8-§. 1918-1929-yillarda buyuk britaniya birinchi jahon urushidan so'ng Buyuk Britaniya iqtisodiyoti


Download 30.06 Kb.
bet11/14
Sana30.01.2023
Hajmi30.06 Kb.
#1140377
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1918-1929-YILLARDA BUYUK BRITANIYA

Tashqi siyosat
Angliya tashqi siyosati 30-yillarda ikki asosiy muammo — fashistlar Germaniyasining Yevropadagi tashqi siyosati va mustamlakalardagi milliy-ozodlik harakatlari muammolariga duch keldi. Yevropada Angliya hukmron doiralari o'zlarining asosiy dushrnanlari hisoblangan Sovet Ittifoqiga qarshi kurashda va Fransiyaning Yevropadagi ta'sirini zaiflashtirishda natsistlardan foydalanishga umid qildilar. 1935yil 18-iyundaAngliya-Germaniya dengiz bitimi imzolanib, unga ko'ra Germaniyaga Angliya harbiy-dengiz fiotining 1/3 ga teng harbiy-dengiz floti tuzishga ruxsat etildi. Bunday flotni tuzib Germaniya butun Boltiq dengizida xo'jayinga aylanardi. Angliya-Germaniya bitimi Versal bitimini buzardi, biroq buzg'unchi bu safar Angliya bo'lib, u Germaniyaning bunday buzg'unchiliklariga qarshi norozilik bildirishga ma'naviy huquqni yo'qotardi. Fashistlar tomonidan Reyn hududining bosib olinishini Angliya jim turib kuzatdi. Bu Germaniyaga qilingan tajovuzni davom ettirish haqida qilingan taklifdan boshqa narsa emasdi. Angliya Ispaniya respublikasi taqdirida ham salbiy rol o'ynadi. 1936-yil avgustida Londonda Anghya hukumatining tashabbusi bilan Yevropa mamlakatlari Ispaniyaga qurol-yarog` (shu jumladan samolyotlar)ni eksport va tranzit qilishni taqiqlovchi Ispaniya ishlariga aralashmaslik to'g'risidagi bitimni imzoladilar. Bu taqiqning bajarilishini kuzatish va nazorat qilish uchun ingliz lord Plimut rahbarligida Aralashmaslik qo'­mitasi tuzildi. Bu qo'mita fashist davlatlariga Ispaniya respublikasini yo'q qi­lishga ko'maklashdi. U Ispaniyaga respublika uchun kurashayotgan respubli­kachi va demokratlar uchun qurol-yarog' va hatto oziq-ovqat keltirilishining yo'­lini to'sdi va fashist isyonchilarini ta'minlash uchun barcha yo'llarni ochib berdi.
N. Chemberlenning Gitlerni «tinchlantirish» siyosati
Angliya hukmron doiralarining xatoliklari Bosh vazirning almashuvida ham o'z aksini topdi. 1937-yil 28-mayda Angliya Bosh vaziri qilib Konservativ partiyaning rahbari N. Chemberlen (1869—1940) tayinlandi. U parlamentda 1918-yildan 1937-yilgacha konservatorlar partiyasi nomidan ishtirok etib, konservatorlarning hukumatlarida muhim lavozimlarni egallab kelgan edi. U Bosh vazir kursisini 1937-yil 28-mayda egalladi va 1940-yil 10-maygacha, jamoalar palatasi uning iste'foga chiqarilishi uchun ovoz berib, o'rniga Uinston Cherchillni saylagunga qadar faoliyat ko'rsatdi. Uch yil davomida N. Chemberlen Gitlerni ko'p sonli yon berishlar yo'li bilan «tinchlantirish» siyosatining tashabbuskori va ijrochisi bo'ldi. N. Chemberlenning siyosiy maqsadi to'rt davlat — Angliya, Germaniya, Italiya va Fransiya o'rtasida bitim tuzishdan iborat edi. Uning fikricha, bunday bitim Yevropaning qolgan qismiga hukmini o'tkazuvchi ittifoqning tuzilishiga olib kelardi. Shu sababli N. Chemberlen hukumatining tashqi siyosati Germaniya bilan murosa yo'llarini izlashdan iborat bo'ldi. N. Chemberlen sharmandali Myunxen kelishuvining bosh muallifiaridan biri edi. Gitler o'zining Chexoslovakiyani to'liq yo'q qilish rejalarini yashirmas va bu bilan Sudet viloyati faqat boshlanishi ekanini uqtirardi. N. Chemberlen bunga qarshilik bildirmadi va Chexoslovakiya hukumatidan Gitlerning Sudet viloyatini berish to`g`risidagi talabini qondirishni talab qildi. Myunxendan qaytganidan so'ng N. Chemberlen butun bir avlod ' uchun tinchlik keltirganini barchaga uqtirdi. Bu juda katta xato edi. Angliya urush va sharmandalik o`rtasida o`ziga yo'l qidirdi. U sharmandalik yo'lini tanladi va bu yo'l so'ng urushga olib bordi. N. Chemberlenning Myunxendagi xatosi uning o`ziga ham qimmatga tushdi. Angliya hukumat doiralarida parchalanish ro'y berdi. U. Cherchill Myunxen siyosatini qat ly qoralagan parlamentning konservativ a'zolari guruhini boshqardi. Hukumatning qator a'zolari iste'foga chiq­dilar. N.Chemberlenning hukumat tepasida saqlanib qolinishi mo"jiza bo'ldi.

Download 30.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling