1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Homiylik]


Download 69.65 Kb.
bet1/3
Sana11.03.2023
Hajmi69.65 Kb.
#1262017
  1   2   3
Bog'liq
PQ-4102 08.01.2019




[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.11.00 Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari. Moddiy balanslar;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Homiylik]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
So‘nggi yillarda mamlakatimizda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush darajasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarga erishish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu maqsadda hududlarni sektorlarga bo‘lib ishni tashkil etish tizimining joriy etilganligi xalq bilan manzilli muloqotning yo‘lga qo‘yilishiga imkon yaratdi.
Shu bilan birga, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar (keyingi o‘rinlarda sektorlar deb yuritiladi) faoliyati monitoringi bir qator kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi. Xususan:
birinchidan, sektorlar faoliyatida aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda sektor a’zolari faoliyatini muvofiqlashtirishda sektor rahbarlarining zarur tashkiliy va moliyaviy vakolatlarga ega emasligi sektorlarning to‘liq faoliyat yuritishida hamda muammolarni o‘z vaqtida hal etishda qiyinchiliklar tug‘dirmoqda;
ikkinchidan, respublika miqyosida sektorlar ishini muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi yagona tizimning mavjud emasligi sektorlar faoliyati boshqaruvida tarqoqlikni yuzaga keltirmoqda hamda hududlarda sektorlar faoliyatiga oid qonun hujjatlari normalarining turlicha talqin qilinishiga olib kelmoqda;
uchinchidan, sektorlarda o‘rganishlar natijalari umumlashtirilmayotganligi, statistik hisobotlarni yuritish amaliyoti o‘z holiga tashlab qo‘yilganligi, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilmaganligi amalga oshirilgan ishlarni aniq sarhisob qilishga va muammolarni tizimlashtirishga imkoniyat bermayapti;
to‘rtinchidan, sektorlar rahbarlari faoliyatini baholash tartibining murakkabligi, tizimli ravishda ular malakasini oshirish mexanizmining joriy etilmaganligi, sektor a’zolarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishning yo‘lga qo‘yilmaganligi ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Fuqarolarning hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etish, sektorlar doirasida ishlarni tashkil etish sifatini oshirish, aholi bilan ochiq, to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish hamda sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar shtabi tarkibiga kiritiladigan idora va tashkilotlarning namunaviy ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
Tumanlar (shaharlar) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar shtabi tarkibiga kiritiladigan idora va tashkilotlarning namunaviy ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ahvolini o‘rganishning yangi mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb yuritiladi) ga (A.N.Aripov) quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilsin:
sektorlar faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini yanada oshirish maqsadida sektorlarning “tuman (shahar) — viloyat — respublika” tamoyili asosida ularga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish hamda faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha hokimliklar, prokuratura, ichki ishlar va soliq idoralarida vertikal boshqaruv tizimini joriy etish;
har chorakda kamida bir marotaba Komissiya yig‘ilishida sektorlar faoliyati to‘g‘risidagi axborotni tahlil etish, sektorlarda amalga oshirilayotgan tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar samaradorligini baholash, ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash hamda sektorlarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qilayotgan byurokratik to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni muhokama qilish;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganish natijalari bo‘yicha respublika darajasida yechiladigan muammolarni hal etishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
sektorlar rahbarlarining faoliyatini hududlarning rivojlanish ahvolidagi real o‘zgarishlardan va boshqa haqqoniy mezonlardan kelib chiqib xolisona baholash;
har bir hududda aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha hududiy va respublika “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish, ularda nazarda tutilgan tadbirlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar belgilash;
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli topshiriqlar belgilash hamda ularning ijrosi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har chorakda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot va alohida o‘rnak ko‘rsatgan sektorlar rahbarlari, davlat organlarining mansabdor shaxslari va xodimlarini rag‘batlantirish yoki yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun ularni javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflar kiritish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Komissiyaning ishchi organini belgilasin.
3. 2019-yil 1-fevraldan quyidagi tartib joriy etilsin:
yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlash va sektorlarning faoliyatini muvofiqlashtirib borish uchun sektorlar shtabi tarkibiga kiritilgan idora va tashkilotlarning har bir sektor bo‘yicha mas’ul xodimlari (keyingi o‘rinlarda — sektor shtabi a’zolari) sektor rahbari bilan kelishilgan holda biriktiriladi va almashtiriladi;
sektorlar shtabi faoliyatini tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish maqsadida sektor rahbari boshchilik qiladigan idora (tashkilot)dan sektor shtabi kotibi (keyingi o‘rinlarda kotib deb yuritiladi) sifatida alohida xodim biriktiriladi. Bunda kotib asosiy ish joyidan ajralgan hamda lavozim maoshi saqlab qolingan holda faoliyat ko‘rsatadi;
kotibga budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus fondiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan har oyda qo‘shimcha ravishda lavozim maoshining ellik foizigacha miqdorda ustama haq to‘lanadi;
tumanlar (shaharlar) sektorlari rahbarlari har haftada kamida bir marotaba, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sektorlari rahbarlari esa har oyda kamida ikki marotaba joylarga chiqqan holda jismoniy shaxslar bilan ularning ijtimoiy masalalari hamda yuridik shaxslarning vakillari bilan tegishli faoliyat sohalari kesimida qabullar o‘tkazadi;
sektor ishida faol qatnashgan sektor shtabi a’zolari har chorak yakunlari bo‘yicha mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari hisobidan rag‘batlantiriladi;
sektorlarda aniqlangan muammolarni hal etish uchun sektor rahbarlarining asoslantirilgan so‘rovlariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar)ning qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘lar maqsadli yo‘naltiriladi.
Bunda sektor rahbarlarining so‘rovlari tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlarida atroflicha muhokama qilinadi hamda O‘zbekiston Respublikasining davlat, hududiy, shu jumladan investitsiya dasturlariga kiritilmagan, tegishli hududdagi ko‘pchilik aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan dolzarb muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirishga e’tibor qaratiladi.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tumanlar (shaharlar) hokimlari doimiy ravishda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan sektorlar faoliyatining moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash, sektorlar shtablari faoliyatini tashkil etish, shu jumladan ular uchun ajratilgan binolarni saqlash va boshqa xarajatlarni qoplashni ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining axborot-tahlil guruhlari zimmasiga qo‘shimcha ravishda quyidagi vazifalar yuklatilsin:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
sektorlar faoliyatiga oid ma’lumotlarni jamlash, ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotni shakllantirish va yuritish;
sektorlar faoliyatini muvofiqlashtirishga ko‘maklashish;
sektorlarda amalga oshirilgan ishlarni tizimli tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, bajarilmagan tadbirlarning sabablarini aniqlash hamda “yo‘l xaritalari”ni shakllantirish;
sektorlarda aniqlangan muammolar va ularni hal etish natijalari yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda tumanlar (shaharlar) hokimlariga axborotlarni tayyorlash.
6. 2019-yilning 1-aprelidan quyidagilarni qamrab oluvchi respublika bo‘yicha yagona elektron axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — respublika axborot tizimi) joriy etilsin:
uyma-uy yurish, o‘tkazilgan suhbatlar, kelib tushgan murojaatlar natijasida aniqlangan muammolar va ularning hal etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
ijtimoiy soha va boshqa obyektlardagi mavjud holatlarni o‘rganish natijasida aniqlangan muammo hamda ularning hal etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
sektorlar faoliyati yuzasidan elektron statistik hisobot shakllari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar)ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush tarzi va ijtimoiy muhofazasini yaxshilash bo‘yicha “yo‘l xaritalari” va ularning ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda respublika axborot tizimini ishlab chiqishni hamda “Hudud” axborot tizimiga alohida modul sifatida integratsiya qilishni ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda har chorak yakunlari bo‘yicha respublika axborot tizimiga kiritilgan hal etilmagan muammo va takliflarni umumlashtirib, tahlil qilib hamda moliyalashtirish manbalarini aniq ko‘rsatgan holda davlat, hududiy, shu jumladan investitsiya dasturlariga kiritish to‘g‘risida asoslantirilgan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti respublika axborot tizimi yuritilishi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirsin va respublika axborot tizimiga kiritilgan hal etilmagan muammo va takliflarni davlat, hududiy, shu jumladan investitsiya dasturlariga kiritish choralarini ko‘rib borsin.
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) sektorlar rahbarlari respublika axborot tizimiga ma’lumotlarning o‘z vaqtida va to‘liq kiritib borilishi uchun shaxsan mas’ul etib belgilansin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun ajratiladigan budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan ta’sirchan nazoratni amalga oshirsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining tumanlar va shaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha hudud rahbarlari faoliyatini baholash tizimini tanqidiy ko‘rib chiqib, sektor rahbarlari faoliyatini baholashning soddalashtirilgan tizimini joriy etsin;
yil yakunlariga ko‘ra faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan sektorlarni rag‘batlantirish maqsadida “Eng namunali sektor”, “Eng tashabbuskor sektor rahbari”, “Eng faol sektor shtabi a’zosi” nominatsiyalari bo‘yicha respublika tanlovini o‘tkazish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Bunda shunday tartib o‘rnatilsinki, har yilning 15-yanvariga qadar Vazirlar Mahkamasi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan har bir tizim bo‘yicha:
sektor rahbarlari faoliyatini baholash tizimiga muvofiq, ularning o‘tgan yilda amalga oshirgan ishlari tahlil etilib, umumiy yig‘ilishda muhokama qilinadi;
baholash natijasiga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkichga erishgan 2 nafar sektor rahbari avtotransport vositasi bilan taqdirlanadi, sektorlar faoliyatini namunali tashkil etgan rahbarlar va uning ishida faol qatnashgan boshqa shtab a’zolari qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlanadi;
faoliyati samarasiz deb baholangan sektor rahbarlariga nisbatan egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi.
13. Belgilansinki, avtotransport vositalari va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlash xarajatlari tegishlicha Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan moliyalashtiriladi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi rahbar kadrlar zaxirasiga olingan xodimlar uchun malaka oshirish kurslarining ta’lim dasturlariga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid o‘quv soatlari ajratilishini ta’minlasin.
15. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari ikki hafta muddatda sektorlar shtabi tarkibini Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar shtabiga kiritiladigan idora va tashkilotlarning namunaviy ro‘yxatiga muvofiq qayta tasdiqlasin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-son qarori bilan tasdiqlangan Tumanlar (shaharlar) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlarning ishlarini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Vazirlik va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi U.S. Ismoilov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 8-yanvar,
PQ-4102-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi PQ-4102-son qaroriga
1-ILOVA
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar shtabi tarkibiga kiritiladigan idora va tashkilotlarning

Download 69.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling