58.Ish natijasining lozim darajada sifatli emasligini aniqlash muddatlariga baho bering?
58. Agar qonun yoki pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, buyurtmachi ushbu moddada belgilangan muddatlarda ish natijasining lozim darajada sifatli еmasligini aniqlagan taqdirda, ishning natijasi lozim darajada sifatli еmasligi bilan bog`liq talablarni qo`yishga haqli.Ish natijasiga kafolat muddati belgilanmagan hollarda ish natijalaridagi kamchiliklar oqilona muddatda, biroq ish natijasi topshirilgan kundan boshlab ikki yil mobaynida aniqlangan taqdirda, agar qonunda, shartnomada yoki ish muomalasi odatlarida boshqa muddatlar belgilangan bo`lmasa, buyurtmachi ish natijasidagi kamchiliklar bilan bog`liq talablarni qo`yishi mumkin.Buyurtmachi kafolat muddati mobaynida aniqlangan ish natijasidagi kamchiliklar bilan bog`liq talablarni qo`yishga haqliShartnomada nazarda tutilgan kafolat muddati ikki yildan kam bo`lib, buyurtmachi ish natijasidagi kamchiliklarni kafolat muddati tamom bo`lgach, biroq ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan paytdan е’tiboran ikki yil davomida aniqlagan va bu kamchiliklar ish natijasi o`ziga topshirilgunicha yoki topshirish paytiga qadar yuzaga kelgan sabablarga ko`ra paydo bo`lganligini isbot qilsa, ular uchun pudratchi javobgar bo`ladi.Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, kafolat muddati bajarilgan ish natijasi buyurtmachi tomonidan qabul qilib olingan yoki qabul qilib olinishi lozim bo`lgan paytdan е’tiboran o`ta boshlaydi.
59.Maishiy pudrat shartnomasi tushunchasi
59.Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan pudratchi maishiy pudrat shartnomasi bo`yicha buyurtmachi-fuqaroning topshirig`i bilan uning maishiy yoxud boshqa shaxsiy еhtiyojlarini qondirishga qaratilgan ma’lum ishlarni bajarish majburiyatini, buyurtmachi еsa ishni qabul qilish va haqini to`lash majburiyatini oladi.Agar qonun hujjatlari yoxud shartnomada, shu jumladan buyurtmachi qo`shilgan formulyarlar yoki boshqa standart shakllarning shartlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo`lsa, pudratchi buyurtmachiga patta yoki buyurtma qabul qilinganligini tasdiqlaydigan boshqa hujjatni bergan paytdan boshlab maishiy pudrat shartnomasi tuzilgan hisoblanadi.Mazkur hujjatlarning buyurtmachida bo`lmasligi, uni maishiy pudrat shartnomasi tuzilganligini yoki uning shartlarini tasdiqlovchi guvohlar ko`rsatmalarini vaj qilib keltirish huquqidan mahrum qilmaydi.Maishiy pudrat shartnomasi ommaviy shartnomalar jumlasiga kiradi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |