8-dars. 10-sinf. 2-bo`lim. Harbiy xizmat asoslari


Download 0.53 Mb.
bet1/2
Sana09.04.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1344688
  1   2
Bog'liq
10-sinf. 8-dars. Kengaytirilgan bayonnoma (2)


“Tasdiqlayman”
26-maktab direktori: B.Qodirov
“____” ____________ 2022 yil


8-dars. 10-sinf.
2-bo`lim. HARBIY XIZMAT ASOSLARI.
3-mavzu. Oʻzbekiston Respublika Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomi.
1-mashgʻulot. Nazariy. Harbiy xizmatchilarning umumiy majburiyatlari. Harbiy unvonlar. Boshliqlar va boʻysunuvchilar, kattalar va kichiklar.
Maqsadi. O`quvchilarga Harbiy xizmatchilarning umumiy majburiyatlari. Harbiy unvonlar. Boshliqlar va boʻysunuvchilar, kattalar va kichiklar.to`g`risida tushuncha berish. Mavzuni tushuntirish davomida ularni Qurolli Kuchlar umumharbiy nizomlariga xurmat va nizom talablariga itoat ruxida tarbiyalash.
Uslubi. Suxbat, xikoya.
O`quv savollari. 1.Harbiy xizmatchilarning umumiy majburiyatlari. 2.Harbiy unvonlar. 3.Farqlovchi nishonlar. 4.Boshliqlar va boʻysunuvchilar. 5.Kattalar va kichiklar.
Vaqti.45 daqiqa.
Joyi. CHQBAT xonasi.
O`MT.Darslik, Ichki xizmat nizomi, mavzuga oid jixozlar.


Darsni o`iish tartibi va uslubiy tavsiyalar
Kirish qismi.
Asosiy qism. Yangi mavzu bayoni.
1-o`quv savoli. Harbiy xizmatchilarning umumiy majburiyatlari.






1-rasm. Ichki xizmat nizomi.

Ichki xizmat nizomi Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining umumiy huquqlari, majburiyatlari va ular o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni, mansabdor shaxslarning asosiy majburiyatlarini, shuningdek, ichki tartib qoidalarni belgilaydi. Ushbu nizomning talablari bo`yicha harbiy qismlarda harbiy xizmatchilarning hayoti, turmushi va o`qish jarayoni tashkil etiladi. Bunda harbiy xizmatchilar o`rtasidagi munosabatlar qanday bo`lishligi, harbiy xushmuomalalik qoidalari, askarlarning majburiyatlari, ichki xizmatni o`tash tartibi belgilab berilgan.


Harbiy xizmatchi quyidagilarga mas`uldir:
- harbiy qasamyodga sodiq qolishga, o`z xalqiga fidoyilarcha xizmat qilishga, O`zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi va hududiy butunligini so`ngi tomchi qonigacha himoya qilishga;
- o`z davlati konstitutsiyasi va qonunlariga qat`iy rioya qilishga, harbiy nizomlarning talablarini bajarishga;
- harbiy xizmat mashaqqatlariga sabot bilan chidashga;
- o`ziga ishonib topshirilgan qurol-aslaha va harbiy texnikani bilish va ishlatishga doimiy shaylikda saqlashga;
- halol, intizomli va jasur bo`lishga;
- komandirlarga so`zsiz bo`ysunish va ularni jangda himoya qilishga, harbiy qism Jangovar Bayrog`ini qo`riqlashga:
- askariy yurish-turish qoidalariga rioya qilishga va harbiycha salom berishni bajarishga, har doim rusum bo`yicha, ozoda va saranjom kiyinishga.
Bugungi kunda Qurolli Kuchlarimiz jangchilari o`z majburiyatlariga sodiq qolib SHiroq, Najmiddin Kubro, To`maris, Muqanna, general S. Rahimov kabi ajdodlarimiz jasoratlarini davom ettirmoqdalar.
1999-2000 yillarda yurtimiz hududlariga bir guruh tajovuzkor bosqinchilar bostirib kirganda jonlarini fido qilsalarda Vatanimizni himoya qildilar. Bularga yurtdoshlarimiz Sobirov SHuhratbek, Jalilov Mahmud, Mirzaev Asilbek va ularning boshqa jonfido safdoshlarini qo`shishimiz mumqin.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling