8-§. 1918-1929-yillarda buyuk britaniya birinchi jahon urushidan so'ng Buyuk Britaniya iqtisodiyoti


Konservatorlar (lotincha «conser vator» — «muhofazakor», «saqlovchi») — konservativ qarashlar maslakdoshlari, u yoki bu islohotlar yohud o'zgarishlarga qarshilar


Download 30.06 Kb.
bet4/14
Sana30.01.2023
Hajmi30.06 Kb.
#1140377
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1918-1929-YILLARDA BUYUK BRITANIYA

Konservatorlar (lotincha «conser vator» — «muhofazakor», «saqlovchi») — konservativ qarashlar maslakdoshlari, u yoki bu islohotlar yohud o'zgarishlarga qarshilar.
Tred-yunionlar (ingl. «trade» — «hunar, kasb» va «union» — «birlashma») — ingliz kasaba uyushmalari harakatidagi oqim. Asosiy maqsadi hayotning iqtisodiy shart-sharoitlarini yaxshilash uchun kurash.
Mazkur kuch mamlakat taqdirini keskin burib yuborish qudratiga ega edi. Kasaba uyushmalarida tashkilotchi yangi mahalliy rahbarlar (shop-styuardlar — sex yetakchilari) paydo bo'ldi. Ishchilar harakatini jipslashtirish va tashkiliy jihatdan mustahkamlash uchun harakat kengaya boshladi. 1918-yilda uch eng yirik va nufuzli konchilar, transportchilar va temiryo'lchilar kasaba uyushmalari o'zaro hamkorlik haqida Uchlar ittifoqini tuzdilar. Bu ittifoq umumiy talablar ishlab chiqish va zarur bo'lganda bir paytda ish tashlash maqsadida tashkil etilgan edi.
Shop-styuardlar — Angliyadagi fabrikalarda sex yetakchilari, korxonalarda ishchilar tomonidan saylanadigan vakillar. Turmush darajasini yuksaltirish uchun ommaviy ishchilar harakatining tashkilotchilari. Shop-styuardlarning harakatlari tred-yunionlarnikidan ko'ra keskinroq edi.
Lloyd-Jorj hukumatining siyosati
1918 -yil saylovoldi kampaniyasi paytida D. Lloyd-Jorj «mamlakatni jang maydonlaridan qaytayotgan qahramonlarga munosib» qilish to'g'risida ko'p gapirdi. Amalda esa bunday bo'lmadi. 1924-yildan keyingi bir necha yilni hisobga olmaganda, Britaniya iqtisodiyoti butun yigirmanchi yillar mobaynida chuqur tushkunlik (depressiya) holatida bo'ldi. Angliyani urushdan keyingi tiklash rejasi amalga oshmadi. Ishsizlik 10—11 foiz darajada bo'ldi. D. Lloyd-Jorj hukumati ishsizlarga, beva va yetimlarga yordam puli berishni yaxshilaydigan sug'urta siyosati ishlab chiqdi. Ammo ishsizlikni yo'qotadigan darajada ish o'rinlari yarata olmadi.
Depressiya (lotincha «depressio» — «tushkunlik»)— ' ortiqcha ishlab chiqarish inqirozidan so'ng ro'y beradigan, iqtisodiyot turg'unligi, tovarlarga talab kamligi, ommaviy ishsizlik bilan tavsiflanadigan davr.
Lloyd-Jorj hukumati (1918—1922) Angliyaning xalqaro mavqeini saqlab qolishga intildi. U Rossiyaning ichki ishlariga qo'pol ravishda aralashdi. Ingliz qo'shinlari Murmansk va Arxangelsk shaharlariga kiritildi, mahalliy hokimiyat ag'darildi. 1918-yil yozida ingliz qo'shinlari Ashxobod va Boku shaharlarini egalladilar va Kaspiy dengizida o'z flotiliyalarini yaratib, dengizdagi barcha qatnovni nazorat ostiga oldilar. Shuningdek, ular Boku-Batumi temir yo'li ustidan nazorat o'rnatdilar, Gruziya, Ozarbayjon va Armanistonda mustaqil hukumatlar tuzilishiga ko'maklashdilar. Angliyaning maqsadi Rossiyani bo'lib yuborish, 1916-yilda Fransiya bilan bitimda qayd etilgan va 1918-yil 13-noyabrda tasdiqlangan hududlar ustidan o'z hukmronligini o'rnatish edi. Angliyaning o'zida Rossiyaga qarshi harbiy yurish xalqning keskin noroziligi va namoyishlariga sabab bo'ldi. Ingliz hukumati qurolli yo'l bilan Rossiya hukumatini yo'q qilishga urinishdan voz kechishga majbur bo'ldi. Bu esa Lloyd-Jorj hukumatiga berilgan og'ir zarba edi.
Ammo Angliya Parij konferensiyasida yirik muvaffaqiyatni qo'lga kiritdi. Konferensiyada ishlab chiqilgan shartnomaga ko'ra, eng ko'p harbiy o'lja — mustamlaka hududlar unga tegdi. Angliya Fransiyaning Yevropa qit'asida hukmron mavqega erishishiga yo'l qo'ymadi, Tinch okeanidagi o'z mavqeini ham, Yaponiya kabi ittifoqchisini yo'qotish evaziga bo'lsa-da, saqlab qoldi. Umuman, VersalVashington tartibining yaratilishi uning nazorati ostida va unga qulay yo'nalishda kechdi.
Angliya strategik jihatdan muhim O'rta Yer dengizi hududida tayanch nuqtasiga ega bo'lishni istar edi. Kipr Angliya tasarrufida bo'lib, Gretsiyani ham o'z ta'sir doirasiga olish O'rta Yer dengizi mintaqasi taqdirida Angliyaning rolini oshirib yuborar edi.
Angliyaning rejalarini Turkiya buzib yubordi. 1920-yilda Izmirning greklar tomonidan bosib olinishi bilan boshlangan grek-turk urushi 1922-yilgacha davom etdi. Angliya Egey dengizining har ikki tomonida Buyuk Gretsiya davlatini yaratish niyatida bo'lgan greklarning da'vosini qo'llabquwatladi. Ingliz siyosatining mohiyatini yaxshi tushungan Fransiya va Italiya esa Gretsiyaning kuchayishiga qarshi chiqdilar. Angliya Birinchi jahon urushidan keyin birinchi marta yakkalanib qoldi.
1922-yil 9-sentabrda Muddaniya yaqinidagi jangda grek qo'shinlari tor-mor etildi va turk qo'shinlari Izmirga kirdi. Angliyaning Turkiyaga qarshi urushda yordam so'rab Yugoslaviya va Ruminiyaga qilgan murojaatlaridan natija chiqmadi. U o'ziga qaram davlatlardan ham rad javobi oldi. Birinchi jahon urushida g'alaba qozongan Angliya turk milliy-ozodlik harakati bilan urushda mag'lub bo'ldi.
Grek-turk urushidagi bu mag'lubiyat Lloyd-Jorj hukumatining ham mag'lubiyati edi. Lloyd-Jorjga qarshi matbuotda ayovsiz kampaniya boshlandi. Raqiblari uni «urushni yutib, tinchMlcni boy berganlikda» aybladilar. Ammo tashqi siyosatdagi xatolar bilan birga ichki siyosiy muammolar ham talaygina edi. Mamlakat oldida ulkan iqtisodiy qiyinchiUklar turardi. Sanoatning ayrim sohalari izdan chiqqan, ishsizlik ko'payib borardi.

Download 30.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling