NOUN
Noun –ot so’z turkumi.u barcha kim? Va nima? Savollariga javob bo’ladi.
Otlar 4 xil bo’ladi:
1. Proper noun ( atoqli otlar)
2 .common noun (turdosh otlar)
3. Compound noun (qo’shma otlar)
4 .collective noun ( jamlovchi otlar)
PROPER NOUN
Barcha atab qo’yilgan va bosh harf bilan yoziladigan o’z sinfida yagona otlar atoqli otlar deyiladi.
For exaple: Winston Churchill, Ford Focus,China2,Monday,The Civil War
COMMON NOUN
O’z sinfida yagona bo’lmagan,turi jihatdan ko’p xilli bo’lgan otlarga turdosh otlar deyiladi.
For exaple: a boy, a room, a table, water, oil
Turdosh otlar ikkiga bo’linadi:
countable noun –sanaladigan
uncountable noun-sanalmaydigan
SANALADIGAN OTLAR
Oldidan son qo’yib ishlatib bo’ladigan otlar. “How many”-necha dona deb so’raladi.
For example: a boy, a girl, a book
Sanaladigan otlar o’z ichida yana ikkiga bo’linadi.
- Singular noun –birlik ot
Birlik otning kesimi doimo birlikdir.birlik ot oldidan yo A/AN yo THE artikli kelishi shart.ular artiklsiz ishlatilmaydi
For example: a dog, a shop, the dog, the shop
- Plural noun –ko’plik ot
Ko’plik otning kesimi doim ko’plikdir.ko’plik otlar bilan yo ZERO ARTICLE yo THE ishlatila-di.ular bilan A/AN ishlatilmaydi.
For exaple:two dogs, horses, men,the shops,many ideas
BIRLIK OTNI KO’PLIK OTGA AYLANTIRISHDA BIR NECHA HOLAT MAVJUD
1.asosan ko’pchilik otlar –S qo’shimchasini qo’shish orqali yasaladi
For exaple: boat-boats hat-hats month-months house-houses
-“ Y ” bilan tugagan birlik otni ko’plikka aylantirish uchun “Y” ni tushirib, “IES” qo’shamiz
For exaple:a city-citie, a fly-flies, a lady-ladies, a baby-babies
Do'stlaringiz bilan baham: |