664-moddaBuyurtmachi bajarilgan ish natijasini qabul qilish uchun kelmagan yoki ishni qabul qilishdan boshqacha tarzda bo`yin tovlagan taqdirda, pudratchi buyurtmachini yozma ravishda ogohlantirib, bunday ogohlantirishdan keyin ikki oy o`tgach, ishning natijasini oqilona narxda sotishga, tushgan pulni еsa, undan o`ziga tegishli bo`lgan butun to`lovlarni chegirib qolib, ushbu Kodeksning 249-moddasiga muvofiq buyurtmachining nomiga depozitga o`tkazishga haqli.Ushbu moddaning birinchi qismida ko`rsatilgan hollarda pudratchi ish natijasini sotish o`rniga uni ushlab turish yoki keltirilgan zararni buyurtmachidan undirib olish huquqidan foydalanishi mumkin.
63.Qurilish pudrati shartnomasida loyiha-smeta hujjatlariga baho bering?
. 666-modda Qurilish pudrati shartnomasi bo`yicha pudratchi shartnomada belgilangan muddatda buyurtmachining topshirig`i bilan muayyan ob’ektni qurish yoki boshqa qurilish ishini bajarish majburiyatini oladi, buyurtmachi еsa pudratchiga ishni bajarish uchun zarur sharoit yaratib berish, ishni qabul qilish va kelishilgan haqni to`lash majburiyatini oladi.Qurilish pudrati shartnomasi korxonani, binoni (jumladan uy-joy binosini) inshootni yoki boshqa ob’ektni qurish yoki qayta qurish haqida, shuningdek montaj, sozlash-ishga tushirish va qurilayotgan ob’ekt bilan bevosita bog`liq bo`lgan boshqa ishlarni bajarish haqida tuziladi. Qurilish pudrati shartnomasi to`g`risidagi qoidalar, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, bino va inshootlarni kapital ta’mirlash ishlariga nisbatan ham tatbiq еtiladiQurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan hollarda ob’ektni buyurtmachi qabul qilib olganidan keyin uni shartnomada ko`rsatilgan muddatda ishlatishni ta’minlash majburiyatini pudratchi o`z zimmasiga oladi.Tugallanmagan qurilishning mulkdori u buyurtmachiga topshirilguncha va uning haqi to`languncha pudratchi hisoblanadi
|
64.Pudratchining qurilish ishlarini xavfsiz olib borish majburiyatlari?
. Pudratchi qurilish va u bilan bog`liq bo`lgan ishlarni ishning hajmi, mazmuni va ularga qo`yiladigan boshqa talablarni belgilaydigan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq amalga oshirishi shart.Qurilish pudrati shartnomasida boshqa ko`rsatmalar bo`lmasa, pudratchi loyiha-smeta hujjatlarida ko`rsatilgan hamma ishlarni bajarishi shart, deb taxmin qilinadi.Qurilish pudrati shartnomasida loyiha-smeta hujjatlarining tarkibi va mazmuni aniqlangan, shuningdek qaysi taraf va qancha muddatda tegishli hujjatlarni taqdim qilishi lozimligi nazarda tutilgan bo`lishi kerak.Pudratchi qurilish davomida loyiha-smeta hujjatlarida hisobga olinmagan ishlarni va shu munosabat bilan qo`shimcha ishlarni bajarish va qurilishning smeta qiymatini oshirish zarurligini aniqlasa, bu to`g`rida buyurtmachiga xabar berishi shart.Pudratchi buyurtmachidan o`n kun ichida o`z xabariga javob olmagan taqdirda, agar qonunda yoki qurilish pudrati shartnomasida buning uchun boshqa muddat nazarda tutilgan bo`lmasa, tegishli ishlarni to`xtatib, bekor turib qolish natijasida ko`rilgan zararni buyurtmachining zimmasiga yuklashi shart. Agar buyurtmachi qo`shimcha ish bajarish zarurati yo`qligini isbotlasa, bu zararni qoplashdan ozod еtiladi.Ushbu moddaning to`rtinchi va beshinchi qismlarida belgilangan majburiyatlarni bajarmagan pudratchi, agar buyurtmachining manfaatini ko`zlab, xususan ishning to`xtatilishi qurilish ob’ektining nobud bo`lishiga yoki shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo`lganligi munosabati bilan darhol harakat qilish zarur bo`lganligini isbotlay olmasa, u bajargan qo`shimcha ishi uchun buyurtmachidan haq to`lashni va shu tufayli ko`rilgan zararni qoplashni talab qilish huquqidan mahrum bo`ladi.
|
65.Qurilish pudrati shartnomasi bo’yicha ishlarni topshirish va qabul qilib olish tartibini tushuntiring?
|
Do'stlaringiz bilan baham: |