1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]
Download 207.14 Kb.
|
24 12.01.2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy-innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida
- O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
[OKOZ: 1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar] [TSZ: 1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Ilmiy-innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida Innovatsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish, ilmiy ishlanma va ilmiy hajmdor texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etish uchun innovatsion muhitni yaxshilash, ilmiy-tadqiqot faoliyatining samaradorligi va sifatini oshirish, ilmiy hajmdor mahsulotlarning ichki va tashqi bozorlarida raqobatbardosh ilmiy-amaliy natijalar olish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqotlar natijalarini va innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga samarali tatbiq etishni ta’minlaydigan mexanizmlarni yaratish to‘g‘risida quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari ma’qullansin: iqtisodiyot tarmoqlarining innovatsion texnologiyalarni yaratish va mahsulotlarning tajriba partiyalarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirishdagi ishtirokini yanada kengaytirish; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish; xo‘jalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalarida maxsus bo‘linmalar — zarur tajriba-eksperimental va konstruktorlik-texnologik infratuzilmalari tashkil etish. Oldingi tahrirga qarang. 2. Belgilab qo‘yilsinki, 2018-yil 1-yanvardan boshlab Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari: bino va inshootlarini saqlash, shuningdek, xodimlar (ilmiy xodimlardan tashqari) mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga bazaviy moliyalashtirish asosida amalga oshiriladi; Oldingi tahrirga qarang. rahbar va ilmiy xodimlarning ish haqi budjet mablag‘lari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy tashkilotlar rahbar va ilmiy xodimlarining bazaviy lavozim maoshlariga tenglashtiriladi. (2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2020-y., 09/20/366/0740-son) 3. Xo‘jalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalariga 2018-yil yanvardan boshlab ilmiy tadqiqotlar natijalarini va innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlashga qaratilgan va quyidagilarni nazarda tutuvchi ta’sirchan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish tavsiya etilsin: a) tasdiqlangan shtat birliklari doirasida o‘zlarining shtat jadvallariga ilm-fan va innovatsiyalar bo‘yicha rahbar o‘rinbosari lavozimini kiritish; b) o‘z tuzilmalarida innovatsiyalarga buyurtmalar portfelini shakllantirish va yaratilgan texnologiyalarning tajriba-sanoat sinovini o‘tkazish ishlarini muvofiqlashtirish, mahsulotning tajriba partiyalarini ishlab chiqarish va seriyalab ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni tashkil qilishga mas’ul bo‘limlarni tuzish; v) yirik davlat korxonalarida mos yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining malakali yetuk mutaxassislari va ilmiy xodimlarini jalb etgan holda yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish, zarur tajriba-sanoat sinovlarini o‘tkazish, mahsulotlarning tajriba partiyalarini ishlab chiqarish va seriyalab ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga tayyorlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga ixtisoslashgan muammoviy tarmoq laboratoriyalarini tashkil etish; g) xo‘jalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalarida Innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini (yuridik shaxs tashkil etmagan holda) tashkil qilish, mazkur subyektlar sof foydasining 10 foizi miqdoridagi ajratmalarni uning mablag‘larini shakllantirish manbai etib belgilash, ushbu jamg‘arma mablag‘larini faqat quyidagi maqsadlarga yo‘naltirish: yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish, zarur tajriba-sanoat sinovlarini o‘tkazish, mahsulotlarning tajriba partiyalarini ishlab chiqarish va seriyalab ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga tayyorlash chora-tadbirlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirish; mos yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni moliyalashtirish; mos yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik va ilmiy-laboratoriya bazasini mustahkamlash, ularni eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish, ilmiy ishlanmalarni joriy etish, ilmiy-texnik xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va malakasini oshirishda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash. Belgilansinki, xo‘jalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalari rahbarlari ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z muddatida va to‘liq bajarilishi yuzasidan shaxsan javobgardir. 4. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Xo‘jalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalarining innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda: ilmiy va oliy ta’lim muassasalari, xo‘jalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalarining mas’ul rahbarlari va mutaxassislari uchun innovatsion menejment bo‘yicha qisqa muddatli maxsus kurslar dasturini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin; 2018-yil fevraldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bazasida ilmiy va oliy ta’lim muassasalari, xo‘jalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalari mas’ul rahbarlari va mutaxassislari uchun innovatsion menejment bo‘yicha qisqa muddatli maxsus kurslar tashkil etilishini ta’minlasin. Belgilab qo‘yilsinki, innovatsion menejment bo‘yicha qisqa muddatli maxsus kurslarda o‘qish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar xodimlari kurslarning tinglovchilari bo‘lgan ilmiy va oliy ta’lim muassasalari, xo‘jalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi. 6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan respublika va xalqaro ilmiy anjumanlar, simpoziumlar, seminarlar va boshqa ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatini har yili ishlab chiqadi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.R. Xolmurodov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abduraxmonov va iqtisodiyot vaziri B.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh., 2018-yil 12-yanvar, 24-son (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 09/18/24/0577-son; 18.01.2019-y., 09/19/45/2500-son; 09.06.2020-y., 09/20/366/0740-son) Download 207.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling