Harbiy-vatanparvarlik va harbiy sanʼat tarixi

Download 1.7 Mb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1573408
  1   2   3   4
Bog'liq
8-mavzu-t-ch

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARINING ICHKI XIZMAT NIZOMI. HARBIY XIZMATCHILARNING UMUMIY MAJBURIYATLARI. HARBIY UNVONLAR. BOSHLIQLAR VA BO‘YSUNUVCHILAR, KATTALAR VA KICHIKLAR

Buni bilasizmi?

  • Qurolli Kuchlar faoliyatida nizomlar qanday ahamiyatga ega?
  • Farqlovchi nishonlar deb nimaga aytiladi?
  • Boshliq va bo‘ysunuvchi deb kimlarni aytish mumkin?
  • Qanday unvon turlarini bilasiz?

TAYANCH TUSHUNCHALAR

Umumharbiy nizomlar – harbiy xizmatning qonun va qoidalari majmui.

Farqlovchi nishonlar harbiy xizmatchilarning rusumli kiyimidagi belgilar bo‘lib, harbiy xizmatchining personal harbiy va maxsus unvoni, qaysi qo‘shin turiga tegishli ekanligini bildiradi.

Boshliq – bo‘ysunuvchiga buyruq berish va uning ijrosini talab qilib olish huquqiga ega mansabdor shaxs.

Bo‘ysunuvchi – boshliq buyruqlarini so‘zsiz bajarishga majbur harbiy xizmatchi.

Harbiy nizomlar – qurolli kuchlar va qo‘shin turlarining qo‘shilma, qism va bo‘linmalaridan jangovar harakatlarda foydalanish prinsiplari, ularning maqsadlari, vazifa va usullarini, harbiy xizmatchilarning majburiyatlarini, ular orasidagi o‘zaro munosabatlarni, kundalik turmush faoliyatini, harbiy xizmatni tashkil etish, o‘tash yo‘l-yo‘riqlarini o‘rgatuvchi hamda odob-axloq normalarini va harbiy nizomni mustahkamlash asosini belgilab beruvchi rasmiy meʼyoriy huquqiy hujjatlar.

Harbiy nizomlar jangovar va umumharbiy turlarga bo‘linadi. Jangovar nizomlar qurolli kuchlar qism va bo‘linmalari turlarining jangovar tayyorgarlik asoslari hamda jangovar harakatlarni olib borishni belgilab beradi. Umumharbiy nizomlar harbiy xizmatchilarning o‘zaro munosabatlari, ularning umumiy va lavozimga oid majburiyatlari, huquqlari, ichki, garnizon va qorovullik xizmatlarini o‘tash tartiblari va boshqalarni belgilovchi Qurolli Kuchlarning hamma turlari uchun umumiy majburiy qoidalardan iborat bo‘ladi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling