1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim


Download 60.76 Kb.
Sana13.10.2020
Hajmi60.76 Kb.
#133442
Bog'liq
241 27.03.2018




[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim;

2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3276-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilayotgan ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, mazkur faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish hamda nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini soddalashtirish orqali litsenziya da’vogarlariga qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:



1. Belgilab qo‘yilsinki, 2018-yil 1-apreldan boshlab nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan litsenziyalanadi.

2. Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi har bir tuman (shahar) maktabgacha va xalq ta’limi bo‘limlaridan malakali mutaxassislarni nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalashda ekspertiza xulosalarini tayyorlash va litsenziya da’vogariga taqdim etish jarayoniga jalb etish choralarini ko‘rsinlar.

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi o‘n besh kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatishga litsenziya da’vogarlarining arizalarini davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish va ko‘rib chiqish tizimini ishlab chiqib amaliyotga joriy etsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2018-yil 1-apreldan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

6. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V. Akmalov va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.N. Tashkenbayev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2018-yil 27-mart,

241-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-martdagi 241-son qaroriga


1-ILOVA

Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar



1. Ushbu Nizom nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini belgilaydi.

2. Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni tashkil etish uchun yuridik shaxslarga litsenziya berish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Ushbu Nizom yuridik shaxslarning avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan bog‘liq yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatni litsenziyalashga tatbiq etilmaydi.



(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.06.2018-y., 09/18/408/1315-son)

3. Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga ta’limning har bir turi uchun alohida litsenziya beriladi. Litsenziyada faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ta’lim faoliyati yo‘nalishlari ro‘yxati aniq ko‘rsatiladi.

Nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

4. Nodavlat ta’lim xizmatlari faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.



(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 361-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/361/3033-son)

Oldingi tahrirga qarang.

41. Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasida ta’lim turlari bo‘yicha litsenziya davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga hujjat topshirish asosida olinadi.



Bunda davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi o‘rtasidagi axborot almashinuvi litsenziya talabgori bo‘lgan yuridik shaxsning elektron raqamli imzosini majburiy tartibda qo‘llash orqali amalga oshiriladi.

(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1028-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 09/19/1028/4222-son)

2-bob. Litsenziya talablari va shartlari

5. Quyidagilar nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi qonun va qonunosti hujjatlariga majburiy rioya qilish;

ta’lim-tarbiya jarayonini davlat ta’lim standartlariga (davlat talablariga), o‘quv rejalariga va ta’lim dasturlariga muvofiq tashkil etish;

litsenziya da’vogarida litsenziyalanayotgan faoliyatni bajarish uchun mo‘ljallangan, unga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan tegishli bo‘lgan, belgilangan talablarga muvofiq binolarning (xonalarning) mavjud bo‘lishi;

auditoriyalarni, o‘quv xonalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya asbob-uskunalari, o‘qitishning texnik vositalari va anjomlar bilan jihozlash;

ta’lim dasturlarining belgilangan darajasini amalga oshirish uchun o‘quv binolarini zarur darsliklar, o‘quv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan ta’minlash;

ta’lim dasturlarini umumiy o‘rta, kasb-hunar va oliy ta’lim davlat ta’lim standartlariga muvofiq, shuningdek, maktabgacha ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq amalga oshirish;

ta’limning majburiy ravishda dunyoviy xarakterda bo‘lishi, ta’lim jarayonida urushni, zo‘ravonlikni targ‘ib qilishdan foydalanishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinligi kamsitilishiga, mamlakatdagi xavfsizlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka, jamiyatning huquqiy va ma’naviy asoslari, fuqarolar osoyishtaligiga, millatlararo va dinlararo totuvlikka raxna solinishiga, O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risida noto‘g‘ri axborotlar tarqatilishiga hamda uning tarixiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlari buzib ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik;

Oldingi tahrirga qarang.

nodavlat ta’lim tashkiloti, uning ta’lim oluvchilari, pedagoglari va ta’lim-tarbiya jarayoni to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlarni “Nodavlat ta’limni boshqarish axborot tizimi”ga kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga yozma yoki elektron shaklda taqdim etish;



(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1028-sonli qaroriga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 09/19/1028/4222-son)

Oldingi tahrirga qarang.

maktabgacha ta’lim bilan bog‘liq yo‘nalish bo‘yicha nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi, uning tarbiyalanuvchilari, pedagoglari va ta’lim-tarbiya jarayoni to‘g‘risidagi ishonchli axborotni Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimiga kiritish;



(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 361-sonli qaroriga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/361/3033-son)

iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash orqali ta’lim-tarbiyaning yuqori sifatini ta’minlaydigan qulay shart-sharoitlar yaratish;

ilg‘or xalqaro tajribalarni inobatga olib, o‘qitishning innovatsion shakllari hamda zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish asosida ta’lim sohasidagi samaradorlik va natijadorlikni oshirish;

ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli farzandlarini tanlov asosida muassasadagi jami tarbiyalanuvchilar, o‘quvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda bepul o‘qishga qabul qilish;

bitiruvchilarga belgilangan tartibda ta’lim to‘g‘risida hujjat berish.

Oldingi tahrirga qarang.

(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.06.2018-y., 09/18/408/1315-son)

3-bob. Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyat bo‘yicha litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar

Oldingi tahrirga qarang.

7. Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasida ta’lim turlari bo‘yicha litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni davlat xizmatlari markazlariga taqdim etadi yoki elektron shaklda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yuboradi:



litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza (unda yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi, pochta manzili, ta’lim faoliyatini amalga oshirish joyining manzili, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobraqami, faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ta’lim faoliyati yo‘nalishlari ro‘yxati. Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishi to‘g‘risidagi roziligi va elektron manzili ko‘rsatiladi);

yong‘in va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mavjud binolar va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalari;

pedagog kadrlar haqida ma’lumot;

o‘quv rejasi va dasturlarining elektron nusxalari;

ixtisoslashtirilgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etilgan hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan ruxsatnomalar nusxalari;

ariza ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya talabgorining elektron manzili ko‘rsatilgani uning arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida elektron shaklda xabarnoma olishga bo‘lgan roziligi hisoblanadi.

Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali zarur ma’lumotlar kiritilgandan so‘ng litsenziya talabgorining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1028-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 09/19/1028/4222-son)

8. Ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya da’vogari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.

4-bob. Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatish uchun arizalarni ko‘rib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibi

Oldingi tahrirga qarang.

9. Litsenziya da’vogarining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Yagona portal orqali murojaat qilinganda, ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.



Litsenziya berish haqidagi arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

a) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilinganda yig‘im sumasining:

11,25 foizi — “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;

10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;

qolgan mablag‘lar litsenziyalovchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi;

b) davlat xizmatlari markazlariga shaxsan murojaat qilingan taqdirda yig‘im summasining:

20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;

qolgan mablag‘lar litsenziyalovchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.

(9-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-yanvardagi 24-sonli qaroriga asosan ikkinchi — o‘ninchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son)

Litsenziya da’vogari berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarib berilmaydi.

10. Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

Ariza davlat xizmatlari markazlari orqali topshirilganda mas’ul xodim ro‘yxat asosida litsenziya berish uchun ariza va boshqa ma’lumotlarni qabul qiladi. Davlat xizmatlari markazining mas’ul xodimi arizachiga ariza qabul qilingan sana qayd etilgan ro‘yxatga olish nusxasini beradi.

Davlat xizmatlari markazlarining mas’ul xodimi litsenziya da’vogarining arizasini zarur ma’lumotlari bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga hujjat qabul qilingan kuni yuboradi.

Ariza Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborilganda, litsenziya da’vogarining arizasi qabul qilinganligi haqidagi elektron xabar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining mas’ul xodimi tomonidan litsenziya da’vogarining elektron manziliga yuboriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi arizani qabul qilgandan so‘ng 15 ish kuni ichida, oliy ta’lim turi bo‘yicha 30 ish kuni ichida hujjatlarning litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini o‘rganadi, ijobiy qaror qabul qilinganda elektron litsenziyani generatsiya qiladi, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab, davlat boji to‘langanidan keyin davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali litsenziya da’vogariga taqdim etadi.



(10-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1028-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 09/19/1028/4222-son)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda har bir tuman (shahar) maktabgacha va xalq ta’limi bo‘limlaridan malakali mutaxassislarni jalb etgan holda, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash uchun ekspertiza xulosalarini tayyorlash va litsenziya da’vogariga taqdim etish jarayonini tashkil etadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, 3 ish kuni ichida litsenziya da’vogariga rad etish sabablari va litsenziya da’vogari ularni bartaraf etgan holda qayta ko‘rib chiqish uchun ariza berishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan bildirishnomani davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboradi.



(10-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1028-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 09/19/1028/4222-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya da’vogarining arizasi olingan kundan boshlab 15 ish kunidan, oliy ta’lim turi bo‘yicha 30 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.



(10-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1028-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 09/19/1028/4222-son)

11. Litsenziyalar qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.

Berilgan, to‘xtatib turilgan, yangilangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan, shuningdek, amal qilishi to‘xtatilgan litsenziyalar “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi reyestriga kiritiladi.

12. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan sabablar bo‘yicha rad etilishi mumkin.

Litsenziya da’vogari litsenziya berishning rad etilishi to‘g‘risidagi qaror, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xodimlarining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

13. Litsenziya berish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar litsenziya da’vogari tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya da’vogarining arizasi olingan kundan boshlab 10 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.

Litsenziya da’vogarining arizasini qayta ko‘rib chiqishda litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida avvalgi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Litsenziya da’vogarlarining arizalari takroran ko‘rib chiqilgani uchun yig‘im undirilmaydi.

Litsenziya berish rad etilgani to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

5-bob. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish tartibi

(5-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 361-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/361/3033-son)

14. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tganidan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga, ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.

15. Litsenziat ta’lim faoliyatini olib borish manzili o‘zgarsa, qo‘shimcha manzilda faoliyat olib borsa, qo‘shimcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat olib bormoqchi bo‘lsa, qayta ro‘yxatdan o‘tganidan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga, ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza berishi shart.

16. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni avval berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.

Oldingi tahrirga qarang.

17. Litsenziya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza olingan kundan boshlab 10 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qayta rasmiylashtiriladi.



Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya da’vogarining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilgani uchun to‘lanadigan yig‘imning 50 foizi undiriladi.

Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun yig‘im summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

a) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilinganda yig‘im sumasining:

11,25 foizi — “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;

10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;

qolgan qismi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi;

b) davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilganda yig‘im sumasining:

20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;

qolgan qismi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.

(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-yanvardagi 24-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son)

Oldingi tahrirga qarang.

(18 va 19-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 361-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/361/3033-son)

20. Litsenziya blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasi, tartib raqami va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi.

21. Litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqida bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab ikki oy mobaynida, litsenziyalovchi organga litsenziya berilgani uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.

6-bob. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish tartibi

22. Litsenziya da’vogari tomonidan nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish maqsadida litsenziya olish uchun ariza topshirgani litsenziya shartlari va talablariga rioya etishiga bo‘lgan roziligi hisoblanadi

23. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, ta’lim tizimi boshqaruvi va vakolatli organlar litsenziya shartlari va talablariga litsenziat tomonidan rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qiladi.

24. Litsenziyalovchi organ litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishda o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:

litsenziya talablari va shartlariga litsenziat tomonidan rioya etilishini rejali tekshirish;

litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirish;

litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar bo‘yicha zarur axborotni litsenziatdan talab qilish va olish;

tekshirishlar natijalari asosida litsenziya talablari va shartlarining litsenziat tomonidan buzilishlarini aniq ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) rasmiylashtirish;

litsenziatga litsenziya talablari va shartlarining buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, ularni bartaraf etish muddatlarini belgilash;

litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish yoxud litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish.

25. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishda litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi tegishliligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida qoladi.

7-bob. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish, litsenziyani bekor qilish tartibi

26. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish, litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan hollarda va tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari muntazam ravishda yoki bir marotaba qo‘pol ravishda buzilganda, unga tegishli litsenziyaning amal qilishi bevosita O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi qaroriga ko‘ra tugatiladi.



(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1028-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 09/19/1028/4222-son)

27. Litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, uni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror yuzasidan sudga shikoyat qilishi mumkin.

8-bob. Litsenziyalar reyestrini yuritish tartibi

28. Litsenziyalovchi organ ta’lim turlari bo‘yicha “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksida litsenziyalar reyestrini yuritadi.

Litsenziyalar reyestrlarida quyidagilar ko‘rsatilishi shart:

litsenziatlar to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar, shu jumladan, yuridik shaxsning nomi va indentifikatsiya raqami, tashkiliy-huquqiy shakli, tashkilot rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi;

nodavlat ta’lim xizmatining turi, litsenziyalanayotgan ta’lim yo‘nalishi, amalga oshiriladigan manzil, ish joyi telefoni, faks;

litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami;

Oldingi tahrirga qarang.

(28-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 361-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/361/3033-son)

Oldingi tahrirga qarang.

litsenziyani qayta rasmiylashtirishning asoslari va sanasi;



(28-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 361-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/361/3033-son)

Oldingi tahrirga qarang.

litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish asoslari va sanasi;



(28-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 361-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/361/3033-son)

litsenziyani bekor qilishning asoslari va sanasi.

29. Litsenziyalar reyestridagi ma’lumotlar “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksidagi veb-saytda joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq hisoblanadi.

9-bob. Davlat bojini undirish tartibi

Oldingi tahrirga qarang.

30. Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziya berganlik uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.



(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)

Oldingi tahrirga qarang.

31. To‘lanadigan davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:



a) Yagona portal orqali elektron shaklda murojaat qilingan taqdirda davlat bojining:

11,25 foizi — “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;

10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;

22,5 foizi — axborot-kommunikatsiya xizmatlaridan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun litsenziyalovchi organning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;

qolgan qismi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yo‘naltiriladi;

b) davlat xizmatlari markazlarga o‘zi kelib murojaat qilingan taqdirda davlat bojining:

20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;

20 foizi — axborot-kommunikatsiya xizmatlaridan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun litsenziyalovchi organning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;

qolgan qismi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yo‘naltiriladi.

(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-yanvardagi 24-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son)

10-bob. Yakunlovchi qoida

32. Mazkur Nizomning qoidalari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.

Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga


ILOVA

Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash

SXEMASI

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-martdagi 241-son qaroriga


2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2018-yil 1-apreldan boshlab o‘z kuchini yo‘qotayotgan ayrim qarorlari

RO‘YXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 1-martdagi 100-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 9-son, 107-modda).



2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga ilovaning 42-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda).

3. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-son qaroriga ilovaning 24-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda).

4. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga 1-ilovaning 57-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda).

5. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-iyundagi 169-son qaroriga 4-ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 25-son, 324-modda).

6. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 139-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 09/18/241/0960-son, 06.06.2018-y., 09/18/408/1315-son; 29.04.2019-y., 09/19/361/3033-son; 25.12.2019-y., 09/19/1028/4222-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)

Download 60.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling