8-§. 1918-1929-yillarda buyuk britaniya birinchi jahon urushidan so'ng Buyuk Britaniya iqtisodiyoti


Download 30.06 Kb.
bet1/14
Sana30.01.2023
Hajmi30.06 Kb.
#1140377
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1918-1929-YILLARDA BUYUK BRITANIYA


8-§. 1918-1929-YILLARDA BUYUK BRITANIYA
Birinchi jahon urushidan so'ng Buyuk Britaniya iqtisodiyoti
Birinchi jahon urushi Buyuk Britaniyaning dunyodagi mavqeini tubdan o'zgartirib yubordi. Bir paytlar jahon sanoat bozorida hukmronlik qilgan Angliya dunyo «sanoat ustaxonasi» rolini to'liq qo'ldan boy berdi. Ingliz mahsulotlarining eksporti kamayib, import ko'paydi. Angliya harbiy xarajatlarni to'lashga majbur edi, shu sababli chet el zayom va kreditlaridan foydalanardi. Natijada Angliya AQShning asosiy qarzdoriga aylandi (urushgacha AQSh uning asosiy qarzdori edi). Buyuk Britaniya qarzdan qutulish uchun o'zining chet ellardagi mulklaridan chorak qismini sotib yuborishga majbur bo'ldi. Davlat subsidiyalari hisobiga eskirgan korxonalarning qo'llab-quwatlanishi urushdan so'ng ingliz sanoatini texnologik qoloqlikka olib keldi.
Bir paytlar Britaniya sanoatining g'ururi bo'lgan va katta foyda keltirgan sohalarning eskirganligi, ishchi kuchining armiyaga va harbiy korxonalarga jalb qilinishi, xom ashyo yetishmasligi hamda uskunalarning ishdan chiqqanligi tufayli ishlab chiqarish pasayib ketdi. Ko'mir qazib olish, cho'yan ishlab chiqarishning kamayishi, kemasozlikning qisqarishi bu sohalarni ham turg'unlikka olib keldi. Ammo bir paytning o'zida sanoatning yangi sohalari bo'lgan avtomobilsozUk, kimyo, aviatsiya, qurolsozlik va harbiy zavodlarni ta'minlovchi po'lat quyish sohalarida o'sish ro'y berdi.
Sanoat va bank tizimining monopollashuvi
Urush ingliz monopoliyalari uchun ulkan foyda manbaiga aylandi. U ingliz iqtisodiyotining barcha kuchlarini jamlashni taqozo etdi. Bu esa o'z navbatida sanoatning va kapitalning birligini kuchaytirdi. Kichik va o'rta korxonalaming majburiy kooperativlashtirilishi hamda banklarning birlashuvi ro'y berdi. Ayni shu jarayonda yirik London banklari — «Lloyd», «Barklay», «Midlend», «Vestminster» va ingliz bankidan iborat «katta beshlik» vujudga keldi. Ulaming tasarrufida Angliya pul resurslarining 85 foizi jamlangan edi. Sanoatda oltita yirik monopoliya paydo bo'ldi. Bular «Royyal Datch shell» (neft), «Ingliz-Eron neft kompaniyasi» (neft), «Yunilever» (keng iste'mol mahsulotlari), «Imperial kemikl indastriz» (kimyo sanoati), «Danlop rabbers» (kauchuk, rezina) va «Vikkers» (qurol-yarog`) edi. Mazkur olti yirik monopoliya amalda ishlab chiqarishning barcha sohalarida hukmron edi. Beshta eng yirik bank bilan birgalikda ular Angliya ichki va tashqi siyosatining yo'nalishlarini ham belgilardilar.
Urush ingliz mehnatkashlari boshiga cheksiz azobuqubatlar keltirdi. Urush mobaynida aholining turmush darajasi ancha pasaydi. Ish haqining real darajasi ham pasayib bordi. Deyarli cheklanmagan ish kuni, favqulodda tezkor ish sur'ati, oz ish haqi, yomon uy-joy va maishiy sharoitlar, oziq-ovqatlarning yuqori narxlari o'lim va kasb kasalliklarining yuksak darajada bo'lishiga olib keldi.
Ayni paytda bo'lib o'tgan urush ingliz mehnatkashlari ijtimoiy ongining yuksalishida katta ahamiyatga ega bo'ldi.

Download 30.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling