Ot so'z turkumiga oid test (50) Qanday qo’shma otlar ajratib yoziladi?


Download 22.64 Kb.
bet1/3
Sana16.03.2023
Hajmi22.64 Kb.
#1278497
  1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word


Ot so'z turkumiga oid test (50)
1. Qanday qo’shma otlar ajratib yoziladi?
A) ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan turdosh otlar
B) ikkinchi qismi turdosh otdan iborat bo’lgan atoqli otlar
C) ikkinchi qismi atoqli otdan iborat bo’lgan qo’shma otlar
D) qo’shma otlar faqat qo’shib yoziladi
2.O’lmasning onasi uyda o’tiradi, do’ppi tikadi. Ushbu gapda ot so’z turkumiga oid nechta so’z bor?
A) 1ta B) 2ta C) 3ta D) 4ta
3. Bir turdagi shaxs , narsa , o’rin-joy , faoliyat-jarayon kabilarning umumiy otini ifodalaydigan otlar qanday otlar deyiladi?
A) qisqartma otlar B) turdosh otlar
C) qo’shma otlar D) atoqli otlar
4.Mavhum ot yasovchi qo’shimchalarni toping.
A) -goh , -xona , -loq B) -chi , -dosh , -kash C) -gich , -k , -zor D) -lik , -ch , -inch
5.Mavhum otlar berilgan qatorni toping
A) ostona, hujayra B) yulduz, qirov C) suvdon, sadaf D) ovunch, xayol
6.Faoliyat-jarayon nomini bildiruvchi otlarni belgilang.
A) tinch, xurramlik, ahillik, yupanch B) ezmalik, g’allachilik, terim, serobgarchilik
C) gulchi, mahalladosh, o’simlikshunos, vazir D)tomoshagoh, qumloq, darsxona, bug’doyzo
7. Qaysi gapdagi -cha qo’shimchasi kesatish ma’nosida ishlatilmoqda ?
A) Bog’da jajji qizcha gullarga suv quyar edi. B) Bu kishi xam shoircha, she’r yozib turadilar
C) Sojida Saidaning kichik singilchasi, u ham bog’chaga qatnaydi. D) Men uychamiz tomini berkitdim.
8. Bizning o’g’lonlar , sizning o’gitlar birikmalaridagi ikkinchi so’zlarda qanday qo’shimcha tushib qolgan ?
A) І shaxs ko’plik va ІІ shaxs ko’plikdagi egalik qo’shimchalari
B) І shaxs birlik va ІІ shaxs birlikdagi egalik qo’shimchalari
C) І shaxs ko’plik va ІІІ shaxs ko’plikdagi egalik qo’shimchalari
D) ІІІ shaxs ko’plik va ІІІ shaxs ko’plikdagi egalik qo’shimchalari
9. Qaysi otlarga qo’shilgan ko’plik qo’shimchasi tur , nav ma’nosini bildirmoqda?
A) Dadamlar kecha kelishdi. B) Sizlarga qarab zavqlarim toshib ketdi.
C) SHirinlarning fojialari , Majnunlarning sarguzashtlari xayolimda jonlandi. D) Do’konlarda nonlar va ichimliklar sotilmoqda
10.Otning tuzilishiga ko’ra faqat sodda tub otlar berilgan qatorni toping?
A) maktab, kitobga, taxtalar. B) Toshkentdan, ayiqcha, oshqovoq
C) telefon,zamon,eshikcha D) otboqar, qiymataxta, O’rta Osiyo, G’arbiy Sibir
11.Payt (zamon) anglatuvchi otlar berilgan qatorni toping
A) temir , mis, oltin, kumush B) kunduz , hafta , xufton C) kecha , bugun , ertaga
D) keyin , avval, so’ng
12. Quyidagi berilgan ma’lumotlardan noto’g’ri ma’lumotni aniqlang?
A) Ikkinchi qismi turdosh otdan iborat bo’lgan atoqli otlar qo’shib yoziladi
B) Ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan, yani qo’shma turdosh otlar ham doim qo’shib yoziladi
C) Ikkinchi qismi atoqli otdan iborat qo’shma bosh harf bilan qo’shib yoziladi
D) Juft va takroriy ot qismlari chiziqcha bilan ajratib yoziladi
13.. Faoliyat – jarayon nomini bildiruvchi otlarni aniqlang .
A) keldi, so’zladi, gupurdi B) termoq, yasamoq, gullamoq
C) tanlov, chopiq, loygarchilik D) yoqilg’i, elpig’ich, to’plam
14.Biror shaxs, narsa, o’rin-joyga atab qo’yilgan nomlar qanday otlar deyiladi?
A) Atoqli otlar B) Turdosh otlar C) Mavhum otlar D) Aniq otlar
15. Otlar kim?nima?qayer? so’roqlariga javob bo’lishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi ?
A) turdosh va atoqli otlar B) shaxs, narsa-buyum, o’rin-joy otlari
C) aniq va mavhum otlar D) yakka va jamlovchi otlar
16. Qaysi gapda faqat tushum kelishigidagi ot belgisiz qo’llangan?
A) Faqat ojiz qalamim manim , O’zbekiston , vatanim manim . B) Yer kurrasin boshin tang’idik .
C) Pazandasi yopadi shirmon Qarilari kutadi mehmon D) Uy eshigi asta ochildi .
17.Qaysi qatordagi otlarga І shaxs birlikdagi egalik qo’shimchalari qo’shilgan?
A) ruchkang, noning B) olmam, boltam C) ishtiyoqi, orzusi D) shahringiz, o’g’lingiz 18. Tushum kelishigi shaklini olgan so’z qanday fe’lga bog’lanadi? A) o’timli fe’lga B) o’timsiz fe’lga C) to’liqsiz fe’lga D) har qanday fe’lga bog’lanishi mumkin 19.Jo’nalish kelishigi qo’shimchasini olgan so’zlar gapda, asosan, qanday gap bo’lagi vazifasida keladi? A) o’rin holi va kesim B) payt holi, aniqlovchi, kesim C) o’rin holi, payt holi va to’ldiruvchi D) to’ldiruvchi, kesim, o’rin holi
20.Nuqtalar o’rniga qaysi kelishik qo’shimchasini qo’yish mumkin? Qadim zamon...CHin mamlakati...bir ulug’ podshoh o’tgan ekan. A) –ni, -da B) –da, -da C) –da, -ning D) –dan, -da
21. Odamlar u... she’rlari.... hayajonsiz o’qimaydigan, kitoblarini do’konlardan qidirib yuradigan bo’ldilar. Nuqtalar o’rniga qaysi kelishik qo’shimchalarini qo’yish mumkin? A) –ni, -ni, -ni B) –ning, -ning, -ning C) –ni, -dan, -ni D) –ning, -ni, -ni
22. .Qaysi hukm noto’g’ri?
A) –lik qo’shimchasi o’rin-joy bildiruvchi turdosh va atoqli otlarga qo’shilib, shaxsning shu hududga mansubligini bildiradi.
B) Nima? so’rog’iga javob bo’lib, jonli va jonsiz narsalarning nomlarini bildirgan otlarga narsa otlari deyiladi.
C) Atoqli otlarga qo’shilgan –lik qo’shimchasi atoqli otni turdosh otga aylantirsa ham, katta
harf bilan yoziladi.
D) Faoliyat-jarayon otlari –lik, -chilik, -im qo’shimchalari yordamida yasaladi.
23.Sezgi a’zolari orqali bilishimiz mumkin bo’lgan narsalarni bildirgan otlar...
A) turdosh otlar B) atoqli otlar C) yakka otlar D) aniq otlar
24. 1.Onalar bir parcha etni barkamol odam qilur. 2.Onamlar menga shirin kulchatoylar pishirib qo’ygan edi. 3.Bog’cha bolalarining onalari bayramga kelishdi.
Download 22.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling