Sudralib yuruvchilar sinfi sistematikasi
Download 18.62 Kb.
|
Sudralib yuruvchilar sinfi sistematikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Tangachalilar (Squamata) turkumiga
- 1. Kaltakesaklar (Lacertilia) kenja turkumi
Sudralib yuruvchilar sinfi sistematikasi Sudralib yuruvchilar sinfiga 8 mingga yaqin tur kiradi va ular to`rtta turkumga bo`linadi. O’zbekistonda sudralib yuruvchilarning 58 ta turi uchraydi (35-rasm). 1. Xartumboshlilar (Rhynchocephalia) turkumi o`z ichiga eng qadimgi sudralib yuruvchilarning shu kunga qadar yashab kelgan yagona turi gatteriyani oladi. Gatteriya katta kaltakesakka o`xshaydi va bo`yi 75 sm gacha yetadi. Gavdasining ustida uchburchak shaklidagi shox plastinkalari qator bo`lib joylashgan. Umurtqalarining orasida xorda saqlanadi. Tepa ko`zi yaxshi rivojlangan. Nog`ora bo`shlig`i va nog`ora pardasi yo`q. Kopulyativ organi bo`lmaydi, bu esa sudralib yuruvchilar ichida yagona hol hisoblanadi. Gatteriya yer yuzida faqat Yangi Zelandiya va unga yaqin orollarda tarqalgan. Kam harakatchan, asosan kechasi hayot kechiradi. Albatros va boshqa ko`plab okean qushlari bilan birga yer kovaklarida yashaydi. Hasharot va chuvalchanglar bilan oziqlanadi. 8-12 ta tuxumi 12 oy davomida rivojlanadi. Bolalari 20 yilda jinsiy yetiladi. 2. Tangachalilar (Squamata) turkumiga hozirgi sudralib yuruvchilarning eng ko`p turlari kiradi. Bularning gavdasi har xil tangacha bilan qoplangan. Kvadrat suyagi miya qutisi skeleti bilan harakatchan qo`shiladi. Tuxumlarida oqsil bo`lmaydi va ular pergamentsimon parda bilan qoplangan. Tangachalilar turkumi o’z navbatida uchta kenja turkumga bo`linadi (34-rasm). 1. Kaltakesaklar (Lacertilia) kenja turkumi vakillarining tashqi ko`rinishi xilma-xil. Ko`pchiligining oyoqlari bo`lsa-da, oyoqsizlari ham uchrab turadi. Lekin oyoqsiz kaltakesaklarda ilonlardagiga qarshi o`laroq, to`sh suyagi, oyoq kamari, harakatchan ko`z qovoqlari va nog`ora pardasi bo`ladi. Kaltakesaklarning 2500-3000 dan ortiq turi bor. Kaltakesaklarning ko`pchiligi MDH ning janubiy hududlarida yashasa, tiriktug`ar kaltakesak bilan tez kaltakesak o`rta va shimoliy mintaqalarda tarqalgan. Markaziy Osiyo cho`llarida har xil to`garakboshlar, kechasi faol hayot kechiradigan gekkonlar, kulrang echkiemar, agama va boshqalar yashaydi. Kaltakesaklarga yana uchar ajdarlar, iguanalar, urchuqsimonlar, zahartishlilar, ssinklar oilalari vakillari ham kiradi. Download 18.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling