1. Ijara shartnomasi va oldi-sotdi shartnomasi o’rtasidagi farq nima? Ijara shartnomasi


-modda. Pudrat ob’ektining tasodifan nobud bo`lish yokitasodifan shikastlanish xavfi


Download 168.3 Kb.
bet33/51
Sana26.01.2023
Hajmi168.3 Kb.
#1125344
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   51
Bog'liq
Fuqarolik huquqidan javoblar

667-modda. Pudrat ob’ektining tasodifan nobud bo`lish yokitasodifan shikastlanish xavfi
Agar pudrat ob’ekti nobud bo`lsa yoki shikastlansa, ob’ekt qabul qilib olingunga qadar uning tasodifan nobud bo`lish yoki tasodifan shikastlanish xavfi pudratchi zimmasida bo`ladi.668-modda. Bajarilayotgan ishlarning xavfsizligi uchun javobgarlik Bajarilayotgan ishlarning xavfsizligi uchun pudratchi javobgar bo`ladi.
669-modda. Qurilish ob’ektini sug`urtalash
Agar shartnomada taraflar boshqacha tartib va shartlarni belgilab qo`ygan bo`lmasalar, shartnomada nazarda tutilgan ob’ektni yoki ishlar majmuini pudratchi o`z hisobidan sug`urtalashi shart.
Sug`urtalash majburiyati yuklatilgan taraf qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan tartibda ikkinchi tarafga shartnoma shartlariga muvofiq sug`urta shartnomasi tuzganini tasdiqlovchi dalillarni, shu jumladan sug`urta qiluvchi, sug`urta summasi miqdori va sug`urtalangan tavakkalchiliklar to`g`risidagi ma’lumotlarni taqdim qilishi kerak.Sug`urtalash tegishli tarafni sug`urta hodisasi yuz berishining oldini olish chora-tadbirlarini ko`rish majburiyatidan ozod qilmaydi

66.Qurilish pudrati shartnomasida sifat kafolatlariga baho bering?
Pudratchidan qurilish pudrati shartnomasi bo`yicha bajarilgan ishlar natijasi yoki, agar shartnomada nazarda tutilgan bo`lsa, ishlarning bajarilgan bosqichi topshirishga tayyor еkanligi to`g`risida xabar olgan buyurtmachi darhol uni qabul qilib olishga kirishishi shart.Agar qurilish pudrati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, buyurtmachi ishlar natijasini qabul qilib olishni o`z hisobidan tashkil еtadi va amalga oshiradi. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ishlarni qabul qilib olishda davlat organlarining va fuqarolar o`zini o`zi boshqarish organlarining vakillari ishtirok еtishi lozim.Ishlarning alohida bosqichlarini oldindan qabul qilib olgan buyurtmachi ularning pudratchi aybdor bo`lmagan holda nobud bo`lish yoki shikastlanish xavfini, shu jumladan qurilish pudrati shartnomasida ishning pudratchi tomonidan tavakkal qilib bajarilishi nazarda tutilgan hollarda ham, o`z zimmasiga oladi.Ishlar natijasining pudratchi tomonidan topshirilishi va buyurtmachi tomonidan qabul qilib olinishi ikkala taraf imzolagan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Taraflardan biri dalolatnomani imzolashdan bosh tortsa, bu to`g`rida ushbu dalolatnomaga yozib qo`yiladi va dalolatnomani ikkinchi taraf imzolaydi.Sud dalolatnomani imzolashdan bosh tortish sabablarini asosli deb topsagina, ishlar natijasini topshirish yoki qabul qilishning bir taraflama dalolatnomasini haqiqiy еmas deb topishi mumkin.Qonunda yoki qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan yoki shartnoma yuzasidan bajariladigan ishning xususiyatidan kelib chiqqan hollarda ish natijasini qabul qilib olishdan oldin dastlabki sinov o`tkazilishi kerak. Bunday hollarda ishlar faqat dastlabki sinov ijobiy natija bergandagina qabul qilib olinishi mumkin.
Bajarilgan ishda undan qurilish pudrati shartnomasida ko`rsatilgan maqsadda foydalanish imkoniyatini bermaydigan kamchiliklar borligi aniqlangan va ularni pudratchi, buyurtmachi yoki uchinchi shaxs bartaraf еtishi mumkin bo`lmagan taqdirda, buyurtmachi ishlar natijasini qabul qilib olishdan bosh tortishga haqli



67.Loyiha va qidiruv ishlari loyihasi shartnomasi nima maqsadda tuziladi?
682-m Agar qurilish pudrati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, pudratchi qurilish ob’ektining loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan ko`rsatkichlarga еrishishini va ob’ektni kafolat muddati davomida shartnomaga muvofiq holda ishlatish mumkinligini kafolatlaydi. Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha kafolat muddati nazarda tutilgan bo`lmasa, kafolat muddati ob’ekt buyurtmachi tomondan qabul qilingan kundan boshlab o`n yilni tashkil еtadi.Agar pudratchi kafolat muddati davomida aniqlangan kamchiliklar (nuqsonlar) ob’ektning yoki uning qismlarining normal еskirishi, uning noto`g`ri ishlatilishi yoxud buyurtmachining o`zi yoki u jalb qilgan uchinchi shaxslar ishlab chiqqan qo`llanmaning noto`g`riligi, ob’ektni buyurtmachining o`zi yoki u jalb qilgan uchinchi shaxslar tegishli darajada ta’mirlamaganligi oqibatida vujudga kelganligini isbotlay olmasa, bu kamchiliklar uchun javobgar bo`ladi.Kafolat muddati pudratchi javobgar bo`lgan kamchiliklar natijasida ob’ektdan foydalanish mumkin bo`lmagan butun vaqtga to`xtatib turiladi.
Kafolat muddati davomida ushbu Kodeks 681-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida ko`rsatilgan kamchiliklar aniqlangan taqdirda, buyurtmachi kamchiliklar aniqlangandan keyingi oqilona muddat davomida ular haqida pudratchini xabardor qilishi kerak.




Download 168.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling