1. Ichagi kloakaga ochiladigan hayvonlar to'g'ri berilgan javobni aniqlang
Download 176.15 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5289696878693192588
TRENAJOR 6-TEST 1. Ichagi kloakaga ochiladigan hayvonlar to'g'ri berilgan javobni aniqlang. A) kapachi qushi, ayiq B) qunduz, suvsar C) los, kvaksha D) qanotsiz kivi, povituxa qurbaqasi 2. Zuhrasochning gametofiti ... (a), funariyaning sporofiti ... (b), sershox qirqbo'g'imning sporofiti ... (c). Nuqtalar o'rnini to'g'ri ma'lumotlar bilan to'ldiring. 1) ildizpoyaga ega; 2) barglari patsimon qirqilgan; 3) sporalardan rivojlanadi; 4) poya-bargli o'simlik; 5) arxegoniy hosil qiladi; 6) sporali ko'sakchaga ega; 7) zigotadan rivojlanadi; 8) spermatozoidlar hosil qiladi; 9) zigota hosil qiladi; 10) spora hosil qiladi. A) a - 3, 8; b - 6, 7; с - 4, 10 B) a - 1, 2; b - 7, 9; с - 7, 10 C) a - 5, 9; b - 4, 10; с - 1, 3 D) a - 3, 5; b - 6, 9; с - 8, 10 3. Qaysi organizmlarda kichik qon aylanish doirasi bo'ylab qon yurak qorinchasidan o'pka arteriyalari orqali o'pka va teriga keladi? A) gavial, alligator B) oq laylak, churrak C) suvilon, chipor ilon D) qurbaqa, kvaksha baqasi 4. Yopiq urug'li o'simlik (a), ochiq urug'li o'simlik (b), sporali o'simlik (c) larni aniqlang. 1) zarpechak; 2) rovoch; 3) raffleziya; 4) baliqko'z; 5) saur; 6) funariya. A) a - 1, 5; b - 4; с – 6 B) a - 2, 4; b - 5; с - 3 C) a - 1, 3; b - 2; с – 6 D) a - 1, 4; b - 5; с - 6 5. Gepard bilan bir tip (1), sinf (2), turkum (3), oila (4) ga mansub hayvonlarni aniqlang. A) 1 - qirg'iy; 2 - tapir; 3 - tyulen; 4 - norka B) 1 - sterlyad; 2 - yumronqoziq; 3 - latcha; 4 - ilvirs C) 1 - iguana; 2 - yexidna; 3 - nutriya; 4 - suvsar D) 1 - beluga; 2 - tyulen; 3 - ayiq; 4 – suvsar 6.Jigar qurti hayot siklini qaysi bosqichlari gidrosfera qobig’ida sodir bo’ladi? A) 1,2,3,4 B) 2,4,6,7 C) 1,3,5,8 D) 2,4,6,8 7. Lososning qon aylanish sistemasiga xos bo'lgan to'g'ri ma'lumot keltirilgan javobni aniqlang. A) qorin aortasidan qon yurak bo'lmachasiga quyiladi B) qon yurak qorinchasidan qorin aortasiga o'tadi C) qorin aorta qon tomiridan arterial qon orqa aortaga o'tadi D) qorin aorta qon tomiri yurak bo'lmachasiga qon olib boradi 8. Gulkosachabarglari qo'shilmagan (a) va qo'shilgan (b) o'simliklarni aniqlang. 1) qovun; 2) sholg'om; 3) o'sma; 4) garmdori; 5) jag'-jag'; 6) qashqarbeda; 7) rediska. A) a - 1, 7; b - 3, 5 B) a - 4, 7; b - 2, 3 C) a - 2, 5; b - 4, 6 D) a - 1, 5; b - 6, 7 9. Qora ilon (a), qoraqurt (b), qorayaloq (c) mansub sinflarni aniqlang. A) a-sudralib yuruvchilar; b-hasharotlar; с-sutemizuvchilar B) a - tangachalilar; b - hasharotlar; с - qushlar C) a-sudralib yuruvchilar; b - o'rgimchaksimonlar; с -qushlar D) a - sudralib yuruvchilar; b - o'rgimchaklar; с - qushlar 10. Burun teshigi hid sezuvchi hujayralarga ega bo'lgan xaltachalarga ochiladigan organizmlar to'g'ri keltirilgan javobni aniqlang. A) keta baliq, qora baliq B) nandu, emu C) ildam kaltakesak, o'rdak D) silovsin, churrak 11. Dala qirqbo'g'imi (a) va suv qirqqulog'I (b) ning gametalari yetiladigan organlarni aniqlang. A) a - arxegoniy; b - arxegoniy B) a - anteridiy; b - sporangiy C) a - sporangiy; b - sporangiy D) a - sporangiy; b - arxegoniy 12 Tuxumdan chiqqan jo'jalarining ko'zi yumuq, quloq teshigi yopiq bo'ladigan qushlarni aniqlang. A) qirg'ovul, bedana B) tovuq, qirg'ovul C) burgut, bedana D) kaptar, qaldirg'och 13. Magnoliyasimon, mevasi bir nechta mevabarglardan tashkil topgan o'simliklarni aniqlang. A) chuchmoma, mosh B) greyg lolasi, yeryong'oq C) bangidevona, qizil lola D) g'o'za, mingdevona 14. Quyida benlganlardan umurtqali organizmlarning qaysi turkumga mansubligini aniqlang. a) karkidon; b) latcha; c) nutriya; d) yaydoqchi; e) begemot. A) a - toq tuyoqlilar; b,с -kemiruvchilar; d pardaqanotlilar; e - juft tuyoqlilar B) a - toq tuyoqlilar; b - suvsarsimonlar; с - kemiruvchilar; d - pardaqanotlilar C) a, e - toq tuyoqlilar; b - yirtqichlar; с - kemiruvchilar D) a - toq tuyoqlilar; b - yirtqichlar; с - kemiruvchilar; e - juft tuyoqlilar 15. Nafas olishi jabra orqali amalga oshadigan umurtqasiz organizmlar berilgan javobni aniqlang. A) daryo qisqichbaqasi, qurbaqa lichinkasi B) dreysena, daryo qisqichbaqasi C) biy, beluga D) bakra, forel 16. Tuban o'simliklarni aniqlang. 1) nemalion; 2) suv qirqqulog'i; 3) funariya; 4) partenotsissus; 5) terakbargli liftok; 6) dala qirqbo'g'imi; 7) ulva. A) 1, 7 В) 1, 4 C) 2, 6 D) 3, 5 17.Rasmda ko’rsatilgan hayvon uchun xos bo’lmagan ma’lumotni aniqlang? A)bo’yin beziga ega B)barchasida tuxumdon mavjud C)nerv sistemasi stvolsimon D)birinchi bo’lib vakillarida tana bo’shlig’I paydo bo’lgan 18. Nuqtalar o'rniga mos javobni tanlang. Chigirtkaning .... A) qanotlari taxlanmasdan tanasi ikki yonida yoyilib turadi B) birinchi juft qanotlari oldingi qismi qalinlashgan, keyingi qismi yupqa va shaffof bo'ladi C) ustki qanotlari ko'krakning birinchi bo'g'imidan chiqadi, ostki qanotlari nozik va pardasimon bo'ladi D) oldingi qanoti uzun, ensiz, orqa qanotlari yelpig'ichga o'xshaydi 19. Kislorod bilan to'yingan qon uch juft teshiklar orqali yurak bo'shlig'iga o'tadigan organizmlarni aniqlang. A) to'shak qandalasi, butli o'rgimchak B) termit, dafniya C) falanga, kamchatka krabi D) suvarak, falanga 20. Yeryong'oq o'simligi tuzilishiga mos keladigan mantiqiy tushunchalarni aniqlang. A) oddiy barg, o't poya, murakkab gulqo'rg'on B) murakkab barg, gul, o'tkazuvchi nay C) urug'chi, dukkak meva, oddiy gulqo'rg'on D) murakkab barg, qo'zoq meva, yog'och poya 21. Quyida keltirilgan qon aylanish sistemasi organlari qaysi organizmlar uchun xos? a) ikki bo'lmali yurak; b) uch bo'lmali yurak; c) oltita teshikchali yurak; 1) bedapoya shillig'i; 2) krab; 3) sariq ilon; 4) bitiniya; 5) salamandra; 6) daryo qisqichbaqasi; 7) alligator. A) a - 1, 7; b - 3, 4; с - 2, 5 B) a - 1, 4; b - 3, 5; с - 2, 6 C) a - 1; b - 3; с - 4, 6 D) a - 3, 4; b - 5; с - 2, 6 22. Murakkab gulqo'rg'onga ega, quruq mevali o'simliklarni aniqlang. A) mosh, bug'doy B) loviya, burchoq C) turp, olxo'ri D) mingdevona, boychechak 23. Bir yillik o't o'simliklar berilgan qatorni aniqlang. A) jag'-jag', qora ituzum, ulva B) yeryong'oq, suv qirqquloq, qo'ytikan C) baqlajon, garmdori, nitella D) rayhon, zubturum, kungaboqar 24. Quyida berilgan sistematik birliklarga mansub o'simliklarni aniqlang. 1) ikki urug'pallalilar sinfi; 2) ochiq urug'lilar bo'limi; 3) yashil suvo'tlar bo'limi; 4) sho'radoshlar oilasi. A) 1 - baobab; 2 - oddiy qarag'ay; 3 - ulva; 4 - itsigak. B) 1 - astragal; 2 - qarag'ay; 3 - laminariya; 4 - saksovul. C) 1 - kanop; 2 - pixta; 3 - nemalion; 4 - tobulg'i. D) 1 - bo'ritaroq; 2 - baobab; 3 - ulotriks; 4 - ismaloq. 25. Quyidagi organizmlarga xos bo'lgan tushunchalar to'g'ri ko'rsatilgan javobni belgilang. а) funariya; b) sershox qirqbo'g'im; c) qora qarag'ay; d) qayrag'och; e) zuhrasoch; 1) poya-bargli gametofit; 2) poya; 3) poya-bargli sporofit; 4) ildiz tizimi; 5) urug'kurtak; 6) arxegoniy; 7) murtak xalta; 8) chang donasi; 9) sorus; 10) sporofill. A) a - 1; b - 3; с - 8; d - 7; e - 6 B) a - 2; b - 1; с - 8; d - 7; e - 5 C) a - 3; b - 4; с - 8; d - 6; e - 9 D) a - 6; b - 10; с - 7; d - 5; e - 1 26. Issiqqonli organizmlar berilgan javobni aniqlang. A) silovsin, gavial, kenguru B) ukki, koala, aureliya C) musicha, zog'cha, ko'rshapalak D) chittak, qilquyruq, to'ti 27. Shuvoq (a), sho'rak (b), chayir ajriq (c) qaysi oila vakillari hisoblanadi? A) a - qoqio'tdosh; b - karamdosh; с - bug'doydosh B) a - qoqio'tdosh; b - sho'radosh; с - burchoqdosh C) a - qoqio'tdosh; b - sho'radosh; с - bug'doydosh D) a - qovoqdosh; b - sho'radosh; с - bug'doydosh 28. Nuqtalar o'rniga mos javobni tanlang. Siklop soxta kurakburun singari .... A) skeleti suyakdan iborat B) nerv sistemasi bosh va orqa miyadan iborat C) jabra orqali nafas oladi D) qon aylanish sistemasi yopiq 29. Floemaning (1) va ksilemaning (2) mexanik to'qima tuzilmalarini aniqlang. A) 1- yog'ochlik tolalari; 2 - o'tkazuvchi nay B) 1 - elaksimon naylar; 2 - traxeidlar C) 1 - lub tolalari; 2 - yog'ochlik tolalari D) 1 - lub tolalari; 2 - traxeidlar 30. Quyida keltirilgan organlar qaysi organizmlar uchun xos? a) tasmaga o'xshash yagona buyrak; b) jig'ildon; c) bir juft yashil bezlar va naychalar. 1) chuchuk suv shillig'i; 2) krevetka; 3) yomg'ir chuvalchangi; 4) bitiniya; 5) kaptar. A) a - 2; b - 3, 5; с – 4 B) a - 1, 4; b - 3, 5; с - 2 C) a - 1, 4; b - 2; с - 3, 5 D) a - 1, 2; b - 3; с - 5 31. Jigar qurti (a), bolalar gijjasi (b), aureliya (c) ga xos bo'lgan xususiyatlarni belgilang. 1) gastrulyatsiya jarayoni hujayralar migratsiyasi yo'li orqali amalga oshadi; 2) germafrodit organizm; 3) tirik lichinkalar tug'ib ko'payadi; 4) urg'ochisining jinsiy organi ikkita tuxumdondan iborat; 5) so'rg'ichlari yordamida jigarning o't yo'llari devoriga yopishib oladi; 6) nerv hujayralari nerv to'rini hosil qiladi; 7) gavdasi tashqi tomondan pishiq va qalin po'st - kutikula bilan qoplangan. A) a - 4, 5; b - 2, 6; с – 5 B) a - 3, 5; b - 2; с - 1 C) a - 2; b - 5; с - 6, 7 D) a - 5; b - 4, 7; с - 1 32. Mexanik (1), o'tkazuvchi (2), asosiy (3), qoplovchi (4) to'qima hujayralanni aniqlang. A) 1-traxeid; 2-o'tkazuvchi nay; 3-parenxima; 4-epiderma B) 1-kollenxima; 2-traxeid; 3 - xlorenxima; 4 - periderma C) 1-sklereid; 2 - elaksimon nay; 3-xlorenxima; 4-traxeid D) 1-lub tolasi; 2 - sklerenxima; 3–parenxima; 4-po'kak 33.Rasmda oq planariyani qaysi organi tasvirlangan? A)urug’don B)tuxumdon C)gangliy D)protonefridiy 34. Yuragi ikki kamerali ochiq qon aylanish sistemasiga ega hayvonlarni aniqlang. A) tok shillig'i, bitiniya B) chuchuk suv shillig'i, laqqa baliq C) midiya, dengiz tulkisi D) zog'ora baliq, akula 35. Quyida berilganlardan faqat jag'-jag’ uchun xos (a), faqat bug'doy uchun xos (b) hamda ular uchun uniumiy bo'lgan (c) xususiyatlarni aniqlang. 1) mevasi bir urug'li quruq meva,; 2) gullari oddiy shingil to'pgulda joylashgan; 3) gullari murakkab boshoqda joylashgan; 4) magnoliya toifa bo'limiga mansub; 5) mevasi ko'p urug'li quruq meva; 6) tuxum hujayra murtak xaltada yetiladi. A) a - 3; b - 3; с - 6 B) a - 2; b - 1, 3; с - 4, 6 C) a - 2; b - 3, 4; с - 5 D) a - 3; b - 2; с - 4, 6 36. Bir turkumga mansub baliqlar keltirilgan javobni aniqlang. A) sterlyad, beluga B) bakra, mo'ylov baliq C) bukri baliq, xumbosh baliq D) keta baliq, qora baliq 37. Termit oilasi haqidagi to'g'ri ma'lumotni aniqlang. A) ishchilari voyaga yetmagan erkaklaridir B) oilasida bitta urg'ochi va erkak termitlar hamda bir necha milliongacha ishchilar, qo'riqchilar bor C) ona, erkak va ishchilarning jag'lari kuchli rivojlangan D) voyaga yetmagan erkaklari in qurish va oilani boqish vazifasini bajaradi 38. Nuqtalar o'rniga mos javobni tanlang. Krevetka apollondan farq qilib .... A) xitin po'sti organlar uchun tashqi skelet vazifasini bajaradi B) qon aylanish sistemasi ochiq C) qorin nerv zanjiriga ega D) jabra orqali nafas oladi 39. Oshqozoni va yuragi to'rt bo'lmali hayvon zotlarni aniqlang. A) Qizil Dasht, Bushuyev B) Yaroslavl, Tarpan C) Kostroma, Orlov y'org'asi D) Simmental, Qorabayir 40.Gidrada kuzatiladigan bu jarayon qaysi faslda sodir bo’ladi? A)kuz B)yoz C)qish D)bahor E’TIBORINGIZ VA IXLOSINGIZ UCHUN MINNATDORMAN. SIZ XOXLAGAN NATIJALARGA ERISHISHINGIZ UCHUN KO’MAKCHINGIZ BO’LSIN. HURMAT ILA Bekzod Shokirovich Download 176.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling