Ona tili (majburiy)
Download 223.83 Kb. Pdf ko'rish
|
Majburiy fanlardan test
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qish qahriga egmay bo`yin, Isyon qilar boychecha. Berilgan misrada ma`no ko`chishning qaysi turi qo`llangan A) metonimiya
ONA TILI (MAJBURIY) 1. Orttirma nisbat qo`shimchalarini aniqlang. A) –t, -tir, -iz, -ar B) –kaz, -qaz, -sh, -ish C) –n, -tir, -dir, -sat D) –sat, -giz, -l, -ir 2. Mahallada oyoqlar tentirab qoldi, Qovjirab dilda ishqim armoni qoldi. She`riy parchada ostiga chizilgan so`z qanday gap bo`lagi bo`lib kelgan? A) hol B) ega C) to`ldiruvchi D) ot kesim 3. Qaysi gapda paronim qo`llash bilan bog`liq xatolik uchraydi? A) Hunarni asrabon netkumdur oxir, Olib tuproqqami ketkumdur oxir. B) Quyoshlig` istasang, kasbi kamol et, Kamol kasb etarsen, bemalol et. C) Haq yo`linda kim senga bir harf o`qutmish ranj ila, Aylamak bo`lmas ado oning haqin yuz ganj ila. D) Har kishikim, birovga qozg`ay chog`, Tushgay ul chog` aro o`zi nogoh 4. Qish qahriga egmay bo`yin, Isyon qilar boychecha. Berilgan misrada ma`no ko`chishning qaysi turi qo`llangan? A) metonimiya B) metafora C) vazifa D) sinekdoxa 5. Otli birikmani toping. A) o`quvchilarning beshtasi B) tez yugurgan C) zavq bilan o`qimoq D) daftarga yozmoq 6. Berilgan so’zlarning qaysi birida faqat til oldi, sirg’aluvchi undoshlar ishtirok etgan? 1) muvozanat; 2) larza; 3) faylasuf; 4) shoira; 5) shovul; 6) salla. A) 3,4,5,6 B) 2, 4, 6 C) 1,2, 6 D) 2,3,4 7. Qaysi qatordagi gapda imloviy xatolik uchraydi? A) Yana mening uyqumga iblis qildi rashk, B) Go`yo janjal… Balki bu sipoh qilgan mashq! C) Tushlar ko`rdim qayg`uli, g`amgin jongudoz. D) Haftalar mobaynida mizg`idim bir oz. 8. Dengiz ortin yoritdi ilk bor Beruniyning aql mash`ali. (A. Oripov) Ushbu misralarda qaysi kelishik shakli qo`llangan? A) tushum va jo`nalish kelishigi B) jo`nalish va qaratqich kelishigi C) faqat qaratqich kelishigi D) tushum va qaratqich kelishigi 9. Hoy, Adolat, o`zizzi ja bilimdon sanavorasizki… Nima, Qo`ldoshxo`ja? Yomon bo`lsin, deptimi? Ushbu gap qaysi nutq uslubiga kiradi? A) badiiy uslub B) publitsistik uslub C) so`zlashuv uslubi D) ilmiy uslub 10. Qaysi javobda iboraga misol berilmagan? A) dili siyoh B) oq oltin C) bosh ko`tarmoq D) jo`jani kuzda sanamoq Download 223.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling