1. Ideal gaz haqida umumiy ma’lumot Ideal gaz qonunlari


Download 5.65 Kb.
Sana25.01.2023
Hajmi5.65 Kb.
#1120288
Bog'liq
1. Ideal gaz haqida umumiy ma’lumot Ideal gaz qonunlari-fayllar.org


1. Ideal gaz haqida umumiy ma’lumot Ideal gaz qonunlari

Mashinasozlik institute
Elekrotexnika fakulteti
EEE yo’nalishi
K-92 21 Guruh talabasi
Xasanov Oybek
tayyorlagan prezintatsiyasi
Mavzu: Ideal gazlar uchun
izojarayonlar
Reja:
1.Ideal gaz haqida umumiy ma’lumot
2.Ideal gaz qonunlari.
3.Molekulyar kinetic nazariyaning asosiy tenglamasi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Ideal gaz haqida umumiy
ma’lumot
Modda tuzilishini va uni xossalarini molekulyar-kinetik tasavvurlar asosida, ya’ni molekulalar hamma vaqt betartib harakat holatida bo`lishlari va molekulalar orasida o`zaro ta’sir kuchlari mavjudligi asosida tushuntiruvchi fizikaning bo`limiga molekulyar fizika deyiladi.
Gaz molekulalari orasidagi o'zaro tortishish kuchlari e'tiborga olmaslik darajasida kuchsiz va molekulalarining xususiy hajmi gaz egallagan hajmdan juda kichik bo'lgan gazlar ideal gazlar deyiladi. Demak, ideal gaz molekulalarini moddiy nuqta deb faraz qilish mumkin.
2.Ideal gaz qonunlari.
Har qanday bir jinsli jismning holatini xarakterlovchi parametrlar ma’lum qonuniyat bo`yicha o`zaro bog`langan bo`ladi. Ulardan birining o`zgarishi boshqa parametirlarni o`zgarishga olib keladi. Masalan aniq massaga ega bo`lgan gazning muvozanatli holati P bosim, V xajm, T haroratdan iborat parametrlar orqali to`la ravishda ifodalanadi.
Yuqorida qayd qilingan parametrlardan bittasi o`zgarmas bo`lganda qolgan ikkitasi orasidagi bog`lanishni ifodalaydigan jarayonlar izojarayonlar (izo-teng, bir hil) deyiladi.
Boyl-Mariott qonuni
IZOTERMIK JARAYON
1. Boyl- Mariott qonuni. Harorat o`zgarmaganda berilgan gaz massasi uchun gazning bosimi uning xajmiga teskari proporsional ravishda o`zgaradi, ya’ni Т=const, m= const bo`lsa PV= const (1)
Bu izotermik jarayon bo`lib, uni diagrammada (1-rasm) egri chiziq (giperbola) bilan tasvirlash mumkin. Bu egri chiziq izoterma deb ataladi.
Gey-Lyussak qonuni
IZOBARIK JARAYON
Gey-Lyussak qonuni. 1). Bosim o`zgarmas bo`lganda berilgan gaz massasining xajmi haroratiga qarab chiziqli ravishda o`zgaradi, ya’ni, m= const, P= const bo`lsa V= V0(l+ t) (2)
Bunda yuz beradigan jarayon izobarik jarayon deb ataladi va diagrammada to`g`ri chiziq bilan tasvirlanadi.Bu to`g`ri chiziq izobara deb ataladi.
IZOXORIK JARAYON
Sharl qonuni
Хajm o`zgarmas bo`lganda berilgan gaz massasining bosimi haroratga qarab chiziqli ravishda o`zgaradi, ya’ni m= const, V = const bo`lsa
P= P0(l+ t) (3)
Bunday holda yuz beradigan jarayon izoxorik jarayon deb ataladi va diagrammada to`g`ri chiziq bilan tasvirlanadi.Bu to`g`ri chiziq izoxora deb ataladi.
Avogadro qonuni. 1811 yilda italyan olim Avogadro kuyidagi qonunni yaratdi: bir xil tеmpеratura va bosimda harqanday gazning 1 kilomoli birxil hajmni egallaydi.
Normal sharoitda bu hajm yoki ni tashkil etadi.Idеal gazning holat tеnglamasini Klapеyron (1834y) va Mеndеlееvlar (1875y) yaratgan. Avval bu tеnglamani Klapеyron tenglamasi qquyidagicha beriladi
Ideal gaz quyidagi shartlarga bo`ysunadi:

  • Gaz elastik shartlarga o`xshagan va tartibsiz harakatlanuvchi molekulalardan iborat.

  • Molekulalar orasidagi kuchlar faqat ular bir-biriga urilgandagina ta’sir qiladi.

  • Molekulalarning o`lchamlari molekulalar orasidagi o`rtacha masofaga nisbatan nazarga olmasa bo`ladigan darajada kichik.

MOLEKULYAR KINETIK NAZARIYANING ASOSIY TENGLAMASI


Gaz molekulalari idish devorlariga urilishidan gaz bosimi hosil bo'ladi. Har bir molekulaning ilgarilanma harakatidagi kinetik energiyasi qancha katta bo'lsa, molekulalarning devorga urilishidan hosil bo'ladigan kuch ham shuncha katta bo'ladi. Shuning uchun gaz bosimi gaz molekulalarining ilgarilanma harakatdagi o'rtacha kinetik energiyasi va hajm birligidagi molekulalar soniga to'g'ri proportsionaldir. Bu molekulyar-kinetik nazariyaning asosiy tenglamasidir.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki molekular fizika asoslari va termodinamika katta miqdordagi atom va molekulalarga bog’liq bo’lgan mikroskopik jarayonlarni o’rganiahda bir birini to’ldiruvchi ikki usuldan foydalaniladi: Molekular kinetik nazariyaga asoslangan statistik usul va termodinamik usul. Molekular fizika barch jisimlar doimo tartibsiz xarakatda bo’lgan atom yoki molekulalardan iboratdair.
Mavzuni urganish jarayonida quyidagi qo’shimcha uzim uchun xulosalar chiqardim:
1. Avagadro qonuni normal sharoitda gazlarning xossalarini ifodalaydi
2. Izojarayonlarda gazning hech bo’lmasa bitta parametri o’zgarmasdan saqlanadi.
Foydlanilgan adabiyotlar ro’yxati

  • I.V.Savelev. Umumiy fizika kursi.

  • R.I.Grabovskiy. Fizika kukrsi.

  • Ismoilov M., Habibullayev P., Xaliulin M. Fizika kursi.

  • Abdullayev G. Fizika.

  • Savelev I.V. «Umumiy fizika kursi»

  • Savelev I.V. «Umumiy fizika kursi»

  • Rasulmuhamedov A.G, Kamolov J., Izbosarov B.F. «Umumiy fizika kursi»

  • Nazarov O‘.Q. Umumiy fizika kursi.


E’tiboringiz uchun raxmat
http://fayllar.org
Download 5.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling