8-§. 1918-1929-yillarda buyuk britaniya birinchi jahon urushidan so'ng Buyuk Britaniya iqtisodiyoti
Tarixiy ma'lumot Angliya qirollari
Download 30.06 Kb.
|
1918-1929-YILLARDA BUYUK BRITANIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodiy ozgarishlar
Tarixiy ma'lumot Angliya qirollari
1837—1901-yillar — Viktoriya 1901—1910-yillar - Eduard VII 1910—1936-yillar - Georg V 1936-yil yanvar, dekabr — Eduard VIII 1936—1952-yillar - Georg VI Hukumat rahbarlari 1895—1902-yillar — R. S. Solsberi 1902-1905-yillar - A. J. Balfur 1905—1908-yillar — G. Kempbel-Bannerman 1908—1916-yillar - G. Askvit 1916-1922-yillar - D. Lloyd-Jorj 1922—1923-yillar — A. Bannar-Lou 1923—1924-yillar - S. Bolduin 1924-yil yanvar, noyabr — R. Makdonald 1924-1929-yillar - S. Bolduin 1929—1935-yillar - R. Makdonald 1935—1937-yillar - S. Bolduin 1937—1940-yillar - N. Chemberlin 1940—1945-yillar - U. Cherchill Mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodiy o'zgarishlar 1930-yil bahorida Angliyani yana sinfiy kurash to'foni larzaga soldi. Butun mamlakat ishsizlarning harakatida ishtirok etdi. 1930-yil martdan aprelgacha ishsizlar va ochlarning ommaviy yurishi bo'lib o'tdi va u Londonda Gaydparkdagi ulkan namoyish bilan yakunlandi. Angliyada vaziyat kundan-kunga keskinlashib borardi. Ishlab chiqarishda ommaviy ish tashlashlar boshlandi, tadbirkorlar bunga javoban ommaviy ishdan bo'shatishlar bilan javob berdilar. Faqat to'qimachilik sanoatida 250 ming ishchi, temir yo'llar, junni qayta ishlash sanoatining yuz minglab ishchilari ishdan bo'shatildi. Angliya hukmron doiralari yirik siyosiy nayrangni amalga oshirishga ahd qildilar. 1931-yil avgustida R. Makdonald hukumati iste'foga chiqdi, biroq ertasi kuniyoq qirol Georg V (1865-1936, 1910—1936-yillarda hukmronlik qilgan) unga hamkorlik asosida konservatorlar ishtirokida yangi hukumat tashkil qilish vazifasini topshirdi. Hukumatdagi ko'pchilik o'rin konservatorlarga tegishli edi, biroq Bosh vazir kursisida Makdonald qoldirildi. Bu yangi siyosiy hiyla-nayrang bo'lib, unda leyboristlar rahbarlik, konservatorlar esa hukmronlik qilardilar. Yangi hukumat mehnatkashlarning ijtimoiy imtiyozlariga qarshi yoppasiga hujum boshladi. Ishsizlik bo'yicha nafaqa 10% ga pasaytirildi, harbiy-dengiz floti shaxsiy tarkibining maoshi qisqartirildi. Angliya valyutasi oltin qiymatining bekor qilinishi ingliz xalqiga berilgan qattiq zarba bo'ldi. Funt sterlingni oltinga almashtirish barham topdi. Oltin bilan ta'minlashning to'xtatilishi kutilgan natijani bermadi. Angliya iqtisodiyotini jonlantirish o'rniga u funt sterlingning qadrsizlanishiga olib keldi — 1931-yil dekabrida u oldingi qiymatining faqat 70% ini tashkil qildi. Pul qadrining tushishi Angliya sanoat mahsulotlarining qimmatlashishi va raqobatbardoshligining zaiflashishiga olib keldi. Ommaviy norozilikning kuchayishi sharoitida konservatorlar parlamentda ko'pchilik ovoz olish va xalqqa qarshi faoliyatni to'siqsiz amalga oshirish umidida yangi parlament saylovlarini o'tkazishni talab qila boshladilar. Saylovlar 1931-yil oktabr oyida o'tkazildi. Natsional-leyboristlar, konservatorlar va liberallardan saylovoldi «milliy koalitsiyasi» tuzilib, u ko'pchilik ovoz bilan g'alaba qozondi. U parlamentda 497 o'rin oldi, bu unga 330 mandatga ustunlikni ta'minladi va har qanday qonun va qarorlarining o'tishini to'la kafolatladi. Hokimiyat to'liq konservatorlar t qo'lida edi, biroq bosh vazir etib yana leyboristlar partiyasining sobiq rahbari R. Makdonald tayinlandi. Download 30.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling