D. K. S. Makdonald. Termoelektrik hodisalar negiziga kirish


Download 0.64 Mb.
bet1/35
Sana14.01.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1092928
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
Макдональд4


D. K. S. Makdonald.

Termoelektrik hodisalar negiziga kirish.


Kirish soʼzi.


Ushbu kichik kitobning yozilishiga sabab – birinchi navbatda mening xohishim va nashriyotning (noshirlarning) uni chop etish istagidir; oʼylaymanki koʼp kitoblarni yozishim ham shu sabablidir. Buni aytar ekanman, umid qilamanki, bu kitob oʼquvchilarning ikki guruhiga: yaʼni, birinchi elektron tashish hodisalari (elektr va issiqlik oʼtkazuvchanligi, termoelektrik hodisalar va hk.) boʼyicha tadqiqot boshlayotgan va bu predmetni nazariy jihatdan mustahkamlamoqchi boʼlgan eksperimentator-fiziklarga; ikkinchi elektron tashish jarayonlari sohasida mutaxassis boʼlmagan, ammo termoelektrik hodisalar va shunga yaqin masalalarda tadqiqot oʼtkazishni istagan nazariyachilarga foydali boʼladi.


Shuni maʼlum qilamanki, men masalaning barcha sohalarini qamrab olishga daʼvo qilmayman, asosan qattiq jismlarning oʼtkazuvchanligi bilan cheklanaman. Tajriba (eksperiment) natijalarida va ularni nazariya bilan solishtirishda yarimoʼtkazgichlardan koʼra koʼproq metallarga eʼtibor qaratdim. Chunki mening asosiy faoliyatim metallar bilan bogʼliq edi. Bundan tashqari, men oʼtkazgichlarni hech qanday tashqi “taʼsir”siz qarash (oʼrganish) bilan cheklandim. Demak, bosimni, siqilishini yoki magnit maydonining taʼsirini muhokama qilmayman. Bundan yana shu narsa kelib chiqadiki, biz kubik simmetriyali oʼtkazgichlar haqida gap yuritamiz, yaʼni termoelektrik xossalar skalyar kattaliklar boʼlib, kristall oʼqlarining qanday tuzilishi (joylashuvi)ga bogʼliq emas. Bu xossa albatta kubik kristallarda elektr va issiqlik oʼtkazuvchanligiga ham tegishli.
Yaqinda taqrizchi muallifning sahifa ostiga yozadigan izohlariga, uning taʼbiri bilan aytganda, “duduqlanish”lariga rozi boʼldi. Bu kitob sahifa osti izohlariga toʼla, ammo men aslo ularni “duduqlanish” deya olmayman. Har holda bu izohlar foyda keltirishi koʼzda tutilgan, lekin ularni oʼqish shart emas.
Men hamkasblarim, xususan, doktorlar V.B. Pirson, J.S. Dugdal, А.M Gunalt, J. Fischer, I. Muser va I.M. Templtonlardan koʼpgina foydali muhokamalari uchun minnatdorman.

Men yana missis T.F. Ermitejdan qoʼlyozma tayyorlashda charchamasdan qilgan mehnatlari va kitobni birgalikda koʼrib chiqishdagi fidokorona yordami uchun minnatdorman. Hamda missis T.F. Ermitej va Eylindan kitobning grafikalarini tuzatishdagi yordamlari uchun ham minnatdorman. John Wiley va San, Ins xodimlariga kitobni tayyorlashdagi hamkorliklari uchun minnatdorchilik bildirishni burchim deb bilaman.


D. K. S. Makdonald


Dekabr 1961.



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling