1. Ijtimoiy munosabatlar Urug’-qabila tashkiloti va hukmronlikning tashkil topishi Ma’naviy madaniyat


Urug’-qabila tashkiloti va hukmronlikning


Download 21.92 Kb.
bet2/3
Sana20.01.2023
Hajmi21.92 Kb.
#1103543
1   2   3
Bog'liq
3-ma\'ruza

2. Urug’-qabila tashkiloti va hukmronlikning
tashkil topishi
Ibtidoiy jamiyatda dual ekzogamiyaning vujudga kelishi mustahkam ijtimoiy tizimning barpo bo’lishiga olib keldi. Avvalgiga nisbatan hali to’la shakllanmagan ilk urug’ o’rniga o’z navbatida muayyan darajada mustahkam urug’ jamoasi paydo bo’ldi. Shu bilan birga ibtidoiy jamiyatda yanada murakkabroq struktura vujudga keldi, ya’ni ikki ekzogam urug’dan yangi ijtimoiy tuzumning hosilasi – qabila tashkil topdi.
Dastlabki vaqtlarda qabila yagona birikma emas edi. Qabilaga tegishli urug’ jamoasi ichida hali mustahkam birlik yo’q edi. Biroq asta-sekin aloqa kuchayadi va murakkablasha boradi. O’zaro nikoh bilan bog’liq aloqalar kuchaya boradi, xo’jalik sohasida birdamlik osha boradi, madaniy aloqalar mustahkamlana boradi, til birligi takomillasha boradi. Bu voqyealar haqida arxeologiya ma’lumotlari ham qiziqarlidir. Masalan, mezolit davriga kelib lokal, ya’ni mahalliy madaniyatlar vujudga keladi. Bu mahalliy madaniyat bir necha manzilgohlarni o’z ichiga olgan bo’lib, bu makonlarda yashagan urug’-jamoalar asta-sekin birlasha borib, birmuncha kengroq kollektivlar asosida qabila tashkil topadi. Biroq etnografik ma’lumotlarning guvohlik berishicha, qabilalar asosan etnik birlashmalar bo’lib, bu holat sinfiy yoki davlatning tashkil bo’lgunga qadargi birlashmalar edi. Boshqacha qilib aytganda, qabila o’z nomiga, o’z hududiga, o’z til shevasiga va o’zining madaniy turmush xususiyatlariga ega bo’lishi bilan bir vaqtda ularda hali qabilani o’z-o’zi boshqarish, qabila kengashi, dohiysi va shu kabi qabila tuzumi yo’q edi. Demakki, urug’-qabila tashkilotining ilk bosqichlarida hali asosiy, hal qiluvchi rol urug’-jamoa ixtiyorida edi. Urug’ ibtidoiy jamoa demokratiyasi asosida boshqarilardi. Uning oliy organi kengash hisoblanib, unga barcha voyaga yetgan qavm-qarindoshlar kirardi va u xo’jalik, jamoatchilik mafkuraviy masalalarni hal qilardi. Shuning bilan birga kengashda voyaga yetgan tajribali, aqli raso odamlar orasidan birmuncha ta’sirchan, obro’-e’tiborga ega erlar yoki ayollarning biri boshliq qilib saylab qo’yilardi. Boshliq qarindoshlarning ishlab chiqarish faoliyatiga yetakchilik qilardi, har xil udum – urf-odatlarning o’tkazilishi, vujudga kelgan tortishuv – kelishmovchilikni yarashtirardi, zaruriyatga qarab, harbiy yurishlarda, to’qnashuvlarda sarkardalik qilardi. Bunday kishilar qavm-qarindoshlar orasida katta obro’-e’tiborga sazavor edilar. Shu boisdan ham u shaxs haqiqiy hukumronlik vazifasini bajarardi. Hukmron boshliq barcha urug’-jamoalarga baravar munosabatda bo’lishi lozim edi. Boshliq urug’lar manfaatlarini himoya qilardi. Urug’lar o’rtasidagi barcha kelishmovchiliklar kengash orqali hal qilinardi. Jamoatchilik intizom qattiq nazorat qilinardi. Bunday tamoyillar, tarbiyaviy udumlar avloddan avlodga yetkazilarda. O’sha taraqqiyot zamonlarda hali odamlar orasida hayvonot dunyosiga xos intizomsizliklar bo’lib turgan. Bunday kezlarda tartibbuzarlarga nafaqat nasihat, balki bunday qoidabuzarlarga nisbatan keskin majburiy choralar ham ko’rilardi, ya’ni o’lim jazosi, shuningdek, qavm-qarindoshlar kollektividan chiqarib, haydab yuborish choralari ko’rilardi. Shunday qilib, barcha baravar bo’lishiga e’tibor qaratilardi. Urug’doshlar o’rtasida birining manfaati ustun, boshqasiniki kam kabi holatlarga yo’l qo’yilmasdi. Ijtimoiy hayotni tartibga solib turuvchi bu normalar hali ibtidoiy urug’doshlik manfaatlariga xos bo’lib, sinfiy jamiyatga xos yakka hukmronlik vujudga kelmagan edi. Ibtidoiy davrning ushbu bosqichidagi normalar sinfiy jamiyatda vujudga kelgan qonun-qoidalardan yiroq bo’lsa-da, birlashishga da’vo qilingan hokimiyatdan iborat bo’lib, bu vaqtda hali qoidalar differensiyalashmagan edi. Shuning uchun ham bu davr mononorma (lot. bitta qoida) deb atalib, tarixga kirdi.
Urug’chilik jamoasida hokimiyat keyinchalik sinfiy jamiyatda vujudga kelgan sinfiy majburlash tizimi – davlatning tashkil topishidan keskin farq qilardi. Xullas, hali bu vaqtda ekspluatasiya asosida jamiyatni boshqarish va sinf, davlatchilik vujudga kelmagan edi.

Download 21.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling