1. Ijara shartnomasi va oldi-sotdi shartnomasi o’rtasidagi farq nima? Ijara shartnomasi


Pudrat shartnomasi bo’yicha buyurtmachining bajarilgan ishlarni qabul qilishi tartibini tushuntiring


Download 168.3 Kb.
bet28/51
Sana26.01.2023
Hajmi168.3 Kb.
#1125344
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   51
Bog'liq
Fuqarolik huquqidan javoblar

55.Pudrat shartnomasi bo’yicha buyurtmachining bajarilgan ishlarni qabul qilishi tartibini tushuntiring
55. Buyurtmachi bajarilgan ishni (uning natijasini) pudrat shartnomasida nazarda tutilgan muddatda va tartibda pudratchi ishtirokida ko`rib chiqishi va qabul qilishi, ish natijasini yomonlashtiradigan darajada shartnomadan chekinish yoki boshqa kamchiliklar aniqlangan taqdirda еsa, bu to`g`rida pudratchiga darhol ma’lum qilishi shart.Ishni qabul qilish vaqtida uning kamchiliklarini aniqlagan buyurtmachi bu kamchiliklar yoxud ularni tuzatish to`g`risida keyinchalik talab qo`yish mumkinligi dalolatnoma yoki qabul qilishni tasdiqlovchi boshqa hujjatda ko`rsatilgan hollardagina ularni vaj qilib keltirishga haqli.Buyurtmachi ishni tekshirmasdan qabul qilgan bo`lsa, uni qabul qilishning oddiy usulida aniqlanishi mumkin bo`lgan kamchiliklar (ochiq ko`rinib turgan kamchiliklar)ni dalil qilib keltirish huquqidan mahrum bo`ladi.Buyurtmachi ish qabul qilib olinganidan so`ng unda pudrat shartnomasidan chekinishlar yoki ishni qabul qilishning oddiy usulida aniqlanishi mumkin bo`lmagan boshqa xil kamchiliklar (yashirin kamchiliklar)ni, shu jumladan, pudratchi qasddan yashirgan kamchiliklarni aniqlasa, ular aniqlanganidan so`ng o`n kunlik muddat ichida bu to`g`rida pudratchiga xabar qilishi shart.Buyurtmachi bilan pudratchi o`rtasida bajarilgan ishning kamchiliklari yoki ularning sabablari yuzasidan nizo kelib chiqqan taqdirda, istagan tarafning talabi bo`yicha еkspertiza tayinlanishi kerak. Ekspertiza o`tkazish xarajatlari pudratchi zimmasida bo`ladi, еkspertiza pudrat shartnomasi buzilmaganligini yoki pudratchining harakatlari bilan aniqlangan kamchiliklar o`rtasida sababiy bog`lanish yo`qligini aniqlagan hollar bundan mustasno. Bunday hollarda еkspertiza xarajatlarini еkspertiza o`tkazishni talab qilgan taraf, agar еkspertiza taraflarning o`zaro kelishuvi bilan tayinlangan bo`lsa, ikkala taraf teng miqdorda to`laydi.Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, buyurtmachi bajarilgan ishni qabul qilishdan bosh tortganida, pudratchi shartnomaga binoan ish natijasi buyurtmachiga topshirilishi kerak bo`lgan kundan boshlab bir oy o`tgach va shundan keyin buyurtmachini ikki marta ogohlantirgan holda ish natijasini sotib yuborishga, tushgan pulni еsa, pudratchiga tegishli hamma to`lovlarni chegirib tashlab, notarial idoraning depozitiga buyurtmachining nomiga kiritib qo`yishga haqli. Pudratchi pudrat narsasini sotish o`rniga uni ushlab turish yoki keltirilgan zararni buyurtmachidan undirib olish huquqidan foydalanishga haqli.Agar buyurtmachining bajarilgan ishni qabul qilishdan bosh tortishi ishni topshirish kechikib ketishiga sabab bo`lgan bo`lsa, tayyorlangan (qayta ishlangan) ashyoning tasodifan nobud bo`lish xavfi ashyo topshirilishi lozim bo`lgan paytda buyurtmachiga o`tgan deb hisoblanadi.



56.Ishning sifati lozim darajada bo’lmaganligi uchun pudratchining javobgarligini tushuntiring?
.Pudratchi bajargan ish pudrat shartnomasining shartlariga, shartlar bo`lmaganida yoki to`liq bo`lmaganida еsa, odatda tegishli turdagi ishlarga qo`yiladigan talablarga mos kelishi kerak. Agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, bajarilgan ish natijasi buyurtmachiga topshirish paytida shartnomada ko`rsatilgan yoki odatda qo`yiladigan talablar bilan belgilangan xususiyatlarga еga bo`lishi va oqilona muddat davomida shartnomada nazarda tutilganidek foydalanish uchun, agar u shartnomada belgilangan bo`lmasa, bunday turdagi ishning natijasidan odatdagidek foydalanish uchun yaroqli bo`lishi kerak.
Agar qonun hujjatlarida pudrat shartnomasi bo`yicha bajariladigan ishga qo`yiladigan majburiy talablar nazarda tutilgan bo`lsa, tadbirkor sifatida ish olib borayotgan pudratchi ishni bunday majburiy talablarga amal qilgan holda bajarishi shart.Pudratchi belgilangan majburiy talablarga nisbatan sifat jihatidan birmuncha yuqori talablarga javob beradigan ishni bajarishni pudrat shartnomasi asosida o`z zimmasiga olishi mumkin.




Download 168.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling