8-§. 1918-1929-yillarda buyuk britaniya birinchi jahon urushidan so'ng Buyuk Britaniya iqtisodiyoti


R. Makdonald hukumati va uning mamlakatni qutqarish dasturi


Download 30.06 Kb.
bet8/14
Sana30.01.2023
Hajmi30.06 Kb.
#1140377
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
1918-1929-YILLARDA BUYUK BRITANIYA

R. Makdonald hukumati va uning mamlakatni qutqarish dasturi
1929-yil may oyidagi parlamentga saylovlarda leyboristlar partiyasi ko'pchilik ovoz oldi va partiya rahbari Ramsey Makdonald (1866—1937) Bosh vazir qilib tayinlandi. R. Makdonald XX asr Angliya siyosiy hayotidagi eng murakkab taqdirli shaxslardan biri bo'ldi. U kichkina baliqchilar qishlog'ida qashshoq shotlandlar oilasida tug'ildi va 1894-yilda 28 yoshida leyboristlar partiyasiga a'zo bo'ldi. 1900-yildayoq u partiyaning faxriy kotibi lavozimiga saylanib, bu lavozimda ozgina tanafifus bilan 1931yilgacha faoliyat ko'rsatdi. U 27 yil davomida parlament deputati, uch marta mamlakat Bosh vaziri bo'ldi.
Makdonald o'z siyosiy faoliyatini Angliya qudratli mamlakat bo'lgan paytda boshlab, uni bu buyuklikdan faqat olis xotira qolgan paytda yakunladi. R. Makdonald saqlab qolishning iloji bo'lgan barcha narsani saqlab qolishga urindi. U Sovet Ittifoqi bilan normal diplomatik aloqalarni rivojlantirish tarafdori edi. Konservatorlar ikki marta Sovet Ittifoqi bilan diplomatik aloqalarni uzdilar va ikki marta (1924 va 1931) Makdonald ularni tikladi.
Makdonald realist siyosatchi bo'lib, Angliyaning sobiq buyukligini qaytarishni xomxayol deb hisoblardi. Biroq u Angliyani bostirib kelayotgan halokatdan qutqarishga va mamlakatning jahondagi mavqeini eng awalo muvaffaqiyatli diplomatik kombinatsiyalar uyushtirish hamda Millatlar Ligasidan foydalanish yo'li bilan saqlab qolishga urindi.
R. Makdonald boshchiligidagi ikkinchi leyboristlar hukumati qiyin ahvolda qoldi. Bir tomondan, ish berish va yashash sharoitlarini yaxshilashni talab qilgan mamlakat aholisiga berilgan va'dalarni bajarish, ikkinchi tomondan esa davlat ijroiya hokimiyati vazifalarini bajarish va mamlakatni bosib kelayotgan iqtisodiy inqirozdan saqlab qolish lozim edi. Leyboristlar o'z majburiyatlarini qisman bajardilar. Ko'mir konlarida 7 soatlik ish kuni joriy etildi. 1930yilda ishsizlik bo'yicha sug'urta to'g'risidagi yangi qonun qabul qilindi, ishsizlik bo'yicha nafaqalar olish muddati 3 oydan 12 oygacha uzaytirildi. Ishsizlikka qarshi kurash bo'yicha maxsus vazirlik hamda ishsizlar uchun ish qidirish bo'yicha maxsus qo'mita tashkil qilindi. Bu choralar ishsizlarning ahvolini ma'lum darajada yaxshilashga xizmat qildi.
Biroq, umuman olganda, ikkinchi leyboristlar hukumati inqiroz og'irligining katta qismini mamlakat mehnatkashlari yelkasiga yuklashga urindi. Britaniya tadbirkorlarining davlat tomonidan qo'llab-quwatlanishi uchun ular tovon to'lashlari lozim edi. 1931-yil bahorida mashinasozlik sanoati, qishloq xo'jaligi ishchilari, dokerlar va sanoatning boshqa qator sohalari ishchilarining maoshlarini pasaytirish to'g'risida qaror qabul qilindi. Angliya tadbirkorlariga bu oz tuyuldi va ular hukumatdan ijtimoiy ehtiyojlar, ya'ni ta'lim, sog'liqni saqlash, nafaqalar uchun xarajatlarni jiddiy qisqartirishni talab qildilar.

Download 30.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling