Reptiliyalarning sistematikasi Reja: lepidozavrlar kenja sinfi Arxozavrlar kenja sinfi Anapsidalar kenja sinfi
Download 0.61 Mb.
|
zologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Fargʻona davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yoʼnalishi 21.52-guruh talabasi Boqijonova Muxtasarxonning Zoologiya fanidan tayyorlagan Slaydi. Reptiliyalarning sistematikasi Reja: 1 Lepidozavrlar kenja sinfi 2 Arxozavrlar kenja sinfi 3 Anapsidalar kenja sinfiBu turkumning yagona turi — gatteriya (Sphenodon punctatus) hozirgi vaqtda yashayotgan eng qadimgi sudralib yuruvchilardan hisoblanadi (105-rasm). Gatteriya tashqi ko‘rinishidan yirik kaltakesakka o'xshaydi,lekin tuzilishining ayrim xususiyatlari bu turning primitiv ekanligidan dalolat beradi. Gatteriya faqat Yangi Zelandiyada tarqalgan. Rangi qizgMshko'kimtir tusda.Uzunligi 50 sm dan 75 sm gacha boradi. Gavdasining usti mayda donador muguz tangachalar bilan qoplangan. Orqa va qorin qismidagi tangachalari nisbatan yirik plastinkalar shaklida boMadi. Gatteriyaning umurtqasi xuddi baliq va tuban amfibiyalargao'xshash amfitsel tipda bo'lib umurtqa tanalarining orasida xorda bir umrga saqlanib qoladi. Qorin tomonining terisi ostida qoplag'ich suyaklardan iborat yupqa suyakchalar qator bo'lib o'rnashgan, qorin qovurg'alari deb ataladi, ya’ni qovurg'alarning yelka bo'limida orqaga qaragankalta ilmoqsimon o'simtasi bor. Bunday suyakchalar, ya’ni o'simtalar qadimgi sudralib yuruvchilarga xos, hozirgi sudralib yuruvchilarda bu belgi faqat timsohlardagina kuzatiladi, xolos. Bu narsa qadimgi stegotsefallardan nasi qilib olingan. Tangachalilar (Squamata) turkumi Tangachalilar turkumi hozirgi yashab turgan sudralib yuruvchilar orasida eng ko'p turga ega bo'lgan va keng tarqalgan hayvonlardan hisoblanadi, ya’ni 6000 dan ortiq turni o'z ichiga oladi. Bularning terisi har xil shakldagi shox tangachalar va qalqonchalar bilan qoplangan. Tangachalilarning kopulativ organi juft kovak xaltacha shaklida boMadi. Tuxum qo'yish, ayrim turlari tirik tug'ish yo'li bilan ko'payadi. Tuxumlari timsohlar va toshbaqalarning tuxumlariga qarshi o'laroq, oqsilsiz va pergamentsimon parda bilan qoplangan bo'ladi. Tangachalilar turkumi 2 ta kenja turkumga boMinadi. 1. Kaltakesaklar (Sauria yoki Lacertilia) kenja turkumi. 2. Ilonlar (Ophidia yoki Serpentes) kenja turkumi. Kaltakesaklar (Sauria yoki Lacertilia) kenja turkumi. Kaltakesaklargavdasining shakli turli-tuman, asosan cho‘zinchoq, uzun harakatchan dumi, yaxshi rivojlangan bo'yin, qisqa va besh barmoqli oyoqlari bor. Ayrim turlarining oyoqlari yo'qolib ketgan, lekin oyoqsiz kaltakesaklarda ilonlardagiga qarshi o'laroq to'sh suyagi, oyoq kamari, harakatchan ko'z qovoqlari va nog'ora pardasi bo'ladi. Gavdasining uzunligi 3,5 sm dan 4 m gacha va og'irligi 150 kg gacha boradi. Ko’plarida dumining uzilish (autotomiya) hodisasi yuz beradi. Lekin m a’lum vaqtdan keyin dumi yana o'sib chiqadi, ammo uning skeleti suyakka aylanmaydi. Teri bezlari faqat sonida joylashadi. Timsohlar sudralib yuruvchilarning eng qadimgi guruhlaridan hisoblanadi. Ular 300 ming yil ilgari paydo bo'lgan. Hozir yashab turgan timsohlar turkumi turli-tuman arxozavrlar kenja sinfining qoldig'i hisoblanadi. Timsohlarning tashqi ko'rinishi kaltakesaklarga o'xshaydi, shuning uchun K. Linniy kaltakesaklar urug'ining turlari deb hisoblagan. Timsohlar hayot kechirishi va tuzilishi jihatidan kaltakesaklardan uzilkesil farq qiladi. Timsohlar chuchuk suvlarda hayot kechirishga moslashgan ulkan sudralib yuruvchilardan bo'lib, uzunligi 2 - 5 m va hatto 10 m gacha boradi. Timsohlarning bosh miyasi va sezgi organlaridan ko'rish hamda eshitish organlari yaxshi taraqqiy etgan. Ikkilamchi tanglay jag'aro, qanotsimon suyak va boshqa suyaklar og'iz bo'shlig'ining o'rtasida bir-biriga qo'shiladi, bu suyaklar og'iz bo'shlig'ini ikki qavatga: pastki ikkilamchi og'iz bo'shlig'iga va ustki burun — halqum yo'liga bo’lib turadi. Timsohlar turkumiga 23 ta tur kiradi va ular 3 ta oilaga bo'linadi (1 15-rasm). 1. Alligatorlar (Alligatoridae) oilasiga 4 ta urug' va 8 ta tur kiradi. Alligatorlarga tipik vakil qilib xitoy alligatori (Alligator sinensis) va timsoh kaymanini (Caiman crocodilus) misol qilib olish mumkin. Xitoy alligatori Xitoyda yashaydi. Missisipi alligatori (Alligator missisippiensis) AQShning janubiy-sharqiy qismida tarqalgan. 2. Haqiqiy timsohlar (Crocodylidae) oilasining 14 ta turi bo'lib, bulardan Nil timsohi (Crocadylus niloticus) tipik vakil hisoblanadi va uning uzunligi 8—10 ni gacha boradi. Haqiqiy timsohlar Afrika, Janubiy Osiyo, Shimoliy Avstraliya va tropik Amerikada yashaydi.Dengiz timsohlari, asosan Avstraliyaning shimoliy qismida yashaydi. Haqiqiy timsohlarning uzunligi 2 m dan 6—7 m gacha boradi. 3. Gaviallar (Gavialidae) oilasiga bitta gavial (Gavialis gangeticus) turi kiradi. Gavial uzun tumshug'i-rostrumi borligi bilan xarakterlanadi (uchi to ‘mtoqroq, ayniqsa erkaklarida). Uzunligi 6 m gacha boradi. U Hindistonda va Birmada daryolarda yashaydi. Reptiliyalar orasida toshbaqalar ancha murakkablashgan guruh hisoblanadi. O'ziga xos asosiy belgilariga, awalo, ularning tanasi suyakmuguz yoki suyak - teri sovut (qalqon) bilan qoplanganligidir. Sovut orqa — karapaks va qorin — plastron qalqonidan iborat. Uning tanasi, ba’zan bo'yni, boshi, oyoqlari va dumi ham sovut (kosa ichida boMadi. Bu suyak pansir kosasi dushmandan saqlanadigan muhofaza organi hisoblanadi. Toshbaqalar bosh skeletida m a’lum darajada ikkilamchi suyak — tanglay hosil bo'ladi. JagMari tishsiz va jag‘ suyaklari qirrali o'tkir shox qin bilan qoplangan. Tili go‘shtdor. QiziloMigachi sekin-asta yo'g'on devorli oshqozonga aylanadi. Oshqozon chin ichakdan ajralib turadi. Kloaka teshigi uzunasiga ketgan yoriq shaklida boMadi. Kattagina o'pkasi timsohlardagidek murakkab tuzilgan. Toshbaqalar ogMz bo'shligMning tagi goh koMarilib, goh tushib, havoni tortishda nasos vazifasini bajaradi. Toshbaqalar tropik va mo'tadil mintaqalarda tarqalgan. Ularning bo‘yi 12 sm dan 2 m gacha boradi. Toshbaqalar quruqlikda, chuchuk suvlarda, botqoqliklarda va dengizlarda yashaydi. Urg‘ochisi kichikroq boiadi. Toshbaqalar turli xil shikastlarga chidamli boiadi. Ko‘pvaqtini uyquda o'tkazadi.Toshbaqalarda kopulativ organi toq boiadi. Tuxum qo‘yish y o ii bilan ko‘payadi, ular 200 tagacha tuxum qo‘yadi. Yashirin bo‘yinIi toshbaqalar (Cryptodira) kenja turkumi vakillari boshini kosa ichiga tortib olganida, bo‘yin qismi vertikal tekislikda lotincha «S» harfiga o ‘xshash qayrilishi bilan xarakterlanadi. Ular Avstraliyadan tashqari hamma yerda chuchuk suvlarda va quruqlikda hayot kechiradi. Bu kenja turkumning 150 ta turi va 6 ta oilasi bor. Ular kichik va o'rtacha kattalikda boMadi. Oyoqlari yerda yurishga yoki suvda suzishga layoqatlangan. Yashirin bo‘yinli toshbaqalar Afrika, Janubiy Yevropa, Osiyo va Amerikada tarqalgan. Ko'pchilik turlari o ‘simliklar bilan oziqlanadi. Dengiz toshbaqalari (Chelonioidae) kenja turkumiga 1 ta oila va6—7 ta tur kirib, ular barcha tropik va subtropik dengizlarda tarqalgan. Dengiz toshbaqalarining bo'yni qisqa, oyoqlari eshkak (kurak) shaklida. Oldingi oyoqlari orqa oyoqlaridan ancha uzun, gavdasi biroz yapaloqlashgan, bosh va oyoqlari hamda bo'ynining ko'p qismi quruqlik toshbaqalariniki kabi qalqon ichiga tortilib kirmaydi. Suyri shaklidagi kosasi muguz qalqonlar bilan qoplangan bo'lib, 80 sm dan 1,4 m gacha va og'irligi 600 kg gacha boradi.Ularning butun hayoti suvda o'tadi. Kosasining suyak plastinkalari reduksiyalanib ketgan, plastron halqadek bo'lib qoladi, karapaksda talaygina teshiklar hosil bo'ladi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMATDownload 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling