1. Ijtimoiy munosabatlar Urug’-qabila tashkiloti va hukmronlikning tashkil topishi Ma’naviy madaniyat


Download 21.92 Kb.
bet1/3
Sana20.01.2023
Hajmi21.92 Kb.
#1103543
  1   2   3
Bog'liq
3-ma\'ruza


Mavzu:Paleolit davrida ma’naviy madaniyat.
Reja:
1.Ijtimoiy munosabatlar
2. Urug’-qabila tashkiloti va hukmronlikning tashkil topishi
3. Ma’naviy madaniyat
1. Ijtimoiy munosabatlar
Ibtidoiy jamiyat tarixining tarkibiy qismi bo’lgan urug’-jamoa tuzumi uzoq tarixiy taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan va ibtidoiy tarixning muhim chegara qismi bo’lib, terim-termachilik xo’jalikdan mahsulot ishlab chiqarish jarayoniga o’tish bosqichi bilan xarakterlanadi. Bu taraqqiyot yo’li ovchilar, terim-termachilar va baliq ovlovchilarning hayoti ilk urug’doshlar holatidan keskin farq qilishini ko’rsatadi. Shu bilan birga bu bosqich so’nggi urug’dosh jamoalar bo’lgan dehqonlar ovchilar xo’jalik yuritishlari bilan avvalgilardan keskin farq qiladi.
Ilk urug’-jamoa davri o’zlashtiruvchi xo’jalik faoliyatining ikki taraqqiyot bosqichini o’tagan desa bo’ladi. Uning eng avvalgisi arxaik va undan keyingisi birmuncha rivojlangan bosqich hisoblanadi. Bu ikki bosqichning muhim chegarasi yangi ov quroli – o’q-yoyning paydo bo’lishidir. Bu qurol yordamida mayda hayvonlarga va parrandalar ov qilingan.
Ilk urug’-jamoa tuzumini o’rganishda so’nggi paleolit davriga doir arxeologik materiallar yordam beradi. So’nggi paleolit birin-ketin, ketma-ketlikda rivojlangan orinyak, salyutri va madlen davrlari madaniyatidan iborat. To’g’ri, Germaniya va Sharqiy Shvesariya orinyak madaniyati bilan bog’liq yodgorliklar topilmagan. Ammo bu mintaqada Prigorodiysk (Fransiyadagi Prigir g’ori nomidan), Grimaldt (Italiya tog’lari bilan bog’liq yodgorliklar) madaniyatlari orinyak madaniyati bilan muvoziy rivojlanishda bo’lgan. Shuningdek, bu xildagi madaniyatga selet (Vengriyadagi Selet g’ori), kostenko (Voronej yaqinidagi Kostenko paleolit yodgorliklari) madaniyatlari ham kiradi.
Orinyak atamasi Fransiyaning janubiy-g’arbida o’rganilgan Orinyak g’ori nomidan olingan. Bu madaniyatning eng xarakterli jihati – mehnat qurollarining serob ishlab chiqilishi, jumladan, chaqmoqtosh va suyakdan yasalgan qurollarning serobligi bo’lsa, ikkinchidan, tosh o’zaklardan, suyakdan yasalgan kertuvchi asbob orqali yupqa, mayda paraqachalarni ajratib olish texnologiyasining rivojlanganligidadir.
Slyutre madaniyati nomi Fransiyadagi Slyutre makoni nomi bilan bog’liq. Bu madaniyatning asosiy xususiyatlari nayza tig’larining va tosh xanjarlarning keng tarqalganligi bilan xarakterlanadi. Bu qurollar bosim texnikasi orqali ikki tomonama kertish usulida tayyorlangan. Shuningdek, bu davrda suyakdan ishlangan quloqli igna ishlatilgan. Orinyak, solyutri davrlarida shunday ixcham, mahsuldor qurollarning paydo bo’lishiga qaramasdan jonivorlarga ovchilik qamal, jarliklar ustidan cho’chitib haydash, botqoqliklardan foydalanish usullari orqali olib borilgan. Shuningdek, tutish xandaklaridan ham foydalanilgan. Manzilgohlarda muzlagan yerdan, sovuq chuqurlardan go’sht mahsulotlarini saqlashda foydalangan. Kishilarning asosan o’rmonga tutash yerlarda, daryo sohillarida o’rnashib yashaganliklariga sabab, bunday joylardan buqa, bug’u, ot to’dalari mavsumiy ravishda bir joydan boshqa o’tloq joylarga o’tib turgan. Shunday mavsumlarda ko’pincha ov qamali usulini qo’llashganlar.
Madlen atamasi Fransiyaning Dordaniyasidagi Lya Madlen g’ori nomidan olingan. Bu madaniyat Shimoliy Ispaniya, Fransiya, Shveysariya va FRGning janubiy tumanlarida keng tarqalgan bo’lib, mil. avv. 15-8 ming yillik bilan sanalangan. Bu madaniyat, avvalo, muzlik oldi viloyatlarida keng tarqalganligi bilan xarakterlanadi. Bu vaqtga kelib somotri davridagi bosim usuli texnikasi yo’qolgan. Ikki tomonlama kertish texnikasi usuli bilan ishlangan uchqur nayza tig’lari o’rniga kichik keskichlar, teshgichlar, qirg’ichlar, uchi o’tmaslangan teshgich qurollar keng tarqalgan. Bu qurollar, asosan, suyakni qayta ishlash uchun mo’ljallangan asboblardan iboratdir. Bu davrda ko’pgina boshqa chaqmoqtosh qurollar o’rniga shimoliy o’lkalarda yashovchi bug’u shoxlaridan igna, juvoldiz, kalta nayza kabi qurollar keng tarqalgan. Ayniqsa, suyakdan ishlangan tishli qarmoqsimon qurollar serob holda uchraydi. Madlen davrida odam kuchi bilan masofaga irg’itiladigan nayza kashf qilingan. Bu davr oxirlarida o’q-yoy paydo bo’lgan bo’lishi mumkin. Madlen davrining oxirlarida mamont va maxayrodlar yo’qolgan yoki o’lib ketgan. Shu boisdan ov qilish yovvoyi otlar, shimol bug’ulari, shuningdek, mayda hayvonlar ustidan olib borilgan. Madlen davrida suyakdan yasalgan qarmoqning paydo bo’lishiga qaraganda, baliq tutish ovi ham mavjud bo’lgan.
Madlen davri taraqqiyot bosqichida asosiy turmush tirikchilik shimoliy bug’ular bo’lgan. Ularning go’shti ovqatga, yog’i nafaqat ovqatga, shuningdek, yoritadigan chiroq va terilar, kiyim-kechak hamda turar joy bo’lgan kulbalar ustini yopish uchun ham ishlatilgan. Junlaridan ip, shoxlar va suyaklaridan qurollar yasashda foydalanilgan. Madlen davri ovchilari o’tloq maydonlarini qish va yoz mavsumlarida almashtirib, ko’chib yuradigan bug’ulardan foydalanish maqsadida shimoliy oykumenlarni ham ishg’ol qilishadi.
So’nggi paleolit yodgorliklar mustyer davriga nisbatan keng tarqalgan. Ayniqsa, avvalgi ittifoqning muzlikka tutash Ovropa hamda Sibir hududlarida bu davrga oid yodgorliklar ko’plab topib o’rganilgan. Jumladan, Chusovoy, Pecheri, Yenisey, Lena, Angore daryolari havzalaridagi yodgorliklar birmuncha boy manbalarga ega. Ayniqsa, Dnestrda, Desna va Don daryolari havzasida, Voronej atrofida Kostenko va Borsheva qishloqlari atrofida moddiy madaniyatga boy so’nggi paleolit yodgorliklar o’rganilgan.
Sibirdagi makonlar Sibir-Xitoy viloyatiga tegishli bo’lib, ilk paleolit makonlari Angora daryosi havzasidagi Buret-6 va Beloy daryosi havzasidagi Malta kabi makonlar mashhur va ular Ovropadagi Salntri davri madaniyatining tengdoshlaridir. Bu mintaqada yashagan ilk paleolit aholisi yovvoyi ot, buqa, mamont, maxayrot kabi yirik hayvonlarga ov qilishganlar. Birmuncha keyingiroq davrga oid yodgorliklar Afantova tog’i atrofi (Yenisey vodiysi, Krasnoyark tumanlari)da topib o’rganilgan bo’lib, bu yodgorliklar Ovropaning Madlen davriga to’g’ri keladi va tosh qurollar tarkibida mustyer davrini eslatadigan dag’al qurollar ko’proq uchraydi. Bunday qurollar ko’pincha hayvon terilarini qayta ishlashda foydalanilgan. Sibirning so’nggi paleolit madaniyati arktik hayvonlarning yo’qola borishi va hozirgi davr iqlimiga yaqin tabiiy sharoitda va landshaftning shakllanishi bilan bog’liq holda tashkil topgan.
Qrim, Kavkaz, O’rta Osiyo makonlari Afrika – O’rta Yer dengizi viloyatiga taalluqli bo’lib, bu mintaqaga suyakdan qurol uchun kamroq foydalanish xarakterlidir. Bu viloyatda ovchilik bilan bir vaqtda terim-termachilik katta o’rin tutgan.
Xitoyda, Janubiy-Sharqiy Osiyoda G’arbiy Ovropa tushunchasidagi so’nggi paleolit madaniyati bo’lmagan va neolit davriga qadar bu viloyatda topilgan yodgorliklar ilk paleolitga tegishli bo’lgan. Faqat Shimoliy Xitoydan topilgan yodgorliklar Sibir paleolitiga o’xshash bo’lib, bu madaniyat Janubiy Xitoy yodgorliklaridan jiddiy farq qiladi.
Afrikada so’nggi paleolit yaxshi o’rganilmagan. Faqat Konga, Nigeriya hududlarida alohida xarakterga ega topilmalar ma’lum, xolos. Saxaraning Tissili tumanlarida madlen davriga oid garpunlar topilgan. Bu atrofda qoyatosh suratlarning ko’pligiga qaraganda, so’nggi paleolit jamoalari ovchilik bilan ko’proq mashg’ul bo’lganlar. Binobarin, bu hududlar qadimgi faunaga boy bo’lgan.
Avstraliya hududida so’nggi paleolit qurollarini eslatuvchi topilmalar mavjud bo’lib, bu qurollar qo’pol tarzda ishlangan. Ammo neolit davri shaklidagi qurol-aslahalar ko’plab topilgan. Biroq bu davrda hali bu yerda o’q-yoy noma’lum edi. Lekin bu aholi silliqlangan bolta va suv aloqalari vositalari bilan tanish bo’lganlar. Avstraliyani odamzod so’nggi paleolit va asosan mezolit davrida o’zlashtirgan bo’lishi mumkin. Bu aholi keskich va chopqich qurollardan, bolta va nayza qurollaridan ham foydalangan. Ular masofaga irg’itadigan bumerang qurollardan keng foydalangan. Bumerang mayda hayvonlar, shuningdek, parrandalarni ov qilishda keng foydalanilgan. Avstraliyaliklar xaltali kenguruni va boshqa jonivorlarni ov qilishganlar. Shuningdek, ular tyulen, timsox, dengiz toshbaqalarini ovlashganlar. Kollektiv ovchilikda qamal qilib ov qilishda ayollar ham qatnashgan. Ovchilik xo’jaligi bilan bir vaqtda termachilik ham rivoj topgan. Ular turli-tuman ovqatbop narsalarga, xususan, parranda tuxumi, kaltakesak, har xil qo’ziqorinlar, o’simliklar tomirlari, mevalar kabilarga termachilik qilishganlar. Baliq ovi bilan ham shug’ullanishgan. Bu sohada turli nayzasimon sanchqich qurollardan foydalangan. Ular baliq ovida to’r, qarmoq kabi qurollardan foydalangan. Tabiati, iqlimi ma’qul hududlarda qisman o’troqlashib yashagan va Ovropaning so’nggi paleolit davriga xos chayla – kulbalardan foydalangan. Bu kulbalarning maydoni o’rtacha 120 m2 ni tashkil qilardi. Avtraliya aholisining katta qismi tabiiy oziqa boyliklarga serob o’lkalarga ko’chib kirib, vaqtinchalik, mavsumiy yashash kulbalaridan foydalangan. Sovuqdan saqlanishda olovdan foydalangan. Ular ikkita yog’och taxtachani bir-biriga ishqalash yo’li bilan olov chiqarishni bilishganlar. Sovuqdan saqlanish uchun badanlarini hayvon yog’i bilan oxra qo’shib yog’lagan. Mol go’shtini o’choqlarda pishirib iste’mol qilgan. Ovqat pishirishni bilmagan. Avstraliyaning janubiy sharqida yashagan aholi kiyim-kechak kiyishni bilishganlar. Boshqa joylarda yashaganlari tizzadan baland yubka tarzidagi – peshband kiyim bilan va ayrim hollarda yap-yalong’och yurishganlar. Xullas, yuqorida biz hikoya qilgan ilk davrlarda, ya’ni paleolitning so’nggi bosqichiga qadar ovchilik o’q-yoysiz olib borilgan.
Ilk urug’-jamoalar tarixini o’rganishda etnografik ma’lumotlar muhim o’rin tutadi. Ma’lumki, jahonning ko’pgina chekka o’lkalarida ibtidoiy tuzumning ko’pgina jihatlari uzoq saqlanib kelingan. Madaniy rivojlanishda boshqalardan orqada qolgan qabilaviy birikmalarni XVIII asr oxiri – XIX asrning 2-yarmida ham ko’plab uchratish mumkin edi. Ayniqsa, mustamlakachilik va qo’shni xalqlar ta’sirida ibtidoiy an’analar kamayib borgan. Biroq fanning rivojlanishi tufayli etnografik manbalarning qiyosiy ilmiy tahlili tufayli urug’-jamoa tuzumiga xos bo’lgan kollektiv yashash va uning a’zolari o’rtasidagi munosabatlarni tiklashga muyassar bo’lindi. Qamal yoki qurshov asosida olib boriladigan ovchilik, to’r bilan baliq tutish, termachilikni tashkil qilish, uy-joy qurish, suvda suzish vositasi bo’lgan qayiqlarni ishlab chiqish, xullas, bu ishlarning barchasi kollektiv jamoaning birgalikda mehnat qilishini talab qilardi. Umumiy mehnat jamoaning mulki hisoblanardi. Shuningdek, jamoa mehnati natijasida ishlab chiqarilgan mahsulot ham, mehnat vositalari ham jamoa mulki hisoblanardi.
Ishlab chiqarishning bosh vositasi yer ham jamoaga tegishli edi. Ov maydonlari, mehnat vositalarini ishlab chiqarish xom ashyosi, idish-asbob uskunalar ham jamoa, ya’ni kollektiv mulki edi. Bu sohalardan keladigan mahsulotlar ham kollektiv tomonidan boshqarilardi. Hatto foydalaniladigan gulxan – olov ham, uy kulbalar ham faqat kollektivga tegishli edi. Shaxsiy mehnat vositalari muayyan kishilarga taalluqli bo’lsa-da, undan keladigan daromad jamoa mulki hisoblanardi. Shunday ekan, mantiqiy jihatdan shaxsiy mehnat vositalari ham umumjamoa manfaati uchun ishlatilgan. Avstraliyaliklarda, olovli yerliklarda, bushmenlarda tug’ishganlarning mehnat vositalari ham shaxsiy bo’lishiga qaramasdan jamoa mulki hisoblanardi. Demak, shaxsiy mehnat qurollari ham jamoa turmushi uchun foydalanilgan bo’lib, ular ham kollektiv mulki sanalardi. Demak, shaxsiy mehnat qurollari ma’lum odamga taalluqli bo’lsa-da, biroq undan keladigan foyda ustidan kollektiv urug’ hukmronlik qilardi. Shunday ekan, har qanday shaxsiy ov mahsuloti, termachilik mahsulotlari ham jamoaga tegishli edi. Avstraliyalik aborogenlarda, bushmenlarda, olovli yerda va boshqa shunga o’xshash qabilalarda ayrim ovchilar tomonidan qo’lga kiritilgan mahsulot ham jamoada babbaravar teng foydalanilardi. Chaqqon, uddaburon ovchi ham ziyod emas, balki teng ulushga ega bo’lardi. Masalan, XVIII asr oxirida yashagan bushmenlarda jamoa mulkiga bo’lgan tartib ana shunday edi. Ibtidoiy davrda, ayniqsa, uning ilk bosqichlarida ishlab chiqarish vositalarining past mahsuldorligi oziqa topishda jamoa bo’lib yashash va mehnat qilishni talab qilardi. O’zlashtiruvchi xo’jalik hukmron bo’lgan davrlarda turmushni arang ta’minlaydigan oziqa uchun kurash ketardi va bu jarayonda ham urug’-jamoalari birgalikda harakat qilishni hayotning o’zi talab qilardi. Ovdan, termachilikdan qolgan mahsulotlarda ko’p holatlarda bolalar, qariyalar, ayollarning manfaati ham hisobga olinardi. Ammo kollektiv manfaati hammadan ustun turardi. Urug’-jamoalari turmushida hayotning zarur qirralari hisobga olinardi. Tabiat hodisalari, yirik hayvonlarga ov qilish, termachilikning qiyin ishlarini bajarishda kuchli, baquvvat odamlarning ishtiroki talab qilinardi.
Urug’ jamoa a’zolarining kollektiv mehnat faoliyati oddiy kooperasiyadan iborat bo’lib, hali ijtimoiy mehnat taqsimoti ko’rinmas edi. Masalan, hayvonlarni qamal usuli bilan ovlashda barcha mehnat individumlarining birlashishi talab qilinardi. Shuningdek, bir xil ish bir necha shakl-harakatlarni keltirib chiqarishi mumkin edi. Masalan, shunday qamal shaklidagi ovchilikda tajribali ovchilar, tashkilotchilar, o’ljani tashuvchilar, rasadlarga bo’luvchilar, ov obyektini cho’chitib jarlikka soluvchilar toifalari vujudga kelib, bu jarayonning tobora rivojlanib borishi xo’jalikda ixtisoslashuvni keltirib chiqardi. Shunday qilib, tabiiyki, ilk urug’ jamoa kollektivida asta-sekin mehnat taqsimotiga o’tish boshlanadi. Avvalo, mehnat jinsga va yoshga qarab taqsimlanadigan bo’lib, bu jarayonning doimiy takomillashuvini hayotning o’zi talab qilardi. Erkaklar asosan ovchilik, keyinchalik baliqchilik, ayollar opa-singillar bilan uy tartibiga, o’choqqa mas’ul, bolalar va keksalar mehnatga yaroqli odamlarga yordamlashish bilan mashg’ul bo’ladilar. Keksalar ko’pincha jamoat tajribalarini uyg’unlashtirish, yosh-avlodga o’rgatish, mehnat qurollarini yasash tajribalarini yoshlarga yetkazish kabi yumushlar bilan shug’ullanardi. Bu kabi harakatlar rivojlana borib, oqibatda mehnat unumdorligiing tobora yuksalishiga ko’maklashardi. Ana shu zamirda mehnat taqsimoti bilan bog’liq maxsus ixtisosga ega kasb-korlar avlodi vujudga keldi.
Ilk urug’chilik davrida jamoaning asosiy tarkibini bolalar guruhi, ayollar va voyaga yetgan erkaklar tashkil qilgan. Jamoani bunday guruhlarga bo’lishga katta e’tibor qaratilardi. Ayniqsa, o’smirlikdan katta yoshga o’tuvchilarga ahamiyat berilardi. Bu o’tish tantanavorlik urf-odatlari bilan o’tkazilib, u «bag’ishlov» (inisiasiy) deb atalardi. Turli qabilalarda bu urf-odat turlicha o’tkazilardi. Umumiy maqsad – o’smir yigitlarni xo’jalik va jamoatchilikka hamda mafkuraviy hayotga chorlashdan iborat edi. Avstraliyalik aboragenlarda o’smir yigitlarni ovga, jangavor qurollardan foydalanishga o’rgatish bilan birga ularni sabr-toqatlilikka, intizomga, rostgo’ylikka, bardoshlilikka, qabilaning an’anasi va urf-odatlarini bilib olishga o’rgatardi. «Bag’ishlov» jarayonida turli azoblovchi sinovlarni o’tkazilardi. Masalan, ochlik, jahrohat yetkazish, olov bilan kuydirish, sochni yulish, tishini urib sindirish kabi sinovlardan o’tkazardi. Bushmenlarda va olovli yerliklarda 13-14 yoshli o’smirlarni bir-ikki yil davomida ayrim ovqatlardan mahrum qilish, og’ir ishlarni bajarish, ularda chidamlilik, xayrixohlik, bo’ysinuvchanlik kabi xususiyatlarni singdirish borasida tarbiyaviy ishlar olib borilgan. Bag’ishlov an’anasi qizlarga ham tegishli edi. Ayniqsa, ular nikohga o’tishda jinsiy organlarga har xil operasiyalar o’tkazish, erlarni va ayollarni xatna qilish kabi sinovlarni o’tkazardilar. Xususan, er bolalarni xatna qilish an’analari keng tarqalgan edi. Bu an’analar keyinchalik iudaizm va islomga o’tgan bo’lishi mumkin. Bu qabilalarda xatna qilish maqsadi ham fanda aniq emas. Balki bunday tartiblar erlarni jinsiy munosabatdan vaqtincha chetlashish uchun olib borilgan bo’lishi mumkin.
Bu qabilalarda voyaga yetgan erlarni va ayollarni alohida guruhlarga bo’lish odati ham bor edi. Bu odat sekin-asta ularning alohida yashashiga olib kelgan. Erlar va ayollar manzilgohda alohida o’zlarining kulbalarida yashagan, turli ovqatlar pishirishgan, o’zlarining yashirincha urf-odatlariga, sig’inish o’choqlariga va ayrim holatda yashirincha «til»iga ham ega bo’lishganlar. Erkaklar va ayollarning mehnat qurollari shaxsiy hisoblangan. Avstraliyalik va andaman qabilalarida o’smir yigitlar va qizlar alohida yashashganlar. Bu qabilalarda o’ziga xos hayotini ifodalovchi turli bayramlari bo’lgan.
Ilk urug’ jamoalarida jamoani tabiiy jinsiy tabaqalarga ajratish bo’ysinish va hukmronlik qilishga olib kelmadi. Erlar ham, ayollar ham alohida ixtisoslashuvga doir bo’lsa-da, ammo ular ijtimoiy mehnat faoliyatini birga olib borishardi. Shuning uchun ham ularda hali ijtimoiy tengsizlik sodir bo’lmagan edi. Biroq ayollarning jamoatchilik mehnat faoliyatida qizg’in qatnashishi, turli udumlarni bajarishdagi faolligi, bolalarni tarbiyalashdagi xizmatlari ilk urug’chilik bosqichlaridayoq ijtimoiy ahvolni birmuncha oshirishga olib keldi. Bu holat asta-sekin onalarning turmushdagi rolining yuksala borishga olib keldi.
Umuman qaralganda, bu taraqqiyot bosqichida yoshga qarab toifalarga bo’linish bo’lmagan. Ibtidoiy odamlar hozirgiga qaraganda juda past holatda yashaganlar. Tabiatning qattiq qiyinchiliklari bilan kurash olib borganlar, ovqatlanishda uzilishlar bo’lgan, yashash joylarining ahvoli nochor edi. Antropologlarning ma’lumotiga qaraganda, ibtidoiy odamlar 40 yoshdan deyarli oshmagan. Ayrim etnograf va antropologlarning ma’lumotlariga qaraganda, ayrim qabilalarda yashash sharoiti og’irligi, oziq-ovqat tanqisligi tufayli mehnatga yaroqsiz keksalarni, og’ir betoblarni o’ldirib yuborish (xohishga binoan o’lim) holatlari ham bo’lgan.

Download 21.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling