlari qaysi uslubga xos? A) yozma uslubga B) kitobiy uslubga C) rasmiy uslubga D) A va B 247. Baqirmoq so‘zi shivirlamoq, gapirmoq so‘ziga nisbatan qaysi xususiyatiga ko‘ra faqrlanadi? A) uslubiga ko‘ra B) ovozning baland-pastligiga qarab C) salbiy-ijobiy bo‘yoqdorligiga ko‘ra D) barchasi 248. Oq kun – baxt-u saodat, Qora kun – g‘am, musibat. Ushbu misralar so‘zning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra qaysi turidan tarkib topgan? A) shakldosh so‘zlar B) ma’nodosh so‘zlar C) zid ma’noli so‘zlar, ma’nodosh so‘zlar D) bir tovush bilan farq qiluvchi so‘zlar 249. Ilgari – hozir, tonggi – tungi, kecha – kunduz, avval – keyin kabi zid ma’noli so‘zlar qanday mazmunni ifoda etgan? A) xil-xususiyat B) o‘lchov-hajm C) makon-zamon D) payt 250. Yo‘g‘on – ingichka, katta – kichik, ozg‘in – semiz, baland – past kabi zid ma’noli so‘zlar qanday mazmunni ifoda etgan? A) xil-xususiyat B) o‘lchov-hajm C) makon-zamon D) payt 251. So’zlar necha xil yo‘l bilan eskiradi? A) 2 xil B) 3 xil C) 4 xil D) 6 xil 252. O‘zbek tili leksikasining ichki boyish yo‘llari nimalarga asoslanadi? 1. Shevalardan so‘z olish. 2. So‘z yasash imkoniyatlaridan foydalanish 3. Eskirgan so’zlarga yangi ma’no berib qabul qilish A) 1 B) 1, 2 C) 1, 2, 3 D) 2, 3 253. Qanday so‘zlar olinma so‘zlar deyiladi? A) boshqa tillarga o‘tgan so‘zlar B) boshqa tillardan olingan so‘zlar C) yangilik bo‘yog‘iga ega so‘zlar D) eskirgan so‘zlar 254. O‘zbek tilidan boshqa tillar leksikasiga o‘zlashgan so‘zlarga misollar keltiring. A) kurash, yonbosh, chala, halol B) birja, fermer, kollej, litsey C) usturlob, handasa, fiqh, jo‘g‘rofiya, riyoziyot D) qozi, jallod, mingboshi, yuzboshi 255. Tilimizning ma’lum davrida qo‘llanib, hozirgi kunda foydalanilmaydigan so‘zlar qanday ataladi? A) eskirgan so‘zlar B) atamalar C) tasviriy ifodalar D) shevaga oid so‘zlar 256. So‘zlar necha xil yo‘l bilan eskiradi? A) 2 xil B) 3 xil C) 4 xil D) 6 xil 257. So‘z o‘zi ifodalagan tushuncha bilan birga eskirsa qanday so‘z hisoblanadi? A) arxaik B) atama C) tasviriy ifoda D) tarixiy so‘z 258. Tarixiy so‘zlarga misol keltiring. A) usturlob, handasa, fiqh, jo‘g‘rofiya, riyoziyot B) qozi, jallod, mingboshi, yuzboshi C) birja, fermer, kollej, litsey D) A va B 259. Qanday so‘zlar arxaik so‘zlar deyiladi? A) so‘z o‘zi ifodalagan tushuncha bilan birga eskiradi B) so‘z eskirib, tushuncha saqlanadi va u boshqa so‘z bilan almashtiriladi C) yangilik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘zlar D) ma’lum hududda ishlatiladigan so‘zlar 260. Arxaik so‘zlarga misol keltiring. A) usturlob, handasa, fiqh, jo‘g‘rofiya, riyoziyot B) qozi, jallod, mingboshi, yuzboshi C) birja, fermer, kollej, litsey D) A va B 261. Ma’nosi, odatda, bir so‘zga teng keladigan so‘zlar qo‘shilmasi nima deyiladi? A) arxaik so‘zlar B) tasviriy ifodalar C) iboralar D) atamalar 262. Qaysi birliklarga bitta so‘roq beriladi va ular bitta gap bo‘lagi bo‘ladi? A) ibora va tasviriy ifoda B) ibora va so‘z birikmasi C) ibora va matal D) tasviriy ifoda va so‘z birikmasi 263. Nutqni ta’sirchan qilish uchun ishlatiladigan birliklar … 1. Ma’nodosh so‘zlar. 2. Iboralar. 3. Tasviriy ifodalar. A) 1, 2 B) 2, 3 C) faqat 1 D) 1, 2, 3 264. Bir tildagi so'zning ikkinchi tilda qanday so'zga teng kelishini ko'rsatuvchi lug'at... A) Morfem lug'at. B) Tarjima lug'at . C) Terminologik lug'at D) Chastotali lug'ati. 265. Biror narsa va hodisani boshqa narsa va hodisaga o‘xshatish orqali tasvirlab ifodalash qanday so‘zlarni vujudga keltiradi? A) arxaik so‘zlar B) tasviriy ifodalar C) iboralar D) atamalar 266. Qaysi qatorda sherga nisbatan tasviriy ifoda qo'llangan? A) O'rmon podshohi. B) Samo lochini. C) Kumush choyshab. D) Po‘lat ot. 267. Ma’lum bir fan yoki kasb-hunarga oid maxsus so‘zlar qanday ataladi? A) arxaik so‘zlar B) tasviriy ifodalar C) iboralar D) atamalar 268. Atamalar necha xil yo‘l bilan olinadi? A) 2 xil B) 3 xil C) 4 xil D) 6 xil 269. 1. Umumxalq tilidagi so‘zlarning ma’nosi maxsuslashtirib olinadi. 2. Boshqa tillardan olinadi. Ushbu ma’lumotlar qaysi birlikka tegishli? A) ibora B) tasviriy ifoda C) atamalar D) yangi so‘zlar 270. Ot, fe’l, hol, ildiz kabi atamalar qaysi yo‘l bilan olingan? A) umumxalq tilidagi so‘zlarning ma’nosi maxsuslashtirib olingan B) boshqa tildan olingan C) arxaik so‘zlarga yangi ma’no berib qabul qilingan D) B va C 271. Musbat, kasr, manfiy kabi atamalar qaysi yo‘l bilan olingan? A) ichki omil asosida hosil qilingan B) boshqa tildan olingan C) arxaik so‘zlarga yangi ma’no berib qabul qilingan D) B va C 272.Pushta, jiyak, o‘g‘it kabi so‘zlar atamaning qo‘llanishiga ko‘ra qaysi turiga kiradi? A) ilmiy atama B) kasbiy atama C) olinma atama D) arxaik atama 273. Bir tilning faqat ma’lum hududiga xos bo‘lib, boshqa joy-larda o‘zgacha nom bilan yuritiladigan so‘zlar qanday ataladi? A) arxaik so‘z B) tasviriy ifoda C) ibora D) shevaga oid so‘z 274. Do‘ppi so‘zining sheva variantlarini keltiring. A) takya B) qalpoq C) kallapo‘sh D) barchasi 275. Qarindja nima? A) yosh B) tuxum C) tom D) chumoli 276. Tuxum qipchoq shevalarida qanday ataladi? A) yumirta B) mayak C) tom D) mo‘rcha 277. Tuxum Xorazmda qanday ataladi? A) yumirta B) mayak C) tom D) mo‘rcha 278. Chumoli Samarqand, Buxoroda qanday ataladi? A) shoti B) inak C) tom D) mo‘rcha 279. Uchak nima? A) narvon B) sigir C) tom D) quyon 280. Sigir Buxoroda qanday ataladi? A) shoti B) inak C) tom D) mo‘rcha 281. Narvon Farg‘ona shevasida qanday ataladi? A) shoti B) inak C) tom D) mo‘rcha 282. So‘zlarni alifbo tartibida joylashtirishni, lug‘at va lug‘atshunoslikni o‘rganuvchi bo‘lim qanday nomlanadi? A) leksikologiya B) paremiologiya C) leksikografiya D) orfografiya 283. Tildagi barcha so‘zlarning qanday ma’nolarni bildirishini ko‘rsatadigan lug‘at qanday ataladi? A) imlo lug‘ati B) tarjima lug‘at C) izohli lug‘at D) qomusiy lug‘at 284. Bir tildagi so‘zning boshqa bir tildagi muqobilini ko‘rsatadigan lug‘at qanday ataladi? A) imlo lug‘ati B) tarjima lug‘at C) izohli lug‘at D) qomusiy lug‘at 285. So‘zlarning to‘g‘ri yozilishini ko‘rsatadigan lug‘at qanday ataladi? A) imlo lug‘ati B) tarjima lug‘at C) izohli lug‘at D) qomusiy lug‘at 286. «Huvnon» qanday birlik? A) atama B) arxaik so‘z C) tarixiy so‘z D) shevaga oid so‘z 287. «O‘rama» qanday birlik? A) atama B) arxaik so‘z C) tarixiy so‘z D) shevaga oid so‘z 288. Har xil so‘z turkumlari doirasida omonimlik hosil qiladigan so‘zlarni keltiring. A) tut, soz, qil, yoq, kuy, ot, kul, taxt, et, bor, tush B) tuman, davlat, sir, chang, mushak, karam, kadr, oy С) gumon, savlat, sir, chang, mushak, qaram, kadr, oy 289. Til old iunlilar berilgan javobni toping. A) a,e,i B) o,a B) o,a,u C) o,a,i 290.Ochiq bo‘g‘inidan birida faqat til undoshi berilgan so‘zni toping. A)bahona B)mamnun C)vafodor D)faqat 291. Yam-yashil so‘zida nechta unli va nechta undosh tovush bor? A) 3 ta unli, 5ta undosh B)3 ta unli, 3 ta undosh C) 5ta unli, 5ta undosh D) 4ta unli, 4ta undosh 292.Qaysi qatorda lab undoshlari berilgan? A) b,m B) j,k C) h,ng D) x,g 293.Lab undoshlari ishtirok etgan yasama so‘zni toping. A) ommabop B) savlat C) gulzor D) oshiq 294.Qaysi so‘z tarkibida portlovchi undosh mavjud? A) sababsiz B) suvsiz C) yuzsiz D) foizsiz 295.Qaysi jarangli undosh o‘z jarangsiz jufti bilan birga sirg‘aluvchi tovushlarga mansub bo‘ladi? A)z B) b B) d C) k 296. t va h tovushlari qaysi xususiyatlariga ko‘ra bir guruhga mansub bo‘ladi? A)jarangli va jarangsizligiga ko‘ra B)lab yoki til undoshlariga oidligiga ko‘ra C)portlovchi yoki sirg‘aluvchiligiga ko‘ra D)tilning qayerida paydo bo‘lishiga ko‘ra 297. f undoshi til undoshlarining qaysi turiga mansub? A) “f” lab undoshi B)til oldi undosh C)sayoz til oldi undoshi D)chuqur til orqa undoshi 298.Qaysi jarangli undoshlar sirg‘aluvchilarga mansub emas? A)b,n B)k,t C)v,z D)j,g‘ 299.Berilgan jarangli undoshlardan qaysilari sirg‘aluvchilarga mansub A)r,z B)k,q C)f,s D)j,b 300.Qaysi so‘z talaffuzida jarangsiz tovush o‘zidan keyingi jarangli tovushni o‘ziga moslashtiradi? A)ketdi B)zarur C)o‘qibdi D)maqsad 301.Jarangsiz undoshlar ishtirok etmagan yasama so‘zni toping. A)lolazor B)bejirim C)gulsiz D)yolg‘ondakam 302.Portlovchi undoshlar yonma-yon kelgan so‘zni toping. A)iqtisod B)nashriyot C)qing‘ir D)hamfikr 303.Qaysi yasama so‘z tarkibida sirg‘aluvchi tovush mavjud? A)ulg‘aymoq B)kechikmoq C)shoshilmoq D.changimoq 303. b va k tovushlari qaysi xususiyatlariga ko‘ra bir guruhga mansub bo‘ladi? A)portlovchi yoki sirg‘aluvchiligiga ko‘ra B)jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra C)lab yoki til undoshlariga oidligiga ko‘ra D)tilning qayerida paydo bo‘lishiga ko‘ra 304.Faqat jarangsiz undoshlar qatnashgan so‘zlar qatorini toping. A)taxta,soat,sukut,toqat B)daromad,jamoat,hushyor C)muhabbat,vafo,sadoqat D)tosh,shikoyat,kitob, mulk 305.Qaysi javobda tovush o‘zgarishlari yuz bergan? 1.ulug‘;2.taroq;3.tirnoq;4.bilak;5.yurak;6.buyrak A)2,3 B)2,3,5 C)2,3,4 D)1,2,4 306.Qaysi javobda ko‘chirish qoidasi to‘g‘ri ko‘rsatilmagan? A)mat-ba-a A)mu-do-faa C)si-ngil D)tran-sport 307.Yigirmata so‘zida urg‘u qaysi bo‘g‘inga qo‘yilgan? A)3ga B)1ga C)2ga D)4ga 308.ayir so‘ziga quyidagi qaysi qo‘shimchalar qo‘shilsa tovush tushishi vujudga keladi? 1.-ish;2.-il;3.-ma;4.-i;5.-im A)2,4,5 B)1,2,4,5 C)2,3,4,5 D)1,2,4 309.Rotalarni zudlik bilan o‘rnidan ko‘chirish haqida og‘zaki buyruq berildi. Berilgan gap tarkibidagi necha so‘zda tovush tushish ihodisasi mavjud? A)3so‘zda B)2so‘zda C)1so‘zda D)4so‘zda 310.Alisher parvarish qilayotgan qushlarni ko‘rgan bolalar, unga havas qilishdi. Ushbu gapdagi so‘zlar tarkibida qanday fonetik o‘zgarishlar vujudga kelgan? A)tovush orttirilishi B)tovush tushishi C)tovush almashishi D)tovush tushishi, orttirilishi va almashishi 311.Qaysi so‘z tarkibida portlovchi undosh mavjud? A)sadoqat B)Suvsiz C)Yuzsiz D)foizsiz 312.Alisher parvarish qilayotgan sayroqi qushlarni ko‘rgan bolalar, unga havas qilishdi. Ushbu gapdagi yasama so‘z(lar) tarkibida qanday fonetik o‘zgarishlar vujudga kelgan? A)tovush almashishi B)tovush tushishi C)tovush orttirilishi D)tovush almashishi va tushishi 313.Og‘zaki nutqda qaysi so‘z tarkibidagi portlovchi tovush ba’zan sirg‘aluvchi tovush tarzida talaffuz qilinadi? A)Taqsim B)Maktab C)Boribdi D)Xohish 314.Qaysi jumlada gap urg‘usi muzeyga so‘ziga tushgan? A)Dam olish kuni o‘qituvchimiz bizni muzeyga olib boradi. B)O‘qituvchimiz bizni muzeyga dam olish kuni olib boradi. C)Bizni dam olish kuni muzeyga o‘qituvchimiz olib boradi. D)Muzeyga bizni dam olish kuni o‘qituvchimiz olib boradi. 315. Malika opaning ikkala o‘g‘li shaharda o‘qib, ulg‘ayib yana bag‘riga qaytdi. Berilgan gap tarkibidagi necha so‘zda tovush tushishi hodisasi mavjud? A)4 so‘zda B)2 so‘zda C)3 so‘zda D)1 so‘zda 316.Malika opaning ikkala o‘g‘li shaharda o‘qib, ulg‘ayib yana bag‘riga qaytdi. Ushbu gapdagi so‘zlar tarkibida qanday fonetik o‘zgarishlar vujudga kelgan? A)tovush tushishi B)tovush almashishi C)tovush orttirilishi D)tovush tushishi va almashishi 317.Malika opaning ikkala o‘g‘li shaharda o‘qib, ulg‘ayib yana bag‘riga qaytdi. Ushbu gapdagi necha so‘zda egalik qo‘shimchasi qo‘shilish inatijasida fonetik o‘zgarish vujudga kelgan? A)2 so‘zda B)1 so‘zda C)3 so‘zda D)4 so‘zda 318. Qaysi so’z faqat jaranglilardan tashkil topgan? A) muallim B) kompyuter C) talaba D) ilmsiz 319.Quyida berilganlardan tarkibida ng harflar birikmasi ishtirok etgan so‘zlarni aniqlang. 1) dengiz; 2) singan; 3) kongress; 4) ko‘rdingiz; 5) tonggi; 6) osmonga. A) 1, 4, 5 B) 2, 3, 5, 6 С) 1, 4, 5,6 D) 1, 2, 3, 4, 6 320.Quyida berilganlardan tarkibida ng harflar birikmasi ishtirok etmagan so‘zlarni aniqlang. 1) sening; 2) donga; 3) shtanga; 4) qonguncha; 5) yengil; 6) ko‘ngach. A) 2, 3, 4, 6 В) 1, 3, 4, 5 C) 2, 3, 5, 6 D) 1, 2, 4, 6 321.Qaysi javobdagi barcha so‘zlar tarkibida til orqa burun undoshi qatnashgan? A) tongi, yengildi, dengiz B) jarang, singil, bugungi C) tong, shtanga, ko‘rdingiz D) so‘nggi, kongress, tungi 322 .Ko‘p tilni bilish bitta qulfni ocha oladigan bir nechta kalitga ega bo'lishdir. Ushbu gapdagi tarkibida jarangsiz lab undoshi qatnashgan so‘zlar qaysi turkumga oid? A) ravish, ot B) ravish, fe’l, ot C) fe’l, ot, olmosh D) ot, olmosh 323. Quyidagi qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga i unlisi yoziladi? 1) sov...q; 2) sup...rmoq; 3) muh...m; 4)qut...lmoq; 5) sur...shtirmoq; 6)tush...nmoq. A) 3,5 В)1,2,4,6 C) 2,3,6 D)1,3,5 324.Quyidagi qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga i unlisi yoziladi? 1) muq...m; 2) sup...rmoq; 3) tov...q; 4) bult...r; 5)tug‘...lmoq; 6) yut...q. A) 1,5 В)1,2,3,5 C) 1,3,5 D)1,2,4,6 325. Qaysi javobda berilgan so‘zlardagi nuqtalar o‘rniga bo‘g‘iz undoshi yoziladi? A) ...ushyor, ...ozirjavob B) ...iyla, ...ulosa C) sa...iy, i...tiro D) ...ayot, ...aridor 326. Qaysi gapda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilgan? A) Bugun yumushlarim ko‘payib ketdi, siz aytkan joyga bora olmadim. B) Onam qo‘y go‘shtini o‘z yog‘iga qovurib berdilar. C) Sap-sariq qovunlarning xushbo‘y hidi anqib turardi. D) O'g‘il bolalar ariqlarni tozaladilar, qizlar esa hovlini supurdilar. 327. Qaysi gapda imloviy xatolikka yo‘l qo'yilmagan? A) Bolalar atrofni to‘yib-to‘yib tomosha qilishdi. B) Shunda uchchala ayolning o‘g‘illari kelib qolishibdi. C) Vatan muqaddas tushincha sanaladi. D) Darxaqiqat, endi uning qo‘lidan osonlikcha qutulib bo‘lmaydi. 328. Quyidagi berilgan so‘zlardan qaysilari to‘g‘ri yozilgan? 1) chehra; 2) saxna; 3) xovuz; 4) tuhfa; 5)muxtoj; 6)suhbat. A) 1,4,6 В) 1, 2, 5 C) 1, 3, 6 D) 2,3,5 329. Quyidagi gapda imloviy jihatdan xato yozilgan so‘zlar soni nechta? G'azapdan o'zingni asra, chunki u tufayli inson ishlarini, ezgu maqsatlarini unutadi. A) 2 ta В) 1 ta C) 3 ta D) 4 ta 330. Quyida berilgan so‘zlardan nechtasi imloviy jihatdan xato yozilgan? hordiq, muxandis, xakam, ko‘hna, ahd, muxojir, halqum. A) 3 tasi B) 2 tasi C) 5 tasi D) 4 tasi 331. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan? A) taalluqli, navbat, tamom B) manfaat, tomom, badiy C) taasurot, tamon, badiiy D) taaluqli, tomon, baxr 332. Barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan javobni belgilang. A) monitoring, dialog, milliard B) notarius, mudofa, manitoring C) natarius, dealog, muovin D) mudofaa, milliard, hayol 333. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan? A) orkestr, muovin, pomidor B) kаkао, teatr, kosmanavt C) pamidor, drama, kokao C) movin, arkestr, dialog 334. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan? A) suiiste’mol, chopqi, milliard B) stadion, cholg‘u, suiste’mol C) ukrain, kulgi, tuyg‘i D) milliyard, tuyg‘u, ukrayin 335. Barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan javobni belgilang. A) qasd, deklaratsiya, nisholda B) esdalik, dekloratsiya, nisholla C) konstututsiya, maqsad, estalik D) konstitusiya, qast, maqsat 336. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar bo‘g‘inga to‘g‘ri ajratilgan? A) de-ngiz, jon-ga, kon-gress B) yen-gil-di, ber-din-giz, kon-gress C) tu-ngi, ya-ngi, si-ngli D) shtan-ga, ko‘r-di-ngiz, ton-gi 337. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar noto‘g‘ri yozilgan? A) gramatika, yovoyi, afsuz B) komissiya, minnaddor, karra C) grammatika, yovvoyi, taraqiyot D) minnatdor, komisiya, taraqqiyot 338. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar noto‘g‘ri yozilgan? A) maxsulot, musoboqa, hususiy B) toifa, maxsulot, musobaqa, C) jarroh, xususiy, jangovar D) toyifa, jarrox, tomosha 339. Barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan javobni belgilang. A) xasis, mahsulot, tomosha B) hasis, musoboqa, maxsulot C) toyifa, musobaqa, jarrox D) jarrox, jangovor, toifa 340. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan? A) iste’dod, bunyodkorlik, hujum B) mudofaa, jigarband, jaxolat C) jaxongashta, navo, mahliyo D) mehmondo‘st, ijotkor, rayhon 341. Qaysi javobdagi so‘zlar imloviy jihatdan xato yozilgan? A) tannarh, taxlil B) tahsil, tahsin C) tahqirlamoq, taxmin D) tahdid, tahlika 342.Qaysi javobdagi so‘zlar imloviy jihatdan xato yozilgan? A) tuxfa, tasbex B) timsoh, tuhmat C) tanbeh, tahmin D) rahnamo, rayhon 343.Qaysi gapda imloviy xato yozilgan so‘z qatnashgan? A) Ellik yil ezildik, taxqir etildik, qo‘limiz bog‘landi, huquqimizga tajovuzlar bo‘ldi. B) Bo‘stondagi atirgul va rayhonlar eng yoqimli gullardir. C) Kesim - hukmni ifodalovchi, gapning asosiy belgilarini ko‘rsatuvchi eng muhim bo‘lak. D) Dehqon jo‘xorini quritibdi, to‘qmoqlab, donini ajratib olibdi. 344.Quyida berilgan so‘zlardan qaysilari to‘g‘ri yozilgan? 1) xolvafurush, 2) hordiq, 3) xarom, 4) tuhfa, 5)muxtoj, 6)chehra. A) 2,4,6 B) 2,3,6 C) 1,2,5 D) 1,3,5 345.Quyida berilganlardan imloviy jihatdan xato yozilgan so‘zlarni aniqlang. 1) tele ko‘rsatuv; 2) taqiqlamoq; 3) hokandoz; 4)uydurma; 5)mas’ul; 6)hatti-harakat A) 1,3,4,6 B) 1,3,5,6 C) 2,3,5,6 D) 1,2,4,5 346. Qaysi javobdagi so‘zlarning barchasi imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? A) teleko‘rsatuv, magistratura, dissertatsiya B) kompressor, komissiya, manitoring C) kordinata, bakalavr, vakum D) kаkао, inkubator, fotoaparat 347.Qaysi javobdagi so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? 1) mukofot; 2) tayziq; 3) taxlit; 4) dafatan; 5)favqulodda; 6)har chog‘. A) 1,3,5,6 B) 2, 4, 5 C) 1, 4, 5, 6 D) 2,3,6 348.Qaysi so’z imloviy jihatdan to’gri yozilgan? A)”Turon odob-ilm” xususiy maktabi B)Turon odob-ilm xususiy maktabi C)”Ideal” O’quv Markazi D)Furqat Tuman Hokimligi 349. Qaysi qatorda –lik qo’shimchasi noto’g’ri berilgan? A) uylik-joylik B) bolalik C) savodlilik D)muhtojlik 350.Qaysi qatordagi qo’shma so’z ajratib yozilishi lozim? A) liqto’la B) jigarrang C) sofdil D) raqobatbardosh 351. Qaysi qatordagi so’zlar xato yozilgan? A) mavrud, husunbuzar, dupirlamoq B) irim-chirim, birpas, taqozo C) bir qadar, birmuncha, xatti-harakat D) sazoyi, shohbekat, hiqichoq 352.Qaysi so’zlarning o’zak-negizida tovush tushishi yuz bergan? 1.tuzum 2. yig’la 3. quvla 4. buyruq 5.kulgi 6.sanoq A) 2,4 B) 1,2,4,6 C) 1, 2, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6 353.Nuqtalar o’rniga x undoshi qo’yish lozim bo’lgan qatorni toping. A) ta..t, ...ulosa, sa..iy B) ru..., a...vol, sho... C) ...adya, a...oli, mu...r D) da...o, u..., so...ib. 354.Qaysi qatordagi so’zlar xato yozilgan? A) pir-pirak, hay-hayla, gij-gijla B) do’st-dushman, kecha-yu kunduz C) kuppa-kunduzi, bab-barobar D) uyma-uy, ko’chama-ko’cha 355. Xato yozilgan so’zlarni toping. A) jangovor, tushkin, fidoiy B) zing’irlamoq, parallelepiped C) militsiya, dardkash D) bo’shlik, bo’shliq, budjet 356.Qaysi so’zlar xato yozilgan? A) umirbod, istedod B) hoyhoylamoq, ravona C) qiymataxta, muzyorar D) zo’riqmoq, bir yoqlama 357. Davlat, o’lka, shaharlarning rasmiy nomlari bir necha so’zdan iborat bo’lsa, mazkur so’zlar qay tarzda yoziladi? A) bir-biridan ajratilib va bosh harf bilan B) bir-biriga qo’shib va bosh harf bilan C) bir-biridan ajratilib va birinchi so’zi bosh harf, qolganlari kichik harf bilan D) bir-biridan ajratilib va birinchi so’zi kichik harf, qolganlari bosh harf bilan 358. Qaysi so’zlarda imloviy xato mavjud? A) burushuq, uchuruq B) achchiqtosh, badxat C) darra, farah D) husnixat, ignabarg 359. Qaysi qatordagi so’zlarning yo birinchisi, yo ikkinchisi imlo qoidasiga ko’ra xato yozilgan? A) quvlamoq – quvalamoq B) sho’ng’imoq – sho’mg’imoq C) kaptar – kabutar D) barchasi to’g’ri yozilgan 360. Qaysi so’zlarda tutuq belgisi qo’yilishi lozim? A) Numon, shula B) taqiq, tarif C) saodat, alvon D) aerobus, taassuf 361. Qaysi birlik noto’g’ri yozilgan? A) Fanlar Akademiyasi B) Sog’liqni saqlash vazirligi C) Tilshunoslik instituti D) Fan va texnika davlat qo’mitasi 362. Qaysi so’z satrdan satrga noto’g’ri ko’chirilgan? A) diag-ramma B) silin-drik C) mai-shat D) mono-grafiya 363. Qaysi birikmalarda qo’shtirnoq ishlatiladi? A) Sino sovutgichi B) Jahon Tinchlik kengashi C) Bobur nomli bog’ D) Xotira kuni 364.Qaysi birikma qo’shib yoziladi? A) gul beor B) tarjimayi hol C) dardi bedavo D) och sariq 365. Qaysi takroriy so’zlarda chiziqcha qo’yilmaydi? A) uzundan - uzun B) hamma // hammasi C) uy // uyiga D) bitta // bittalab 366. Qaysi so’zda qo’sh undosh noto’g’ri qo’llangan? A) muntazzam B) tazarru C) munavvar D) hurriyat 367. Metateza hodisasi ro’y bergan so’zni toping. A) surpa (supra) B) kannay (karnay) C) intifoq (ittifoq) D) ketti (ketdi) 368. Qaysi tartib sonlarning yozilishida xatolik mavjud? A) 3, 7, 8-sinflar A) 5-“A” sinf C) 60-yillar D) XX asr 369. Qaysi fe’l qismlari fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan? 1. aytib ber 2.yiqila yozdi 3.bilarkan 4.ketgan emish 5.aytaver A) 3, 5 B) 1, 3, 4 C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5 370. Qaysi gapda planeta nomi kichik harf bilan yozilishi lozim? A) Biz shaharga Quyosh botganda kirib keldik. B) Yer Quyosh atrofida aylanadi. C) Galaktikamizdagi Oy Yerning tabiiy yo’ldoshidir. D) Barcha gaplarda bosh harf bilan yozilgani to’g’ri. 370. Qaysi yasama fe’l noto’g’ri yozilgan? A) shovilla B) lovulla C) gurulla D)tarsilla 371. Qaysi qo’shma so’z qo’shib yozilishi lozim? A) mol qo’ra, temir yo'l B) hamma vaqt, bira to'la C) bir to’da, bir oz D) osma ko'prik, hech bir 372. Qaysi qatordagi so’zlarning ikkinchisi imlo qoidalariga ko’ra xato yozilgan? A) sarob – sarof B) quvg’in – quvgin C) bo’shliq – bo’shlik D) qism – qisim 373. Qaysi so’zdagi nisbat qo’shimchasi noto’g’ri yozilgan? 1.quvdir 2.egdir 3. kuldir 4.yondir 5. o’tkazdir 6.tikdir 7.uyaltir A) 6 B) 2, 6, 7 C) 5,7 D) 2 374. Qismlari bir-birini izohlagan qo’shma so’zni toping. A) temir eshik, o’rta keng B) yozib oldi, e’lon qildi C) devsifat, ko’zoynak D) belbog’, oshqozon 375. 1995 - yilda qabul qilingan imlo qoidasiga ko’ra qaysi qatordagi so’zlar xato yozilgan? A) so’z boshi, tok qaychi B) lang ochiq, jiqqa ho’l C) to’q qizil, yildan yilga D)elektrarra, yarimavtomat 376.Qaysi yasama so’zlarning yasalishida imloviy xatolar mavjud? 1. o’qi+v=o’quv 2.qazi+v=qazuv 3. og’ri+q =og’ruq 4. qavi+q =qavuq 5.sovi+q =sovuq A) 3, 4 B) 3, 4,5 C) 4, 5 D) 1, 3, 4 376. Qaysi qo’shma so’zlar to’g’ri yozilgan? A) olmaqoqi, kelintushdi, urto’qmoq B) qush qo’nmas, ish yoqmas C) qirg’iy ko’z, achchiq tosh D) timqora, liqto’la, ochsariq 377. Qaysi qatordagi joy nomlari xato yozilgan? A) shimoliy Kavkaz, markaziy Qizilqum B) Misr Arab Respublikasi C) Amerika Qo’shma Shtatlari D) Shimoliy Muz okeani 378. Marosim, afsona kabilarni bildiruvchi qo’shma otlar qanday yoziladi? A) qo’shib yoziladi B) ba’zan qo’shib, ba’zan ajratib yoziladi C) ajratib yoziladi D) bunday so’zlar mavjud emas 379. Qaysi so’z imlo qoidasiga ko’ra noto’g’ri yozilgan? A) badqavoq B) badxo’r C) projektor D) gugurt 380. Tarkibli nomning qaysi biri to’g’ri yozilgan? A) O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi B) O’zbekiston Milliy Tiklanish demokratik partiyasi C) O’zbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi D)O’zbekiston Milliy Tiklanish Demokratik partiyasi 381. Qaysi qatordagi so’z morfologik yozuv qoidasi asosida yoziladi? A) ishga B) buloqqa C) elakka D) so’roqqa 382. Kilogramm so’ziga –mi yuklamasi qo’shilganda qaysi holat yuz beradi? A) kilogrammi? B) kilogrami? C) kilogrammmi? D) kilogramm-mi? 383.Qaysi so’zda tutuq belgisi bo’lishi lozim? A) ray B) taqiq C) talafot D) ayvon 384. Qaysi qatorda –lik qo’shimchasi to’g’ri qo’llangan? A) uychilik B) kuchlik C) ilmlik D) uylik-joylik 385. Qaysi so’zdagi qo’shimcha noto’g’ri yozilgan? A) ketti B) og’gan C) sog’ga D) kelmabdi 386. Ketma-ket kelgan bir xil undoshlarning biri tushirilganda so’z ma’nosi o’zgaradigan qatorni belgilang. A) darra, modda, taqqa B) issiq, achchiq, marra C) xullas, kurra, pilla D) millat, quvvat, jajji 387.Qaysi qatordagi so’zlarda tutuq belgisi tushirib qoldirilsa yangi so’z hosil bo’ladi? A) sur’at, she’r B) ma’no, ra’no C) shu’la, qit’a D) a’lo, jur’at 388. Qaysi qo’shma so’zlar qo’shib yozilishi lozim? A) barchasi qo’shib yoziladi B) gul ko’rpa C) bo’ta ko’z D) semiz o’t 389. Qaysi juftlikdagi har ikkala so’zdan biri noto’g’ri yozilgan? A) saf – sap B) qurt – qurut C) yog’du – yog’di D) xo’p – xo’b 390.Qaysi so’z noto’g’ri yozilgan? A) velosoped B) radiokarnay C) xatti-harakat D) taqozo 391. Qaysi juftlikdagi so’zlardan biri noto’g’ri yozilgan? A) aql – aqil B) arizachi – arzachi C) aqalli—aqlli D) xiyla - hiyla 392. Qaysi so’zda bo’g’iz undoshi to’g’ri qo’llangan? A) hayhotday B) hartum C) hirgoyi D) harj 393. Qaysi qatorda bo’g’inga xato ajratilgan so'z mavjud? A)monog-rafiya B) mang-lay C) pe-shayvon D) lan-gar 394.Qaysi so’zda imloviy xatolik mavjud? D) xabash B) boobro’ C) tadqiqot A) notaries 395.Imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan qo’shma so’zlar keltirilgan javobni toping. A) ertapishar, e’tiroz qilmoq, har doim B) havo rang, ommabop, ishyoqmas C) olib chiqdi, cho’zilib ketdi, shunday D) chala savod, tez oqar, tepalik 396.Berilgan so’zlardan nechtasi imloviy jihatdan noto’g’ri yozilgan? 1) hasad; 2) nataruis; 3) bug’doy rang; 4)tayziq; 5)talafot; 6) hasharot A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 2 ta 397.Qaysi javobda keltirilgan barcha so’zlar noto’g’ri yozilgan? A) ta’qiqlamoq, avf, taqib qildi B) xoxlamoq, inshoot, hasharot C) ssenariy, konstitusiya, hayit D) qat’iy, qadamjo, shovilladi 398.Qaysi gapda noto’g’ri yozilgan so’z ishtirok etgan? A) Umr o’tib borayapti. B) Boshliqlar bu mushkul muammoni yechishdi. C) Erkin yettiga yetdi. D) Tursun tomda tursin. 399.Qaysi javobda nom to’g’ri yozilgan? A) Osiyo Taraqqiyot Banki B) “Osiyo” taraqqiyot banki C) Osiyo “Taraqqiyot” banki D) Osiyo taraqqiyot banki 400.Qaysi so‘zlarda qo‘sh unli xato qo‘llanilgan? A)taaqib, tajoovuz B)shuursiz, taajjub C)taassuf, inshoot D)taalluqli, vakuum Download 51.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling