8-§. 1918-1929-yillarda buyuk britaniya birinchi jahon urushidan so'ng Buyuk Britaniya iqtisodiyoti


-yilgi yalpi ish tashlash va uning yakunlari


Download 30.06 Kb.
bet6/14
Sana30.01.2023
Hajmi30.06 Kb.
#1140377
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1918-1929-YILLARDA BUYUK BRITANIYA

1926-yilgi yalpi ish tashlash va uning yakunlari
Stenli Bolduin 1924-yilda hukumatga qaytib keldi va 1929-yilgacha Bosh vazir bo'lib turdi. Iqtisodiyotdagi turg'unlik hamon bosh muammo bo'lib qolmoqda edi. Ishbilarmonlar va siyosiy arboblar qachonlardir jahon bozorida Britaniya hukmronligining asosi bo'lgan hamda Britaniya sanoatining yuksak foyda olishini ta'minlagan tijorat erkinligini tiklashni talab eta boshladilar. Ammo buning uchun, eng awalo, ingliz valyutasining (funt sterling) oltin asosini yaratish lozim edi. Faqat shunday tadbirgina ingliz pul tizimining oldingi barqarorligini tiklashi mumkin edi. Ammo hukumat boshqa mamlakatlarning pul birliklariga nisbatan tuntning qiymatini yuksak darajada belgilaganligi tufayli ingUz mahsulotlarining narxlari keskin oshib ketdi, natijada ingliz mahsulotlari raqobatga bardosh berohnaydigan bo'lib qoldi. Bu esa turg'unlikni yanada kuchaytirdi va ishsizUkni keskinlashtirdi.
Inghz sanoatchilari ko'pgina salbiy oqibatlarga ohb kelishi mumkin bo'lgan eng so'nggi choraga qo'l urdilar — ishchilarning usiz ham past darajada bo'lgan ish haqini qisqartirishga qaror qildilar. Dastlab ko'mir sanoatidan boshlashga ahd qilindi. Chunki u ingliz sanoatining energetik asosini tashkil etardi. Ko'mir tannarxining pasaytirilishi boshqa sohalarda ish haqini kamaytirmasdan tannarxni pasaytirishga olib kelishi mumkin edi. Ammo konchilarning ish haqini qisqartirishga urinishi barcha ishchilarning keskin noroziligini uyg'otdi. Hukumat konchilarning ish haqi darajasini saqlab turish uchun tog'-kon sanoatiga moddiy yordam berishga qaror qildi. Ammo berilgan moddiy yordam bor-yo'g'i bir yilga yetdi. 1926-yil mayida kon egalari ish haqi pasaytirilishini e'lon qildi. Bunga javoban Tredyunionlar Bosh kengashi (ingliz kasaba uyushmalarining rahbar organi) barcha ishchilarni yalpi ish tashlashga chaqirdi. 1926-yil 4-mayda Angliyada ishchilarning yalpi ish tashlashi boshlandi. Sanoatning ish tashlagan sohalarida faoliyat tamomila to'xtadi.
Joylarda harakat kengashlari tuzilib, ular amalda hokimiyat organlariga aylandilar. Davlat muassasalari yonidagi namoyishlar ularning ishini qiyinlashtirib qo'ydi. Ish tashlashlar iqtisodiy doiradan chiqib, siyosiy nizoga aylanishi xavfi tug'ildi. O'sha kunlari turli mamlakatlarning ishchilari ingliz ishchilari bilan birdam ekanliklarini namoyish etdilar. Angliyaga jo'natilishi mo'ljallangan yuklarni ortish to'xtatib qo'yildi. Ish tashlagan ingliz ishchilari jamg'armasiga mablag'lar to'plandi.
Ishchilar o'z harakatlarini g'alabaga qadar davom ettirishga rozi edilar. Ammo ularning yetakchilari— Leyborist partiyasi ijroiya qo'mitasi va Tred-yunionlar Bosh kengashi kurash eng qizigan paytda — 1926-yil 12-mayda uni to'xtatishga qaror qildilar. Konchilar 1926-yil dekabr oyigacha chidadilar, faqatgina barcha imkoniyatlari tugagach, ishga qaytdilar. Angliyaning eng qudratli kasaba uyushmasi— Konchilar federatsiyasi kurashni davom ettirish imkoni yo'qligiga ishonch hosil qilgach, ishchilarni o'z ish joylariga qaytishga da'vat etdi.
Ishchi tashkilotlarining rahbarlari ishchilarning mag'lub bo'lishidan ko'ra, ularning g'alaba qozonishidan ko'proq qo'rqardilar. Chunki bunday kurashning siyosiy nizoga aylanib ketishidan nihoyatda cho'chirdilar. Kasaba uyushmalari rahbarlari Britaniya ijtimoiy-siyosiy tizimining tarkibiy qismiga aylangan va bu tizimni saqlash, Britaniya iqtisodiyotining barqarorligini ta'minlash borasida ko'proq tashvishlanardilar.

Download 30.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling