1. Ijara shartnomasi va oldi-sotdi shartnomasi o’rtasidagi farq nima? Ijara shartnomasi


Transport vositasini ijaraga berish shartnomasida ijaraga oluvchining majburiyatlari nimadan iborat?


Download 168.3 Kb.
bet17/51
Sana26.01.2023
Hajmi168.3 Kb.
#1125344
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   51
Bog'liq
Fuqarolik huquqidan javoblar

28. Transport vositasini ijaraga berish shartnomasida ijaraga oluvchining majburiyatlari nimadan iborat?
567-modda. Transport vositasini tijorat maqsadida ishlatish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash bo‘yicha ijaraga oluvchining majburiyati
Agar transport vositasini ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, transport vositasini tijorat maqsadida ishlatish munosabati bilan yonilg‘i va ishlatish jarayonida sarflanadigan boshqa materiallar haqini to‘lash, yig‘imlar va boshqa chiqimlarni to‘lash ijaraga oluvchi zimmasida bo‘ladi.
568-modda. Transport vositasi uni saqlash, boshqarish va texnik foydalanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatmagan holda ijaraga berilganida ijaraga oluvchining majburiyatlari
Ijaraga oluvchi transport vositasini ijaraga berish shartnomasi amal qilib turgan butun muddat davomida ijaraga olingan transport vositasini tegishli holatda saqlab turishi, jumladan uni joriy ta’mirlashni, shuningdek, agar shartnomada boshqacha hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, kapital ta’mirlashni ham amalga oshirishi shart. Ijaraga oluvchi ijaraga olingan transport vositasini o‘z kuchi bilan boshqaradi, shuningdek undan tijorat maqsadida va texnik foydalanishni amalga oshiradi. Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ijaraga oluvchi ijaraga olingan transport vositasini saqlash, uni sug‘urtalash, shu jumladan o‘z javobgarligini sug‘urtalash, transport vositasini ishlatish bilan bog‘liq xarajatlarni amalga oshiradi.



29.Transport vositasidan foydalanish haqida uchinchi shaxslar bilan tuziladigan shartnomalar deganda nimani tushunasiz?
569-modda. Transport vositasidan foydalanish haqida uchinchi shaxslar bilan tuziladigan shartnomalar Agar ijara shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ijaraga oluvchi ijaraga olingan transport vositasini ekipaj bilan yoki ekipajsiz ijara shartnomasi shartlari asosida ijaraga beruvchining roziligi bilan qo‘shimcha ijaraga berishga haqli. Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining roziligisiz o‘z nomidan, agar ijara shartnomasida nazarda tutilgan transport vositalaridan foydalanish maqsadlariga, bordi-yu bunday maqsadlar belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, transport vositasining vazifasiga xilof bo‘lmasa, uchinchi shaxslar bilan tashish shartnomalarini va boshqa shartnomalarni tuzishga haqli.




Download 168.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling