8-§. 1918-1929-yillarda buyuk britaniya birinchi jahon urushidan so'ng Buyuk Britaniya iqtisodiyoti


Download 30.06 Kb.
bet12/14
Sana30.01.2023
Hajmi30.06 Kb.
#1140377
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1918-1929-YILLARDA BUYUK BRITANIYA

Urushga tayyorgarlik
Ko'p o'tmay Angliya hukumati Germaniya Sharqda Sovet Ittifoqiga qarshi emas, G`arbda Angliya va Fransiyaga qarshi urush boshlashi mumkinligi to g nsidagi ma'lumotni qo'lga kiritdi. Bu ma'lumot 1937yildayoq Gitlerning G'arbda urush boshlash, awal Versal bitimi mualhflari va yirik mustamlakalar egalarini bir yoqli qmb, so'ng Sharqqa yuz burish niyatida ekanidan dalolat berardi. Angliya hukmron doiralari mudofaa qobiliyatini kuchaytmsh bo'yicha shoshilinch choralar ko'ra boshladilar qator mamlakatlarga harbiy kafolatlar berib, o`zlariga lttifoqchilar qidirdilar. Angliya armiyasini qurollantirishga xarajatlar 1938-yildagiga nisbatan ikki baravar oshirildi 1939-yil iyunida xarajatlar miqdori yana oshirildi. Harbiy doktrinaga ham o'zgartirish kiritildi. Angliya hukumati faqat o'zini emas, Fransiyani ham mudofaa qilish ehtimolidan kelib chiqdi. Yevropa qit'asida 19 piyoda va 2 kavaleriya diviziyasidan iborat Angliya ekspeditsiya korpusini tashkil qilish to'g'risida qaror qabul qilindi. 1939-yil 15aprelda Angliya tarixida birinchi marta tinch davrda umumiy harbiy majburiyat joriy qilindi. 1938-yil oxiriga kelib Angliya aviatsiyasi son jihatidan o'sdi va sifat jihatidan Germaniya aviatsiyasidan ustun yangi samolyotlar bilan ta'minlandi. Ushbu yillarda Angliya armiyasi ixtiyorida Ikkinchi jahon urushi yillari nom chiqargan «Spitfayr» va «Xarriken» qiruvchi samolyotlari hamda Angliya aviatsiyasiga havoda to'la ustunlik qilish imkonini bergan radar qurilmalari paydo bo'ldi. Shunga qaramay, bu agressiyachiga qarshi mudofaaga tayyorgarlik emas, G'arb mamlakatlariga qarshi ekspansiyaning oldini olish maqsadida ularga ta'sir ko'rsatish vositasi edi.
1939-yil martida N.Chemberlen Polshaga harbiy kafolatlar berilishini ma'lum qildi. Xuddi shunday kafolatni Polshaga Fransiya ham berdi. Bu Germaniya Polshaga hujum qilgan taqdirda Angliya va Fransiya unga barcha, shu jumladan, harbiy vositalar bilan ham yordam ko'rsatishini anglatardi. Shunday kafolatlar Gretsiya va Ruminiyaga ham berildi. Biroq, bu «kafolat»larga juda kam odam ishonardi. N. Chemberlen hanuz Germaniya bilan dunyoni bo'lib olish va Sovet Ittifoqiga qarshi salib yurishi uyushtirish to'g'risida yaxshilikcha kelishish mumkinligiga ishonardi. U o'zaro teng bitim tuzishni istardi, harbiy tayyorgarliklar va ittifoqchilar Angliya marralarini Germaniya bilan bo'lajak muzokaralarda kuchaytirishga urinish edi. Buni Angliya hukmron doiralarining barcha vakillari yaxshi tushunishardi, shu sababli N. Chemberlenning Gitlerni «tinchlantirish» siyosatiga qarshiligi kuchayib borardi. U. Cherchill (1874—1965) boshchiligidagi konservatorlar guruhining mavqei ham kuchaymoqda edi. Germaniya armiyasi Pragaga kirgan damda U. Cherchill, A. Iden, D. Lloyd-Jorj, leyboristlar partiyasi rahbarlari va boshqa ko'plab siyosiy arboblarning urush muqarrar ekani va faqat Rossiya bilan til topishishgina vaziyatni o'zgartirishi mumkinligiga ishonchlari komil edi. Angliya jamoatchiligining ko'pchilik vakillari ham shu fikrda edilar.

Download 30.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling