Harbiy-vatanparvarlik va harbiy sanʼat tarixi


Download 1.7 Mb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1573408
1   2   3   4
Bog'liq
8-mavzu-t-ch

Harbiy nizomlar jangovar va umumharbiy turlarga bo‘linadi. Jangovar nizomlar qurolli kuchlar qism va bo‘linmalari turlarining jangovar tayyorgarlik asoslari hamda jangovar harakatlarni olib borishni belgilab beradi. Umumharbiy nizomlar harbiy xizmatchilarning o‘zaro munosabatlari, ularning umumiy va lavozimga oid majburiyatlari, huquqlari, ichki, garnizon va qorovullik xizmatlarini o‘tash tartiblari va boshqalarni belgilovchi Qurolli Kuchlarning hamma turlari uchun umumiy majburiy qoidalardan iborat bo‘ladi.

Umumharbiy nizomlar – harbiy xizmatning qonun va qoidalari majmui.

Farqlovchi nishonlar harbiy xizmatchilarning rusumli kiyimidagi belgilar bo‘lib, harbiy xizmatchining personal harbiy va maxsus unvoni, qaysi qo‘shin turiga tegishli ekanligini bildiradi.

Boshliq – bo‘ysunuvchiga buyruq berish va uning ijrosini talab qilib olish huquqiga ega mansabdor shaxs.

Bo‘ysunuvchi – boshliq buyruqlarini so‘zsiz bajarishga majbur harbiy xizmatchi.

Ichki xizmat nizomi Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining umumiy huquqlari, majburiyatlari va ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni, mansabdor shaxslarning asosiy majburiyatlarini, shuningdеk, ichki tartib qoidalarni bеlgilaydi.

Ichki xizmat harbiy qismning doimiy jangovar shayligini, shaxsiy tarkib taʼlimini, kundalik faoliyat davomida berilgan vazifalarini uyushgan holda bajarishni va harbiy xizmatchilar sog‘ligini saqlashni taʼminlovchi harbiy intizomni saqlab turish uchun mo‘ljallangan.

HARBIY XIZMATCHI

fuqarolarning qurolli kuchlar harbiy qismlari va muassasalarida harbiy majburiyatni bajarishdan iborat davlat xizmati turi.

qurolli kuchlar qo‘shinlari tarkibida Vatan oldidagi muqaddas burchini bajarayotgan davlat fuqarosi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar oddiy askarlar, serjantlar va ofitsyerlar tarkibiga bo‘linadi.

Harbiy xizmatchilarning umumiy majburiyatlari

  • harbiy qasamyodga sodiq qolish, o‘z xalqiga fidoyilarcha xizmat qilish, O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat mustaqilligi va hududiy butunligini so‘ngi tomchi qoni qolguncha himoya qilish;
  • o‘z davlati Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya qilish, harbiy nizomlar talablarini bajarish;
  • harbiy xizmat mashaqqatlariga sabot bilan chidash;
  • o‘ziga ishonib topshirilgan qurol-aslaha va harbiy tеxnikani bilish va ishlatish, doimiy shaylikda saqlash;
  • halol, intizomli va jasur bo‘lishga;
  • komandirlarga so‘zsiz bo‘ysunish va ularni jangda himoya qilish, harbiy qism Jangovar Bayrog‘ini qo‘riqlash;
  • askariy yurish-turish qoidalariga rioya qilish va harbiycha salom bеrishni bajarish, har doim rusum bo‘yicha, ozoda va saranjom kiyinish.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling