8-§. 1918-1929-yillarda buyuk britaniya birinchi jahon urushidan so'ng Buyuk Britaniya iqtisodiyoti


Stenli Bolduin (1867—1947) — Buyuk Britaniyaning 1923-1924, 1924-1929, 1935-1937-yillardagi Bosh vaziri. Fashizm bosqiniga qarshi bee'tibor siyosat olib borgan


Download 30.06 Kb.
bet3/14
Sana30.01.2023
Hajmi30.06 Kb.
#1140377
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1918-1929-YILLARDA BUYUK BRITANIYA

Stenli Bolduin (1867—1947) — Buyuk Britaniyaning 1923-1924, 1924-1929, 1935-1937-yillardagi Bosh vaziri. Fashizm bosqiniga qarshi bee'tibor siyosat olib borgan.
Britaniya saylovchilari ham bu siyosatni rad etdilar va 1923-yil dekabrida bo'lib o'tgan saylovlarda konservatorlar parlamentdagi nisbatan ko'pchilik mavqeini boy berdilar. Liberal partiya endiUkda muxolif partiya rolini bajara olmas edi. Ikki partiyali tizimda uning o'rnini egallaydigan yangi kuch zarur edi. Qirol Georg Beshinchi 1923-yil 23-dekabrda Leyborist partiyasi rahbari Ramsey Makdonaldga Angliya tarixida birinchi marta leyboristlar hukumatini tuzishni topshirdi.
Ramsey Makdonald (1866—1937) — Buyuk Britaniya Leyboristlar partiyasining asoschisi va liderlaridan biri. 1924 va 1929-1931 -yillarda mamlakat Bosh vaziri bo'lgan. 1931—1935-yillarda koalitsion hukumatni boshqargan.
Ammo leyboristlar hukumati saylov kampaniyasi mobaynida va'da qilgan eng juz'iy rejalarini amalga oshira olmadi. 1924-yil 8-oktabrda parlamentda Makdonald hukumatiga ishonchsizlik bildirildi. 29-oktabr kuni esa yangi parlamentga saylovlar bo'lib o'tdi. Unda konservatorlar g'alaba qozonib, parlamentda 413 o'rin oldilar (leyboristlar 151 o'rin, liberallar 40 o'rin oldi).
Liberal partiya o'rnini Leyborist partiya egalladi. Nomiga ko'ra (ingl. Labour — mehnat) u ishchilar partiyasi bo'lsa ham, amalda Buyuk Britaniya hukmron doiralari manfaatlariga javob beruvchi siyosat olib borardi. Ingliz ishchilar sinfi Leyborist partiya siyosatiga ta'sir o'tkazishning samarali vositasiga ega edi. Bu ingliz kasaba uyushmalari (tred-yunionlar) bo'lib, u ishchilar harakatiga yetakchilik qilardi. Urush paytida ingliz kasaba uyushmalarining saflari o'sdi va tashkiliy jihatdan takomillashdi. 1918-yilda Angliya kasaba uyushmalari a'zolari soni 6,5 millionga yetdi (urushgacha 2,5 million edi). Yangi kasaba uyushmalari paydo bo'ldi, ular ishchilarning turmush sharoitlarini yaxshilash, ish haqini oshirish uchun yanada faol kurash olib borishni talab eta boshladilar.

Download 30.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling