1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Nikoh va oila. Fuqarolik holati dalolatnomalari]


Download 83.16 Kb.
bet2/4
Sana10.03.2023
Hajmi83.16 Kb.
#1257731
1   2   3   4
Bog'liq
PQ-3785 12.06.2018

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish sohasidagi qonunchilikni
takomillashtirish


1.

“Fuqarolik holati dalolatnomalari to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish, unda quyidagilar belgilab beriladi:
fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etuvchi organlarning vakolatlari;
tug‘ilganlikni qayd etish (otalikni belgilash, farzandlikka olish, nikohni tuzish va bekor qilish, o‘limni qayd etish) tartibi;
dalolatnoma yozuvlarini tiklash, o‘zgartirish, tuzatish, ularni to‘ldirish, familiyasi, ismi va ota ismini o‘zgartirish, dalolatnomalar yozuvlarini to‘liq yozish;
takroriy guvohnomalar va boshqa ma’lumotlar, arxiv ma’lumotlarini berish, FHDY organlari, O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi konsullik muassasalari hamda fuqarolar yig‘inlarining hisobotlari;
idoralararo axborot-elektron hamkorlik tartibi.

Qonun loyihasi

2018-yil oktyabr

Adliya vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Oliy sud, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish, unda quyidagilarning ma’muriy javobgarligi nazarda tutiladi:
fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishni qonunga xilof ravishda rad etganlik va qayd etish muddatlarini buzganlik uchun FHDY organlarining mansabdor sh�xslari;
tug‘ilish va o‘lishni o‘z vaqtida qayd etmaganligi uchun, tug‘ilish to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma, o‘lim, shu jumladan perinatal o‘lim to‘g‘risidagi tibbiy guvohnoma to‘g‘ri va aniq to‘ldirilishi yuzasidan sog‘liqni saqlash muassasalarining mansabdor shaxslari;
topib olingan (tashlab ketilgan) go‘dakning tug‘ilishini qayd etish choralari ko‘rilmaganligi uchun vasiylik va homiylik organlarining mansabdor shaxslari, sog‘liqni saqlash muassasalari va go‘dak topshirilgan muassasaning ma’muriyati ma’muriy javobgar bo‘ladilar.

Qonun loyihasi

2018-yil oktyabr

Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, IIV, Oliy sud, vazirlik va idoralar

3.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish:
FHDY organlari xodimlari sonini belgilash mezonlarini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, fuqarolik holati dalolatnoma-lari ma’lumotlarining yagona elektron bazasi shakllantirilishini hisobga olgan holda FHDY organlarida arxivarius qo‘shimcha shtat birligini joriy etish;
gerbli guvohnomalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydala-nib, faqa� bosma harflar bilan to‘ldirish tartibini joriy etgan holda ularni qo‘lda yozib to‘ldirish talablarini bekor qilish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018 yil iyul

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarorini hamda Fuqarolik holati dalolatnoma-larini yozish organlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani (qayd etish raqami № 2547, 31.12.2013-yil) qayta ko‘rib chiqish, ularda quyidagilarni nazarda tutish:
bola tug‘ilgan kundan keyin bir yil o‘tgach ota-onalardan birining arizasi asosida uning tug‘ilganligini qayd etish;
xorijiy davlatlarning vakolatli muassasalari tomonidan berilgan fuqarolik holatiga oid hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik holatiga oid hujjatlariga almashtirish tartibi;
vafot etgan shaxsning qarindoshlari va manfaatdor shaxslarning arizasi bo‘yicha o‘lim to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuviga tuzatish va qo‘shimchalar kiritish;
FHDY organlarining boshqa FHDY organlari va davlat organlari bilan “FHDYning yagona elektron arxivi” tizimi orqali elektron hamkorlik qilish tartib��.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil iyul

Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi FHDY arxivlari to‘g‘risidagi Nizom loyihasini ishlab chiqish:
FHDY arxivining maqsadi, vazifalari, funksiyalari, faoliyatining tashkil etilishi, huquq va majburiyatlari;
arxiv fondini yuritish, saqlash va ekspluatatsiya qilish tartibi;
arxiv ma’lumotlarini berish, ko‘rib chiqish muddatlari.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019 yil iyul

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zarxiv” agentligi

6.

Aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini oshirish maqsadida FHDY organlari tomonidan qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun to‘lanadigan haq miqdorlarini qayta ko‘rib chiqish (korrupsiyaga barham berish maqsadida arxiv ma’lumotnomalari va axborotini muddatidan ilgari berganligi uchun oshirilgan miqdorlarda haq undirish).

Adliya vaziri buyrug‘i

2018-yil iyul

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

7.

Qayd etilmagan tug‘ilganlik, o‘lim holatlarini xatlovdan o‘tkazish va aniqlash hamda ularni keyinchalik FHDY organlarida qayd etish bo‘yicha hududiy komissiyalar tarkiblarini tasdiqlash.

Tuman (shahar) hokimi qarori

2018-yil iyul

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent sh. hokimliklari, vazirlik va idoralar


Download 83.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling