1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Homiylik]
Download 69.65 Kb.
|
PQ-4102 08.01.2019
NAMUNAVIY RO‘YXATI*
Oldingi tahrirga qarang.
* Izoh: Tumanlar (shaharlar) hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar shtabi tarkibiga sektor rahbarlarining qarori bilan boshqa davlat organlari va tashkilotlarining vakillari ham jalb etilishi mumkin. Sektor shtabiga davlat organlari va tashkilotlarning mas’ul lavozimlarida faoliyat yuritayotgan xodimlari biriktiriladi. (2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi PQ-4102-son qaroriga 3-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PQ–3182-son qarori bilan tasdiqlangan Tumanlar (shaharlar) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlarning ishlarini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar 1. 8-band quyidagi mazmundagi oltinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “sektorlar shtabi tarkibiga kiritilgan idora va tashkilotlar vakillarini rag‘batlantirish va ularni javobgarlikka tortish uchun hokimlikka hamda ish beruvchi tashkilotlarga ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan takliflar kiritish; idora va tashkilotlarning sektorlar shtabi a’zolarini almashtirish to‘g‘risidagi taklifi yuzasidan munosabat bildirish; har haftada sektor shtabi a’zolarining sektordagi hamda ularga bevosita biriktirilgan mahallalardagi faoliyati yuzasidan axborotini eshitish”. 2. Quyidagi mazmundagi 101 — 105-band bilan to‘ldirilsin: “101. Sektorlarda sektor a’zolari ishini muvofiqlashtirish hamda umumlashtirish maqsadida sektor shtabi (keyingi o‘rinlarda — shtab) tashkil etiladi. 102. Sektor shtabi tarkibiga o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadigan namunaviy ro‘yxatga asosan idora va tashkilotlarning vakillari (keyingi o‘rinlarda — shtab a’zolari) kiritiladi. 103. Shtab a’zolari sektor rahbari qarori bilan mahallalar kesimida sektorning muayyan hududiga bevosita biriktiriladilar. Shtab a’zosi zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatiladi: sektorlar vazifa, funksiya va vakolatlarini amalga oshirishni tashkil etadi; sektorda o‘zlari mansub bo‘lgan idora va tashkilot faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha muammolarni aniqlash va hal etish choralarini ko‘radi; biriktirilgan mahallalarda barcha yo‘nalishdagi muammolarni har chorakda kamida bir marotaba uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni to‘liq o‘rganish va qayd etish orqali aniqlash hamda hal etish choralarini ko‘radi; aniqlangan muammolarni har tomonlama chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida ularni tumanlar (shaharlar)ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush tarzi va ijtimoiy muhofazasini yaxshilash bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ga kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi; sektorda tegishli idora va tashkilot faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha hamda o‘ziga bevosita biriktirilgan mahallalardagi ijtimoiy va iqtisodiy holat bo‘yicha shaxsan mas’ul hisoblanadi. 104. Idora va tashkilotlarning shtab a’zolarini biriktirish va almashtirish to‘g‘risidagi taklifi sektor rahbari bilan kelishiladi, ular lavozimidan ozod etilgan, ishdan bo‘shatilgan, boshqa ishga o‘tkazilgan yoxud sog‘lig‘i holatiga ko‘ra sektordagi faoliyatini bajara olmaydigan holatlar bundan mustasno. 105. Sektor shtabi faoliyatini doimiy asosda tashkil etish maqsadida jamoatchilik asosida sektor shtabi kotibi (keyingi o‘rinlarda — kotib) doimiy ravishda faoliyat yuritadi. Kotib zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi: sektor faoliyatiga oid ma’lumotlar, sektor tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisobotini shakllantirish va yuritish; sektorda amalga oshirilgan ishlar hamda qabul qilingan fuqarolar va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlarini o‘z vaqtida qayd etib borish; shtab a’zolari faoliyatini tashkiliy jihatdan muvofiqlashtirish; amalga oshirilgan ishlarni tizimli tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, bajarilmagan tadbirlarning sabablarini aniqlash hamda sektor rahbariga axborot berish; sektorning “yo‘l xaritasi”ga kiritish uchun takliflarni umumlashtirish; respublika yagona tizimlashtirilgan elektron axborot tizimiga ma’lumotlarni kiritib boradi; tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining axborot-tahlil guruhlari hamda tumanlar (shaharlar) iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlariga har oyda kamida bir marotaba sektor faoliyatiga oid ma’lumotlar va hisobotlarni taqdim etib boradi. Kotib faoliyati asosiy ish joyidan ajralgan hamda lavozim maoshi saqlab qolingan holda tashkil etiladi. Kotib shtabga hokimning qarori asosida biriktiriladi”. 3. 5-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “5-bob. Sektor rahbarlari va sektor shtabi a’zolarining hisobdorligi va faoliyatini baholash”. 4. Quyidagi mazmundagi 18-band bilan to‘ldirilsin: “18. Sektor shtabi a’zolari har hafta sektordagi hamda o‘zlariga bevosita biriktirilgan mahallalardagi faoliyati yuzasidan sektor rahbariga axborot beradilar”. (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 07/19/4102/2434-son; 20.02.2019-y., 07/19/4197/2641-son; 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son) Download 69.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling