1. Ijtimoiy munosabatlar Urug’-qabila tashkiloti va hukmronlikning tashkil topishi Ma’naviy madaniyat


Download 21.92 Kb.
bet3/3
Sana20.01.2023
Hajmi21.92 Kb.
#1103543
1   2   3
Bog'liq
3-ma\'ruza

3. Ma’naviy madaniyat
Hozirgi zamon odamining shakllanish jarayonining poyoniga yetishi, ijtimoiy urug’chilik tuzumining vujudga kelishi nafaqat ijtimoiy hayotda, balki ibtidoiy odamzodning ijtimoiy va ma’naviy dunyosida ham muayyan o’zgarishlarga olib keldi. Jumladan, ilk urug’ jamoalari davrida madaniyat hamon ojiz rivojlangan bo’lsa-da, til, odamlar bilimining oshib borishi, san’atning vujudga kelishi muhim ma’naviy o’zgarishlardan sanalardi. Ishlab chiqarish kuchlarining doimiy rivojlanishi tufayli til va nutq birligi ham rivojlanib borgan. Agar paleolit davrida, ya’ni ilk urug’doshlik bosqichida odamlar bir necha so’zlarni bilish bilan chegaralangan bo’lsa, urug’ jamoalarining rivojlangan bosqichiga kelib, bu jarayon ancha taraqqiy qilgan. Masalan, avstraliyalik aboragenlar 10 ming so’zni bilishganlar. Shuningdek, bu aholi qator daraxtlarning, hayvonot dunyosining, o’simliklarning, baliqlarning nom so’zlarini bilishgan.
Tilning rivojlanishi bilan axborotlarning ko’paya borishi yuz beradi. Tilning rivojlanishi ibtidoiy odamlarning ishlab chiqarishdagi faoliyatlari bilan bog’liq. Ishlab chiqarish qanchalik tez rivojlansa til birligi, nutq ham shuncha tez rivojlanadi va til boyligi orta boradi. Bu jarayon bilimlarning to’planishiga asos bo’lgan. Odamlar asta-sekin tabiat haqidagi bilimlarni, o’zlarini o’rab olgan muhit, olamda kechayotgan turli hodisalarning sirlarini anglay boshlaydilar. Masalan, avstraliyalik aboragenlardan bushmenlar, olovli yerliklar va boshqalar amaliy geografiya, botanika, zoologiya, mineralogiya, metrologiya tushunchalaridan xabardor bo’lganlar. Ular hatto o’zlarini oziqa bilan ta’minlaydigan yaylovlar topografiyasini ham yaxshi bilishganlar. Uzoq masofalarga borib kelish geografiyasini yaxshi bilishganlar. Sayyoralar yordamida uzoq o’lkalarga sayr – yurish qilishni puxta egallashganlar.
Ibtidoiy davrning ilk bosqichlarida tibbiyot, formakologiya, tokikologiya haqidagi tushuncha boyib borgan. Ibtidoiy odamlar singan suyaklarni, joyidan chiqqan qo’l, oyoq kabi jarohatlarni davolash tajribasiga ega bo’lishadi. Ular jarohatlarni, og’rigan tishni olib tashlash va shu kabi boshqa jarrohlik amaliyotlari bilan tanish bo’lganlar. Mezolit davridan boshlab bosh chanoqni ochib ko’rish, jarohatlangan barmoqlarni kesib tashlash, davolash amaliyotlarini egallashgan. Ilon zahri bilan zaharlangan odamlarga tibbiy yordami ko’rsatishni yaxshi bilishganlar. Ular qaysi o’simlik qanaqa kasalga davo bo’lishini amaliyotda bilishganlar. Shu asosda asta-sekin arifmetik hisoblash paydo bo’ladi. Yozuv ibtidoiylikning ilk, o’rta bosqichlarida hali yo’q edi. Avstraliyalik aboragenlarning piktografik belgilardan foydalanganligini kuzatish mumkin edi. Piktografiya esa suratlar orqali muayyan voqyeani tushuntirish bilan bog’liq edi. Piktograf bilan san’atning kelib chiqishi o’zaro bog’liq edi. Suratlarni qoya toshlariga solish muayyan darajada kishidan fikrlashni talab qilardi.
San’at ma’naviy madaniyatning in’ikosi sifatida ancha erta urug’ jamoalarning rivojlanishi bilan bog’liq holda yuzaga kelgan edi. San’atning kelib chiqishi genetik jihatdan ibtidoiy odamzodning mehnat faoliyati bilan bog’liq bo’lgan. San’at jamoatchilik tajribalarini tasvirlash bilan bog’liq edi. Arxeologik yodgorliklarni o’rganish jarayonida ilk urug’ jamoalari davriga oid tasviriy san’at topilmalari Arxeologik yodgorliklarni o’rganish jarayonida kuzatilgan. Jumladan, orinyak, soyutri davrida ayollarning qiyofasi tasvirlangan ko’pgina haykalchalarning topilishi bundan guvohlik beradi. Shu bilan bir qatorda grafik va tasviriy san’at vujudga keladi. Hayvonlarning, odamlarning surat-tasvirlarini solish keng tus oladi. Shu tarzda harbiy yurishlar, raqs, diniy sig’inish bilan bog’liq tasviriy suratlar vujudga keladi.
San’atning boshqa turlarining paydo bo’lishini etnografik manbalar asosida kuzatish mumkin. Og’zaki san’atda, avvalo, odamzod o’tmishi, ayrim qahramonlar haqidagi hikoyalar vujudga kelgan. Shu bilan birga tabiat hodisalari, ularning kelib chiqishi haqida og’zaki ertaklar keng tus oladi. Keyinchalik bunga turli ertaklar bilan musiqa vujudga keladi. Musiqa vokal yoki asbobsozlar bilan paydo bo’lgan deyin mumkin. Bu hodisalar yer yuzining barcha hududlarida bir zaylda sodir bo’lmagan. Masalan, olovli yerda yashovchilar va vedda qabilalar hayotida hamon bunday san’at namunalari noma’lum edi. Umuman qaralganda, musiqa asboblari ancha erta paydo bo’lgan. Masalan, ikkala tayoqni bir-biriga urib, ovoz chiqarish, qasnoqqa hayvon terilari qoplab, baland ovoz beradigan musiqa asboblarini o’ylab topish va foydalanish keng tus olgan. O’simlik, jumladan, qamish poyalaridan, hayvon va parrandalar suyaklaridan nay singari asboblardan foydalanish so’nggi paleolit davridan ma’lum. Bundan tashqari, madlen davriga doir suratlarda raqsga tushgan odamlar tasviri uchraydi. Raqs san’ati ibtidoiy odamlarning hayotida keng qo’llanilgan. Ayniqsa, xursandchilik bilan bog’liq urf-odatlarni kuzatishda, harbiy g’alabalarda musiqa bilan raqslarga tushish keng tus olgan.
Shunday qilib, ilk urug’chilik davrida ma’naviy madaniyat bilan bog’liq real dunyoqarash shakllanib boradi. To’g’ri, hali bu elementlar unchalik darajada rivojlanmagan edi. Ibtidoiy davrning ilk urug’ jamoalar davrida hali odamlar tabiatda sodir bo’layotgan hodisalarning real voqyeligini tushunib yetmagan. Shuni alohida qayd etish o’rinliki, ilk urug’ jamoalari davriga qaraganda urug’doshlik jamoalarida dunyoni tushunish ancha rivoj topgan. Shunga qaramasdan, odamlarda dunyo voqyealarining asl paydo bo’lishini anglashda fikrlash yetishmasdi.
Shunday qilib, rasional tushunchalar bilan bir qatorda din va diniy qarashlar vujudga keldi. Bu voqyea, avvalo, dunyo voqyealarini fantastik tasavvur qilishdan boshlangan, ya’ni hali «yovvoyi» odamlarning tabiat bilan qarshi kurashishda kuchsizligidan kelib chiqqan. To’g’ri, odamzod o’z taraqqiyot yo’lida tabiat hodisalarini asta-sekin tushunib bordi, lekin bunday hodisalarning kelib chiqish sabablarini bilishda ojizlik qilardi. Tabiat oldidagi kuchsizligi turli ma’naviy tasavvurlarning kelib chiqishiga olib keldi. Shunday qilib, turli fantastik tasavvurlar, jumladan, totemistik, fetishistik, animistik va magiya kabi tushunchalar va dunyoqarashlar vujudga keldi.
Download 21.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling