Mavzu: so‘z yasash tipologiyasi: prefiksаtsiya


Download 45.5 Kb.
bet1/3
Sana29.03.2023
Hajmi45.5 Kb.
#1306586
TuriReferat
  1   2   3
Bog'liq
1405762152 56582


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMVAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI
O’ZBEK TILI VA ADABIYOT” KAFEDRASI
O’ZBEK TILI” FANIDAN
REFERAT

Mavzu: ’’ So‘z yasash tipologiyasi Prefiksаtsiya. Suffiksatsiya. Kompozitsiya ’’


Bajardi: 14_22 EEE guruh talabasi
______________________
Qabul qildi: dots.Mirzkarimova Z
Mavzu:So‘z yasash tipologiyasi Prefiksаtsiya. Suffiksatsiya. Kompozitsiya


REJA:

  1. Prefiksatsiya mohiyati.

  2. Prefikslarning semantik xususiyatlari.

  3. Prefikslar yordamida ot va fe’llarning yasalishi.

  4. Suffiksatsiya-prefiksatsiya so‘z yasash usuli.

  5. Qo‘shma so‘zlar tuzilishini qiyoshlash.

  6. Qo‘shma so‘zlar sistemasi umumiy tavsifi.

Prefiksatsiya

Prefiksatsiyada suffiksatsiyadek o‘zakka qo‘shish orqali emas, balki so‘z yasashda prefiks butun bir so‘zga qo‘shish orqali yangi so‘z yasaladi. Prefikslar yordamida bir xil so‘z turkumiga taalluqli bo‘lgan yangi so‘zlar yasaladi: otlardan otlar (ученик-соученик), fe’llardan fe’llar (готовить - приготовить) yasaladi va hokazo.


Agar suffiksatsiya ot so‘z turkumiga tegishli bo‘lgan so‘zlarni yasashga xos bo‘lsa, prefiksatsiya ingliz tilida ham, rus tilida ham fe’llarni yasashda mahsuldor vosita hisoblanadi. Pefiks yordamida yasalgan otlar va sifatlar soni juda kam.
Semantik belgisiga ko‘ra prefikslarni bir necha guruhga bo‘lish mumkin. Inkor va qarama-qarshilik ma’nolarini o‘zida mujassamlashtirgan prefikslar son jihatdan ko‘pchilikni tashkil etadi. Ulardan keyin son jihatdan zamon va makon munosabatlarini hamda ish-harakatning takrorlanishini ifodalovchi prefikslar turadi.
Har bir til o‘z prefikslаriga hamda boshqa tildan o‘zlashtirgan prefikslariga ega. Kirib kelgan prefikslarning bir qismi (roman va grek tillariga tegishli bo‘lgan) baynalminal xarakterlidir. Shuning uchun ular ham rus tilida, ham ingliz tilida o‘z aksini topgan. Bular quyidagi ot yasobchi prefikslarlardir: anti – (anticyclone, антифашист), ultra – (ultramodern, ультрафиалетовый), a – (anomalous, аморальный), inter – (internationak, интерполяция) va hokazo.
Ingliz tilidagi ko‘pgina ot yasovchi prefikslar leksik jihatdan rus tilidagi prefikslarga mos keladi: in-, un-, не – (unpleasant - неприятный), pre- , до- (prehistoric - доисторический), sub-, под- (subdivision - подразделение), past-, после- (postwar - послевоенный), counter-, противо- (counterbalance - противовес).
Fe’l prefikslari sistemasi har bir tilda o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ingliz tilida fe’l yasovchi mahsuldor prefikslarga quyidagilarni kiritish mumkin: de- (deform, detune), dis- (dislike, disapprove), un- (unfasten, unfold), mis – (mistrust, misjudge), re- (rewrite, re-elect), up- (uplift, uprise), under – (underline, underrate), over- (overcloud, overdo) va hokazo.
Prefikslar yordamida fe’l yasash nafaqat ingliz tilida mahsuldor bo‘lmay, u rus tilida ham mahsuldor hisoblanadi. Ammo rus tilining farqli tomoni shundan iboratki, pefikslar yordamida biror old qo‘shimcha ishlatilmagan fe’ldan leksik ma’nosida qo‘shimcha ma’no ottenkasi paydo bo‘ladigan yangi fe’l (ko‘pincha bir qator fe’llar) yasash mumkin. Masalan: рус. бежать – вбежать, взбежать, выбежать, добежать, забежать, отбежать, перебежать, побежать, прибежать пробежать, сбежать, убежать.
Umuman olganda, rus tilida prefiksatsiya so‘z yasash vositasi singari suffiksatsiyadek ingliz tilidan shaklining turli-tumanligi va ko‘pligi bilan farq qiladi.

Download 45.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling