Ona tili fanidan seminar topshirig’i. Amaliy topshiriqlar: Eslatma


Download 204.36 Kb.
Pdf ko'rish
Sana11.05.2023
Hajmi204.36 Kb.
#1451985
Bog'liq
Ona tilida Seminar topshirigi (1)



Ona tili fanidan seminar topshirig’i. 
Amaliy topshiriqlar: 
Eslatma: Hurmatli talabalar, sizlarga berilgan Seminar mashg’ulot 
mavzulariga oid ushbu topshiriqlarni daftarga qo’lyozma ko’rinishida qo’shimcha 
adabiyotlardan foydalanib, har biringiz alohida (ko’chirmakashlikka yo’l 
qo’ymasdan) javob yozishingiz va PDF (formatda) ko’rinishida jo’natishingiz 
shart! Daftarning har bir sahifasida ism va familiyangiz bo’lsin!
Maksimal baho: 100 ball 
Ko’chirib jo’natilgan topshiriq javoblariga baho qo‘yilmaydi.
(Seminar topshiriqlarni alohida daftarga yozing.) 
Savollar: 
Til lug’at fondi va asosiy lug’at fondi haqida. 
Asosiy lug’at fondi birliklarini guruhlash. 
Leksemaning integral-differensial belgilari. 
Denotativ va konnotativ semalar qiyosi. 
So’z ma’no ko’chishi usullari. 
Omonimlar (shakldoshlar) deganda nimani tushunasiz?
Omonimlarning qanday turlari bor?
Leksik omonimlar (shakldosh so‘zlar)ning nutqda qanday ahamiyati bor?
Lug‘aviy sinonimlar nima?
Sinonimlar qatorida qanday so‘z dominanta bo‘ladi?
Paronimlar deganda nimani tushunasiz? 
Antonimlar nima? 
O’zbek tilining o’z qatlami tasnifi. 
O’zlashma qatlamning asosiy guruhlari. 
O’zlashma va qo’llanma so’zlar haqida. 
Topshiriqlar: 
1-topshiriq. Тilshunos olim A. Hojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining
izohli lug‘ati»dan misollar o‘qing. Xotirangizda nechtasini eslab qoldingiz. Uni
daftaringizga ko‘chirib yozing.



2-topshiriq. Quyidagi so‘zlarning sinonimlarini topib, ular ishtirokida
gaplar tuzib yozing.
Ozod, rost, soqchi, mashaqqat, g‘amgin, tanti, ittifoq, ayovsiz, asil, 
va’dalashmoq, vaqt, dang‘illama, yorug‘, istamoq, ixlosmand.
3-topshiriq. Quyidagi ustunchalarni davom ettiring.
Sifat sinonimlar Fe’l sinonimlar
Gavdali, jussali, Gangimoq, dovdiramoq,
barvasta, norg‘ul, esankiramoq, kalovlanmoq,
barzangi talmovsiramoq
4-topshiriq. Alisher Navoiy shohbaytlarida ilgari surilgan g‘oya haqida 
bahslashing. Qavs ichida berilgan paronim so‘zlardan mosini qo‘yib ko‘chiring va 
ularga izoh bering.
1. Hunarni asrabon netkumdur (oxir, axir, oxur), Olib tufroqqamu ketkumdur
(oxir, axir, oxur). 2. Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qutmish ranj ila, Aylamak 
bo‘lmas ado oning haqin yuz (ganch, ganj) ila. 3. Quyoshlig‘ istasang, kasbi kamol 
et, Kamol (kosib, kasb) etarsen, bemalol et. 4. Har kishikim, birovga qozg‘ay (chog‘, 
choh), Tushgay ul (chog‘, choh) aro o‘zi nogoh.
5-topshiriq. S. Zunnunova asarlaridan olingan gaplarga e’tibor qiling, ularda 
qo‘llangan shakldosh so‘zlarni topib, izohlang.
1. Quyosh chiqdi, gul yaprog‘iga Tunda qo‘ngan shabnam aridi. Qon yugurdi 
ol yonog‘iga, Bargi g‘ubor – changdan aridi. 2. Bolangga ham, uyingga ham qara, 
ham ishla, ham dam ol... 3. Dilda takrorlab otin, tilab umr-u davlatin, Soyasi bo‘lib 
tag‘in Saida zor o‘tdimi? 4. Shirmonxon jilovi bo‘sh bo‘lishiga qaramay, hamon 
o‘rnida qimirlamay turgan otga chaqqonlik bilan mindi-da, jadal qamchi bosdi. 5. 
Shirmonxon ixtiyoriga bo‘ysunmay oqayotgan ko‘z yoshlarini dastro‘moliga artar 
ekan, yana xatga termildi. 6. Yosh bo‘lib, yoshligimni bilmadim. 7. Mana bu 
bolalarga tut qoqib bering. 8. Bo‘ldi, o‘zingni tut.
6-topshiriq. Shakldosh va paronim so‘zlarni toping. Siz ham xuddi shunday 5 ta 
gap topib yozing. 


1. O‘zing bilasan, lekin sen ko‘zingni och. Qorni och odam bir osham oshga 
qanoat qilarmikin? (Tohir Malik) 2. O‘sha yili mart kunlarining birida qor aralash 
yomg‘ir urib berdi. Qop-qora, sochi va mo‘ylovi op-poq, barvasta kishi engashib 
Anvarning yelkasiga qoqdi: – Mard bo‘l, o‘g‘lim, mard bo‘l! (Abdulla Qahhor) 3. 
Tushimda dadam chiqib o‘tirgan baland cho‘qqi daryoga quladi. Dadamiz baland 
cho‘qqiga chiqqan inson edilar. Suv – yorug‘lik. Dadangiz tushlik qilgani kelganlar. 
Endi ishga ketadilar. Keyin dars tayyorlaysiz. (Mir aziz A’zam) 4. Keldingmi, kir, 
ostonada Cho‘chib turma. Bor ekan-da peshonada, Cho‘loq turna. (Muhammad 
Yusuf) 5. Ichingga kir to‘lmasin, Dil yaprog‘ing so‘lmasin.
(Siddiq Mo‘min)

Download 204.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling