Mamlakat iqtisodiyotida klasterning ahamiyati


Download 7.13 Kb.
Sana06.11.2023
Hajmi7.13 Kb.
#1750407
Bog'liq
Mamlakat iqtisodiyotida klasterning ahamiyati

Mamlakat iqtisodiyotida klasterning ahamiyati

MA’ruzachi: Maftuna Xalilova

Reja:

  • Reja
  • 1.Klasterning ahamiyati
  • 2.Klasterning afzalligi va davlatning roli
  • 3. Agroklaster – tajriba sifatida

Klasterning ahamiyati

  • “Klaster” tushunchasi ilk bor 1990-yilda Maykl Porter tomonidan “Davlatlarning raqobatdosh afzalligi” nomli asarida keltirilgan. 10 ta sanoat jihatdan rivojlangan davlatlarning rivojlanish tarixini tahlil qilgach, Maykl Porter klasterlarning paydo bo‘lishi iqtisodiy rivojlanish va sanoatlashtirish jarayoni tarkibining ajralmas qismidir degan fikrga kelgan. Shunday qilib, klaster – o‘zaro bog‘liq korxonalarni birlashtirishning bir shakli bo‘lib, bu hudud iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi. Tashkillashtirish shakli jihatidan, klaster – vertikal ravishda integratsiyalangan tuzilma deyish mumkin.

Klasterlar bo‘yicha rivojlangan mamlakatlar tajribasi

  • Hozirgi kunda klasterlar dunyodagi yetakchi mamlakatlar iqtisodiyotining qariyb 50 foizini qamrab olgan. Masalan, AQShda klasterlar soni – 380 tani tashkil etgan holda, mamlakatda faoliyat olib borayotgan yirik korxonalarning yarmidan ko‘pini birlashtiradi. Mamlakat YaIMining 60 foizi ushbu klasterlarning ulushiga to‘g‘ri keladi.
  • Italiyada sanoatda band bo‘lganlarning 43 foizi 206 ta klasterda mehnat qiladi va mamlakat eksportining 30 foizdan ortig‘i ushbu klasterlarning hissasiga to‘g‘ri keladi.
  • Finlyandiyaning makroiqtisodiy siyosatida klasterlarga juda katta e’tibor berilgan. Jumladan, yog‘ochni qayta ishlash, qog‘oz mahsulotlari, uyali aloqa uskunalari, telefonlar ishlab chiqarish to‘liq klasterlar nazorati ostida va bu tarmoqlar mamlakat eksportida yetakchi o‘rinni egallaydi.
  • Xitoyda 60 dan ortiq maxsus klaster mavjud bo‘lib, ular 30 mingga yaqin korxonani birlashtiradi. 3,5 million kishi mehnat qiluvchi mazkur korxonalarda yiliga 200 milliard AQSh dollariga teng mahsulot ishlab chiqariladi.

O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va sanoatlashtirish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan sharoitda klasterlar tizimini shakllantirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Barcha tarmoqlar va hududlarda klasterlarni puxta o‘ylab shakllantirish ularni mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shadigan vositaga aylantirish imkonini beradi.

  • O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va sanoatlashtirish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan sharoitda klasterlar tizimini shakllantirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Barcha tarmoqlar va hududlarda klasterlarni puxta o‘ylab shakllantirish ularni mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shadigan vositaga aylantirish imkonini beradi.
  • Jumladan, agrosanoatda klasterlarni shakllantirish mamlakat taraqqiyot strategiyasining ajralmas qismi bo‘lib qolmoqda. Bu sohada klasterlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va chuqur qayta ishlash, chorvachilik, baliqchilik kabi komplekslarni yaratish, raqobatbardosh yuqori texnologiyali va eksportbop to‘qimachilik, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish omili sifatida qaralmoqda.
  • O‘zbekistonda klasterlarning rivojlanish tendensiyasi tahlili natijalari
  • O‘zbekistonda 2017-yildan boshlab paxta-to‘qimachilik va meva-sabzavot klasterlari tizimi joriy etila boshlandi. Natijada 2017-2022 yillarda mamlakatda 506 ta klaster shakllantirildi. 2022-yilda ular tomonidan 28,7 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
  • 2018-2022 yillarda ushbu klasterlar tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari (ishlar, xizmatlar) hajmi 32 baravar ortgan.

Paxta-to‘qimachilik klasterlari

  • Paxta-to‘qimachilik klasterlari
  • 2018-yilda mavjud 16 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan 157,7 ming gektar (respublikadagi paxta ekilgan jami maydonning 14,7 foizi) maydonda 340,6 ming tonna mahsulot yetishtirilib, o‘rtacha hosildorlik 21,5 sentnerni tashkil etgan bo‘lsa, 2019-yilda tarmoqdagi klasterlar soni 77 ta, ular paxta ekkan maydonlar hajmi 682,4 ming gektarga (jami paxta maydonlarining 66 foizi), mazkur klasterlar tomonidan yetishtirilgan mahsulot miqdori esa 1,82 million tonnaga yetdi. O‘rtacha hosildorlik 26,7 sentnerni tashkil etib, 2018-yilga nisbatan 5,2 sentnerga ko‘p bo‘ldi.

ishlab chiqarish klasteri iqtisodiyotning bir xil yoki bir-biriga bog‘liq sohalarida faoliyat yuritadigan va geografik jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan korxonalar guruhidir. Bu korxonalarning texnologik jihatdan o‘zaro bog‘liq bo‘lishi juda muhimdir. Bundan tashqari, ushbu korxonalar bitta umumiy maqsad uchun – raqobatbardosh.

  • ishlab chiqarish klasteri iqtisodiyotning bir xil yoki bir-biriga bog‘liq sohalarida faoliyat yuritadigan va geografik jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan korxonalar guruhidir. Bu korxonalarning texnologik jihatdan o‘zaro bog‘liq bo‘lishi juda muhimdir. Bundan tashqari, ushbu korxonalar bitta umumiy maqsad uchun – raqobatbardosh.
  • Masalan, paxta-to‘qimachilik klasterining texnologik zanjiri paxta xomashyosini ishlab chiqarish, uni qayta ishlash, paxta tolasidan kalava ip ishlab chiqarish, gazlama ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘z ichiga qamrab oladi. Shu bilan birga, fermerlarni (paxta xomashyosini yetishtiruvchilarni), paxta tozalash zavodini, paxtani qayta ishlash korxonasini, to‘qimachilik fabrikasini va kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi korxonani birlashtirishning maqsadi – har bir ishlab chiqaruvchining xarajatlarini kamaytiradigan va yakuniy mahsulotning raqobatbardoshligini oshiradigan yagona tuzilma yaratishdir.

Download 7.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling